https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2017/11/17/feature-03
| Terrorizm

“Islom davlati” qo‘lida Iroq va Suriyadagi so‘nggi yerlari qoldi

AFP

image

Iroq hukumati kuchlari Yefrat daryosi ustida joylashgan Rava shahrini qayta qo‘lga olish uchun qilayotgan hujumlari vaqtida “Islom davlati” (ISHID) jangarilari deb gumon qilingan odamlarni qo‘lga olmoqda, 28-oktabr, 2017-yil. [MOADH AL-DULAIMI / AFP]

AMMAN -- Iroq armiyasi juma kuni (17-noyabr) mamlakatdagi “Islom davlati” (ISHID) qo‘lidagi so‘nggi shaharni ozod qildi va jangarilarning o‘z davlatiga egalik qilish haqidagi orzularining tobutiga yana bitta mix qoqdi.

ISHID, Iroq va Suriyada 2014-yilda e’lon qilgan va ikki davlat yerlariga taralgan “xalifalik”ning 95% ini qo‘ldan boy berdi, deya xabar beradi jangarilar bilan jang qilayotgan AQSH boshchilgidagi koalitsiya kuchlari vakillari.

Guruh qo‘lida hozicha Iroq va Suriyadagi kichik hajmdagi hudud qolmoqda, bu esa u mintaqada o‘z faoliyatini boshlagan vaqtdagi yirik hududlarga solishtirganda arzimas yerlar demakdir.

Iroq

Juma kuni Iroq armiyasi tomonidan erta tongda boshlangan tezkor hujum oqibatida Yefrat vodiysidagi Rava shaharchasini boy bergandan so‘ng, ISHID qo‘lida mamlakatning cho‘l hududlaridagi kichik bo‘laklari qolmoqda.

Bag‘dod kuchlari Suriya bilan birgalikda chegaraning o‘z tomonida ISHID qo‘li ostidagi so‘nggi hududlarini egallash uchun yakuniy harakatni boshladi.

Iyul oyida ashaddiy ko‘cha janglaridan so‘ng Mosul shahrini qayta egallagan Iroq uchun ushbu amaliyot jazolash kampaniyasining so‘nggi qismidir.

Iroqning Anbar viloyatidagi chegara hududi bir nechta qudratli Sunniy qabilalar tomonidan boshqariladi va ular hukumat askarlari bilan ISHIDga qarshi birga jang qilishlari uchun o‘z jangchilarini yubordilar.

Suriya

Chegaradagi Albu Kamal shaharchasining ortida, ISHID, bir vaqtlar guruhga noqonuniy foyda olish imkonini bergan neftga boy Deyr az-Zor viloyatida joylashgan, Yefrat daryosi atrofidagi yigirmatadan ortiq cho‘ldagi qishloqlarni nazorat qilmoqda.

U yerdagi jangarilarga qarshi Suriya harbiylari va AQSH koalitsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Kurd va Arab jangchilari kurash olib bormoqda.

Cho‘ldagi front chizig‘i joylashgan hududdan uzoqda, ISHID Yamruk qochqinlar lageri va Damashq shahridan janubroqda joylashgan Hajar Asvad tumanida hukumat kuchlari va boshqa jangarilarga qarshi kurashmoqda.

Homs viloyati markazida esa ISHID prezident Bashar al-Asad kuchlari tomonidan o‘zi ushlab qolmoqchi bo‘lgan kichik hududda siquvga olingan.

Sizga maqola yoqdimi?
34
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha