Karvonsaroy
Terrorizm

Migratsiya - Markaziy Osiyolik terrorchilar o‘rtasidagi asosiy o‘xshash jihat

Caravanserai

29 yashar O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipovning fotosurati 31 oktabrda quyi Manxettenda sodir etilgan teraktga bag‘ishlangan 1 noyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida namoyish qilingan. Soipov qo‘yilgan ayblov hujjatlariga ko‘ra “Islom davlati (ID) nomidan harakat qilganligini va “qilgan ishidan mamnun ekanligini” tan olgan. [Spencer Platt / Getty Images/AFP]

29 yashar O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipovning fotosurati 31 oktabrda quyi Manxettenda sodir etilgan teraktga bag‘ishlangan 1 noyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida namoyish qilingan. Soipov qo‘yilgan ayblov hujjatlariga ko‘ra “Islom davlati (ID) nomidan harakat qilganligini va “qilgan ishidan mamnun ekanligini” tan olgan. [Spencer Platt / Getty Images/AFP]

BISHKEK -- O‘tgan hafta Sayfullo Soipov Nyu-York shahri ko‘chasidan o‘tib ketayotgan insonlarni yuk avtomobilida qasddan urib ketganida u uning vatani O‘zbekiston eng yomon sarlavhalar ostida yoritilishi uchun zamin yaratib bergan edi. “Soipov mamlakatimiz haqida yillar davomida yaratilgan ijobiy tasavvurni bir necha daqiqa ichida yo‘qqa chiqardi, - deb so‘zlaydi Caravanserai muxbiriga Soipov kabi bir necha yil avval “grin kart” bo‘yicha Amerikada doimiy yashash huquqini qo‘lga kiritgan va hozirda Nyu-Yorkda istiqomat qilayotgan asli tagi Samarqandlik bo‘lmish Timur Gapparov. “AQSh va Yevropadagi ko‘pchilik migrantlar o‘zgalarni o‘zbek madaniyati bilan tanishtirish uchun ko‘p sa’y-harakatlar qilishgandi. Ammo bu urinishlar bir zumda yo‘qqa chiqdi.”

“Odamlar mavzuni chuqur o‘rganishga odatlanmaganlar”, - deb so‘zida davom etadi Timur. “Ular OAV dagi sarlavhaga ishonib qo‘ya qoladilar”.

"O‘zbekiston va uning aholisi Soipov harakatlari uchun hech qanday javobgar emas albatta, ammo bu dog‘ni ketkazish uchun ko‘p vaqt talab etiladi”, - deydi u. “Hozirda esa barchamizga terrorchidek qaraladi”.

Shunday bo‘lsa-da, AFP agentligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Soipov radikal islom mafkurasi vakillari bilan o‘zi tug‘ilib-o‘sgan yurtda emas, balki etti yil avval o‘zi tanlagan mamlakat – AQSh da aloqa qilgan.

Erkak kishi Nyu-Yorkdagi 31 oktabr terakt qurbonlariga atab uyushtirilgan memorial yodgorligiga argentinalik futbolchi futbolkasini qo‘ymoqda. Hujumni sodir etishda shubha qilinayotgan o‘zbekistonlik immigrant Sayfullo Saypov ijaraga olingan yuk mashinasi yordamida sakkiz kishi, shu jumladan o‘rta maktabni bitirganliklarining 30 yilligini nishonlayotgan besh nafar argentinaliklarni o‘ldirganlikda ayblanmoqda. [Jewel Samad/AFP]

Erkak kishi Nyu-Yorkdagi 31 oktabr terakt qurbonlariga atab uyushtirilgan memorial yodgorligiga argentinalik futbolchi futbolkasini qo‘ymoqda. Hujumni sodir etishda shubha qilinayotgan o‘zbekistonlik immigrant Sayfullo Saypov ijaraga olingan yuk mashinasi yordamida sakkiz kishi, shu jumladan o‘rta maktabni bitirganliklarining 30 yilligini nishonlayotgan besh nafar argentinaliklarni o‘ldirganlikda ayblanmoqda. [Jewel Samad/AFP]

29 yashar Soipovga qo‘yilgan ayblov hujjatiga ko‘ra, u “Islom davlati (ID) nomidan harakat qilganligini va “qilgan ishidan mamnun ekanligini” tan olgan va ustiga-ustak u hatto kasalxonadagi xonasiga ID bayrog‘ini osishni ham talab qilgan.

