Karvonsaroy

Oʻzbekiston mudofaa vaziri Dushanbeda tojikistonlik hamkasbi bilan uchrashdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Dushanbeda Tojikiston rasmiylari bilan uchrashib, bir qator masalalarni muhokama qildi, deb xabar beradi “Tashkent Times” juma (27-sentabr) kuni.

Bu Oʻzbekiston mudofaa vazirining 28 yil ichida Tojikistonga ilk tashrifidir.

Qurbonov Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo bilan uchrashdi va Tojikiston harbiy institutining aviatsiya boʻlimiga tashrif buyurdi.

Shu oy boshida Oʻzbekiston va Tojikiston xavfsizlik kengashlari Toshkentda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolagan edilar.

Oʻzbek va tojik harbiylari 2018-yilning 18-21-sentabr kunlari Soʻgʻd viloyatida qoʻshma harbiy mashgʻulotlarni oʻtkazdilar. Rasmiylar bu tadbirni Markaziy Osiyoning ikki mamlakati oʻrtasidagi hamkorlikning kengayishi, deya taʼriflaganlar.

“Mustahkam birodarlik” deb nomlangan mashqlar ikki mamlakat 1991-yilda Sovet Ittifoqidan mustaqil boʻlganidan soʻng soʻng ilk bor tashkil etildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500