Karvonsaroy

Qozogʻiston va BMT rasmiylari Nur-Sultonda mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildilar

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Beybut Atamqulov chorshanba (4-sentabr) kuni Nur-Sultonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) rasmiysi Natalya German bilan muzokara oʻtkazdi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi.

German BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbaridir.

Tomonlar Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlik, jumladan terrorizmga qarshi kurash, shuningdek, suv va energetika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

German Qozogʻistonning terrorizmga qarshi kurash yoʻlidagi saʼy-harakatlarini, xususan, “Islom davlati” (ID) safida jang qilish uchun Suriyaga borgan jangarilarning oila aʼzolarini uylariga qaytargan “Jusan” (Achchiq shuvoq) operatsiyasini yuqori baholadi.

German, shuningdek, nizolarning oldini olish va hal qilishda ayollar va yoshlarni jalb qilishga qaratilgan Mintaqaviy markazning yangi tashabbuslarini alohida taʼkidlab oʻtgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500