"O‘ylashimcha, Soipovning radikal guruhlarga qo‘shilib ketganligining sabablarini izlashdan ma’no yo‘q”, - deydi Caravanserai muxbiriga toshkentlik siyosatshunos Umid Asatullaev. “U shunchaki ruhan nobarqaror bo‘lgan”.

“Unga o‘xshash o‘z o‘rnini topa olmasdan, o‘zini goh o‘qqa, goh cho‘qqa uradigan insonlar ko‘p”, - deb qo‘shimcha qildi u. “Yanagi safar uning o‘rnida kim bo‘lishini topish qiyin. Boshqalarni radikallashuvga chorlaydigan kishilarni to‘xtatish bundanda muhimroqdir... Bu giyohvand moddalar iste’molchilarini emas, balki ularni tayyorlaydigan yoki ular savdosi bilan shug‘ullanadigan kishilarni jazolash zaruratiga o‘xshash gap”.

Global migratsiya, radikallashuv

Turkiya, Shvetsiya, Rossiya va AQSh da shu yili sodir etilgan va dunyoga ovoza bo‘lgan terrorchilik hujumlari diqqat markazida Markaziy Osiyoliklar bo‘ldi.

Mintaqadagi beshta mamlakat - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning minglab sobiq fuqarolari 2011 yildan boshlab Suriya va Iroqdagi “Islom davlati” qatorlariga qo‘shilishdi. Ammo ular tomonidan tajovuzkorona ekstremizm bilan bog‘liq o‘z yurtida sodir etilgan holatlar nisbatan kam bo‘lgan.

“Hujumchilarning aksariyati bundan avval dunyoviy dunyoqarashga ega va diniy ekstremizga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, ulardagi radikallashuvga moyillik o‘zlari tug‘ilib-o‘sgan yurtda emas, balki asosan ular tashrif buyurgan mamlakatda paydo bo‘lmoqda”, - dedi AFP muxbiriga Venadagi Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi ilmiy xodimi Yan Matusevich. Biroq agar yagona mavzu doirasida Istanbul, Stokgolm, Sankt-Peterburg va Nyu-Yorkda shu yili sodir etilgan hujumlarda ayblanayotgan Markaziy Osiyoda tug‘ilgan kishilar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topishga harakat qilinsa, bu bog‘liqlik migratsiya mavzusidir.

Turkiya rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning 1 yanvarida Istanbul tungi klubidagi hujumda 39 kishini o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi Abdulqodir Masharipov ilgari Afg‘oniston va Pokistonda yashab, jangari sifatida tayyorgarlik ko‘rgan.

Stokgolmda aprel oyida yuk mashinasini piyodalar ustiga bostirgan yana bir o‘zbekistonlik fuqaro Rahmat Oqilov Shvetsiya hukumatidan boshpana so‘ragan, ammo iltimosi rad etilgan, va deportatsiya xavfi ostida bo‘lgan. Mazkur hujum natijasida besh kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek, aprel oyida Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan portlashda ayblanayotgan 22 yashar Akbarjon Jalilov Qirg‘izistonda tug‘ilgan bo‘lib, 17 yoshida oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan. Ushbu portlash oqibatida 16 kishi, shu jumladan, Akbarjonning o‘zi ham halok bo‘lgan.

Mazkur hujumlar “Markaziy Osiyo modeli”ni hosil qilayotgandek deb ko‘rinsada, Matusevichning fikricha, ular “radikallashuvning bundan-da keng, bundan-da global shakli”ning bir qismi hisoblanib, “hujumchilarning real hayotiy vaziyatlari ancha farqli bo‘lgan” hamda bir-biriga o‘xshamas turli-tuman manbalardan kelib chiqqan. O‘zbekiston hukumatining qayd qilishicha, Soipov mamlakatdan chiqib ketishi oldidan uning ekstremist bo‘lganligidan dalolat beruvchi hech qanday ishora bo‘lmagan.

