Karvonsaroy

Oʻzbekiston va AQSH mudofaa rasmiylari harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni muhokama qildilar

Karvonsaroy

VASHINGTON, KO – Juma (13-sentabr) kuni Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi AQSHga besh kunlik ish tashrifini yakunladi, deb xabar beradi Tashkent Times nashri Oʻzbekiston mudofaa vazirligiga tayanib.

Delegatsiyaga rahbarlik qilgan Oʻzbekiston mudofaa vaziri oʻrinbosari Azizbek Ikromov AQSH milliy mudofaa universiteti (NDU) prezidenti, AQSH vitse-admirali Frits Rogge bilan uchrashdi.

Tomonlar harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik va ikki tomonlama aloqalarni yaxshilash masalalarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari universitet infratuzilmasi, harbiy kadrlarni tayyorlash yondashuvlari va professional harbiy taʼlim kurslari uchun oʻquv dasturlarini ishlab chiqishning asosiy tamoyillari bilan tanishdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500