Karvonsaroy

Qirgʻizistonda chegara xavfsizligi boʻyicha “Baryer-2019” oʻquv mashqlari oʻtkazildi

Karvonsaroy

ISSIQKOʻL, Qirgʻiziston – Qirgʻiziston davlat chegara xizmati (DCHX) seshanba (17-sentabr) kuni Issiqkoʻl viloyatining Qorakoʻl shahrida yillik “Toʻsiq-2019” mashqlarini oʻtkazdi, deb xabar qiladi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) oʻz rasmiy saytida.

YXHT koʻmagida tashkil etilgan mashgʻulotlardan koʻzlangan maqsad – “mojarolar va transmilliy tahdidlarga qarshi kurashdagi operativ tayyorgarlikni oshirish uchun DCHXning professional salohiyatini mustahkamlash va idoralararo hamkorlikni kengaytirish” boʻldi, deyiladi YXHT xabarida.

Bu yilgi mashgʻulotarda DCHX va Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari xodimlari ishtirok etdilar.

“Ishtirokchilar chegaradagi vaziyatning ehtimoliy ssenariysini mashq qilib, tezkor choralarni namoyish etdilar. Bu davlat chegaralarini himoya qilish samaradorligini oshirish va respublikaning chegara xavfsizligini mustahkamlash uchun juda yaxshi vosita boʻldi”, dedi DCHX raisining oʻrinbosari Qurmanbek Isakov.

Bunday oʻzgarishlar Markaziy Osiyo boʻylab chegaralarning mustahkamlanishi sharoitida roʻy bermoqda. Zero, mintaqa mamlakatlari “Islom davlati”ning (ID) Iroq va Suriyadagi magʻlubiyati va guruh jangarilarining mintaqa boʻylab tarqalishi ortidan xavfsizlikka ustuvor ahamiyat qaratishda davom etmoqdalar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500