O‘zbekiston hukumatining 1 noyabrdagi bayonotida Soipovning Toshkentdagi sobiq qo‘shnilari uni “juda ijobiy” ta’riflaganligi aytilgan.

“Uning ota-onasi an’anaviy islomga amal qilib, ularning ekstremistik tarmoqlar bilan aloqa qilganliklarini hech kim ko‘rmagan”, - deb qo‘shimcha qilinadi bayonotda.

Onlayn targ‘ibotdagi ID “eksperti”

Nyu-York politsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, voqealar o‘rtasidagi umumiylikni izlash davomida tahlilchilar ekstremizm mazmunidagi onlayn maqolalar, xususan, ID tomonidan tarqatilayotgan tashviq etuvchi materiallar ta’siriga tushib qolish moyilligiga alohida e’tibor bermoqdalar.

“Soipov va [Istanbuldagi hujumchi] Masharipov o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gapirar ekanmiz, bu ham bo‘lsa ular mamlakat tashqarisida yashagan, targ‘ibot-tashviqot (ID) materiallaridan bemamol foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘zbeklar bo‘lganligini ayta olamiz”, - deydi muxbiriga Xalqaro inqirozlar markazining Markaziy Osiyo bo‘yicha loyiha direktori Deyrdre Taynan AFP ga.

Soipov ID bilan bevosita aloqa qilgan-qilmaganligi haqida gapirishga hali “juda erta”ligini ta’kidlar ekan, Taynan tashkilot turli platformalar orqali rus va Markaziy Osiyo tillaridagi o‘z xabarlarini tarqatish tajribasini qo‘llaganligi haqida aytib o‘tdi.

2015 yilda ID safiga qo‘shib olingan yangi askar deb tan olingan qozog‘istonlik bola gumon qilinishicha rossiyalik josusni o‘ldirilishi tasvirga olingan video ID’ning aftidan markaziy osiyoliklarga qaratish maqsadidagi mohirona tashviqoti bo‘lib, xalqaro e’tiborni o‘ziga jalb qilgan.

Bir necha oy o‘tib oshkor qilingan videoda IDga qo‘shilgan Tojikistonning maxsus maqsaddagi kuchlar sobiq rahbari Gulmurod Halimov tasvirlangan.

ID’ning har tomonlama o‘ylangan media-strategiyasi uning Markaziy Osiyoda amal qiluvchi boshqa radikal tashkilotlardan ajralib turishida va mintaqadagi davomchilarni o‘ziga ergashtirishda muhim rol o‘ynadi, - deydi Taynan.

Musulmonlar, migrantlarga qaratilgan repressiyalar

Ammo huquq kuzatuvchilarining aytishicha, guruhning bu kabi global oldinga chiqishi sobiq sovet hukumatlari tomonidan taqvodor musulmonlarni ta’qib qilinishi uchun turtki bo‘ldi.

Xuddi shu kabi Rossiyada ham Sankt-Peterburgdagi aprel oyidagi portlashlardan so‘ng maxsus xizmatlar tomonidan Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni ta’qib qilish hollari sezilarli darajada ko‘paydi. Bunda ular ba’zan ekstremistik rejalarning oldi olinganligini ham ma’lum qilishgan.

"Bunday qamoqqa olishlarning ba’zilari xalq dushmanini (omma uchun) fosh qilish maqsadida siyosiy yo‘naltirilgan tusga ega degan taassurot tug‘iladi,” – deydi migratsiya masalalari bo‘yicha mashhur rossiyalik huquq himoyachisi Svetlana Gannushkina Frans Press agentligiga.

[Toshkentdan Maksim Yeniseev mazkur ma’ruzaga o‘z hissasini qo‘shdi.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500