Karvonsaroy

Oʻzbekiston va Tojikiston harbiy hamkorlikni kuchaytirmoqda

Karvonsaroy

TOSHKENT – Oʻzbekiston va Tojikiston xavfsizlik kengashlari Toshkentda terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashga oid hamkorlik memorandumini imzoladilar. Bu haqda payshanba (19-sentabr) kuni Oʻzbekiston milliy axborot agentligiga (OʻzA) asoslanib “Tashkent Times” nashri xabar berdi.

Ikki mamlakat xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga oid choralar haqidagi hujjatlarni ham imzolaganlar.

Bir kun avval Oʻzbekiston va Tojikiston rasmiylari chegara xavfsizligi, ikki davlatning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash boʻyicha qoʻshma choralar yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazgan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500