Karvonsaroy

AQSH Oʻzbekistonga radiatsiyani aniqlovchi jihozlarni hadya qildi

Karvonsaroy

TERMIZ, Oʻzbekiston – AQSH Davlat energetika departamenti yakshanba (15-sentabr) kuni Oʻzbekistonga radiatsiyani aniqlovchi uskunalarini topshirdi, deb xabar beradi Oʻzbekistondagi AQSHning elchixonasi.

Termizdagi Afgʻoniston va Oʻzbekistonni bogʻlovchi “Doʻstlik” koʻprigida boʻlib oʻtgan marosimda AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi elchisi Deniyel Rozenblyum va Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi maxsus vakili Ismatulla Ergashev ishtirok etgan.

Koʻprikda yangi oʻrnatilgan uskunalar avtomobil va yoʻlovchilar transport vositalari va piyodalar harakatini tekshiruvchi radiatsion portal monitorlar, mobil aniqlash tizimlari va qoʻl/portativ detektorlarni oʻz ichiga oladi.

AQSH davlat energetika departamentining Yadro xavfsizligi milliy boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan uskunalar Oʻzbekistonga radioaktiv materiallar kontrabandasiga qarshi kurashda yordam beradi, deyiladi bayonotda.

“Men mamlakatlarimiz oʻrtasida xalqaro yadro xavfsizligi sohasidagi hamkorlikning yangi davri boshlanganini eʼlon qilishdan mamnunman”, dedi Rozenblyum.

“Bu AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasida chegaraviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadamdir”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500