Atrof muhit

YI koʻmagida Markaziy Osiyoda Sovet davridan qolgan uran chiqindilarini tozalash ishlari kuzda boshlanishi kutilmoqda

Markaziy Osiyo sobiq Sovet Ittifoqi uchun uranning asosiy manbai boʻlib xizmat qilgan. Mustabid davlat oʻzidan keyin xavfsizlik va atrof-muhitga doir qator muammolarni qoldirib ketgan.

YTTB granti Qirgʻizistonda sovet davridan qolgan zararli uran chiqindilarini yoʻqotishga koʻmaklashadi

Sobiq sovet ittifoqi zaharli vayronalar izlarini qoldirgan boʻlib, Rossiya ular bilan bogʻliq masʼuliyatni oʻzidan soqit qilgan.

Jahon banki Tojikistonga toza ichimlik suvi loyihasi uchun 58 mln. AQSH dollari ajratadi

Loyiha doirasida 400 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, 100 mingdan ortiq odam esa sanitariya sohasiga kiritilgan investitsiyalardan foyda ko‘radi.

Jahon banki Markaziy Osiyoda ob-havo, iqlim va gidrologiya ma’lumotlarini yaxshilashga yordam beradi

Markaziy Osiyo gidrometeorologiya xizmatini modernizatsiya qilish loyihasi Tojikiston va Qirg‘iziston uchun juda manfaatli boʻldi.

Qirgʻizistonga iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yengish uchun 10 mln. dollar ajratiladi

Yashil iqlim jamgʻarmasi BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi loyihasi doirasida mamlakatning iqlim oʻzgarishlariga moslashishga yordam berish maqsadida mablagʻ ajratmoqda.

Bishkek rasmiylari ifloslanish darajasi monitoringini yaxshilab, qonunbuzarlarni jarimaga tortadi

Atrof-muhitning ifloslanish darajasini aniqlovchi uchta uskuna Bishkekda havo tozaligini o‘lchaydi va shahar osmonidagi smogni kamaytirishga yordam beradi.

YI Rossiyadan qolgan radioaktiv chiqindilarni bartaraf etishda Markaziy Osiyoga yordam beradi

Yevropa Ittifoqi Rossiya va Sovet Ittifoqining beparvoligi tufayli mintaqada qolib ketgan uran chiqindixonalarini tozalash uchun 10 million yevro ajratadi.

Rossiyaning Oʻzbekistondagi AES loyihasi xavfsizlikka oid savollarni keltirib chiqarmoqda

Ayrim tahlilchilar ushbu saʼy-harakatlarni siyosiy maqsadlarga ega deb hisoblamoqdalar, ekologlar esa xavotirga tushib qolganlar.

Rossiyaning “Soyuz” kemasi parvozi qozog‘istonlik ekologlarni xavotirga solmoqda

Faollarga ko‘ra, hukumat Boyqo‘ng‘ir kosmodromini ekologik falokat hududi deb e’lon qilishi va Rossiyani undan chiqarib yuborishi kerak.

Markaziy Osiyo tabiiy ofatlarga qarshi moliyaviy barqarorlikni oshirish choralarini ko‘rmoqda

Markaziy Osiyo butun 20-asr davomida halokatli tabiiy ofatlarni boshdan kechirdi. Xalqaro tashkilotlar, jumladan, Jahon banki mintaqani kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan hodisalarga moliyaviy jihatdan tayyorlashga ko‘maklashuvchi dasturlarni amalga oshirmoqda.

1 | 2 | Keyingisi