http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/10/08/newsbrief-01

YXHT vakillari Markaziy osiyolik yoshlar bilan mintaqaviy xavfsizlikni muhokama qildilar

Karvonsaroy

VENA – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) bosh kotibi Tomas Greminger xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun shanba (4-oktabr) kuni Vena shahrida Markaziy Osiyo yoshlar tarmogʻining (CAYN) besh aʼzosi bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalalari, YXHT faoliyati va uning xavfsizlikka keng qamrovli yondashuvi haqida soʻz yuritildi, deyiladi tashkilotning seshanba (8-oktabr) kungi xabarida.

YXHTning yoshlar va xavfsizlik masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchisi Anna-Katarina Dayninger, shuningdek, YXHT raisining yoshlar va xavfsizlik masalalari boʻyicha maxsus vakili Samuel Goda xavfsizlikka oid murakkab muammolarini hal etishda yoshlarning rolini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalarni muhokama qildilar.

Tashrif Nur-Sultondagi YXHT dasturlari idorasi tomonidan YXHTning Bishkekdagi ofisi hamda Nizolarning oldini olish markazining moliyaviy va moddiy-texnik koʻmagida tashkil etildi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha