Karvonsaroy
Xavfsizlik

AQSh Qozog‘istonning narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurashida "muhim hamkor" deb topildi

Muallif: Aleksandr Bogatik

Xizmat itlari 15 iyun kuni Jambul viloyatidagi Ko‘knori amaliyoti vaqtida narkotik moddalarni izlamoqdalar. [Jambul viloyati politsiyasi]

Xizmat itlari 15 iyun kuni Jambul viloyatidagi Ko‘knori amaliyoti vaqtida narkotik moddalarni izlamoqdalar. [Jambul viloyati politsiyasi]

OSTONA -- AQSh tomonidan moliyalashtiruvchi K9 ni o‘qitish markazi va AQSh tomonidan Qozog‘iston Ichki Ishlar Vazirligiga (IIV) taqdim etilgan avtomobillar va jihozlar mahalliy politsiyaga narkotik moddalar tarqalishiga qarshi kurashda yordam berib kelmoqda.

Qozog‘istonda har yili iyun oyidan oktabr oyigacha olib boriluvchi yirik Ko‘knori amaliyoti mamlakat chegaralarni qo‘riqlash xizmatiga ko‘ra bir necha tonna narkotik moddalarning ushlanishiga olib keldi.

AQSh yordami chegaradagi politsiya ishini anchagina yaxshiladi, deyishadi mutaxassislar.

"Hozirda AQSh narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurashda muhim hamkorlarimizdan biridir", dedi Uralsk shahrilik siyosiy tahlilchi Yevgeny Kryuchkov Caravanserai muxbiriga.

27 iyun kuni AQSh elchixonasi Ostona shahrida oltita Toyota pikap yuk mashinalarini mahalliy politsiyaga topshirdi. [AQSh ning Qozog‘istondagi elchixonasi]

27 iyun kuni AQSh elchixonasi Ostona shahrida oltita Toyota pikap yuk mashinalarini mahalliy politsiyaga topshirdi. [AQSh ning Qozog‘istondagi elchixonasi]

O‘tgan yilning noyabr oyida Qozog‘iston IIV va AQSh ning Narkotik moddalarga qarshi kurash boshqarmasi narkotik moddalarning tarqalishiga qarshi kurashda hamkorlik qilish memorandumini imzoladilar.

Bu hamkorlik politsiya xodimlarini qurollantirish, ma’lumotlar almashish, politsiya xodimlarini o‘qitish, narkotik moddalarni tarqatish marshrutlarini yo‘q qilish uchun maxsus amaliyotlar o‘tkazish va pul yuvishga qarshi kurashish kabi keng ko‘lamdagi masalalarni qamrab oladi, dedi Kryuchkov.

Narkotik moddalarga qarshi kurashuvchi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun transport vositalari

AQSh Markaziy Qo‘mondonligining (CENTCOM) Narkotik moddalarga qarshi kurash dasturi yaqinda aloqa vositalari va boshqa jihozlar bilan jihozlangan transport vositalarini ehtiyot qismalr bilan birgalikda yetkazib berdi, bu haqda AQSh ning Qozog‘istondagi elchixonasi xabar berdi.

Shu yili avvalroq iyun oyida AQSh elchixonasining harbiy hamkorlik boshqarmasi vakillari Ostonadagi Qozog‘iston politsiyasiga 18 ta maxsus transport vositalarini topshirdilar. Bular ikkita Niva, oltita Toyota pikap yuk mashinalari, to‘rtta yo‘ltanlamas va oltita xizmat itlarini tashishga moslashtirilgan GAZ avtomobillaridir. Ikkita GPS navigatsiya qurilmasi va ikkita sun’iy yo‘ldoshli telefon ham yetkazib berildi.

Transport vositalari Qozog‘istonning turli viloyatlariga yuborildi, u yerda narkotik moddalarga qarshi kurashuvchi politsiya xodimlari ulardan darhol foydalanishni boshlashdi.

"Bu Amerika Qo‘shma Shtatlaridan Qozog‘istonning narkotik moddalarga qarshu kurashuvchi huquqni himoya qilish organlariga bir martalik yordamni ifodalamaydi", dedi Shimkentdagi Gorod Bez Narkotikov (Drug-Free City) nodavlat tashkilotining direktroi Seytjon Abdildayev Caravanserai muxbiriga.

"O‘tgan yili narkotik moddalarga qarshi kurash dasturining bir qismi sifatida AQSH Mudofaa Vazirligi Qozog‘iston chegarchilariga xizmat itlarini tashishga mo‘ljallangan 10 ta transport vositasini berdi. Bu avtomobillardan ... narkotik moddalarni tashuvchilarga qarshi kurashda foydalaniladi."

K9 bilan ishlovchilarni tayyorlash

2016 yilning may oyida rasmiylar AQSh Davlat Departamentidan olingan moliyaviy yordam evaziga Almatida K9 itlarini tayyorlash markazini ochdilar.

"Bu zamonaviy, ikki qavatli, aralash maqsadlarda foydalaniluvchi sinf xonasi va turar-joy binosi bo‘lib, [instruktorlar, jumladan amerikalik mutaxassislar] politsiyaning K9 bilan ishlovchi xodimlarini muntazam ravishda o‘qitadilar", dedi Tarazlik K9 o‘rgatuvchisi Daniil Samonov Caravanserai muxbiriga.

AQSh elchixonasi o‘quv kursini ishlab chiqadi, dedi u, maxsus o‘rgatilgan itlar politsiyaga narkotik moddalarni izlab topish va jinoyatchilarni hibsga olishda yordam beradi, dedi u. Itlar marixuanna va geroin hamda narkotik moddalarning yangi turlarini izlash uchun tayyorlanadi, deya tushintirdi u.

"K9 politsiya bo‘linmalari AQSh va Qozog‘istonda ko‘p jihatdan o‘xshash, shuning uchun ham itlarni tayyorlashda ziddiyatli qarashlar mavjud emas", dedi Samonov. "AQSh ning K9 bo‘linmalari taqdim etadigan yordam sezilarli darajajadir".

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500