Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Jahon banki kreditlari O‘zbekiston fermerlariga meva va sabzavotlarni sotishda yordam beradi

Jahon banki

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ulushi yalpi ichki mahsulotning 17 foizini, eksportdan kelgan daromadlarining 15 foizini va O‘zbekistonda ish bilan ta’minlanganlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. [Jahon Banki guruhi]

Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ulushi yalpi ichki mahsulotning 17 foizini, eksportdan kelgan daromadlarining 15 foizini va O‘zbekistonda ish bilan ta’minlanganlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. [Jahon Banki guruhi]

TOSHKENT -- Meva-sabzavolar yetishtirish O‘zbekistondagi dehqon xo‘jaliklari (yer maydoni 0,5 gektardan kam bo‘lgan kichik xo‘jalik) va shaxsiy fermer xo‘jaliklari orasida eng daromadli faoliyatga aylandi.

2016-yilda O‘zbekiston 43 ta mamlakatga 818,5 ming tonna xo‘l va qayta ishlangan meva-sabzavotlar hamda uzum eksport qildi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda bog‘dorchilik mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan daromad sezilarli darajada oshgan, xususan 2000 yilda bu ko‘rsatkich 68,7 million AQSH dollarini (555,4 milliard so‘mni) tashkil qilgan bo‘lsa, 2013 yilda 1,35 milliard AQSH dollariga (10,9 trillion so‘mga) yetdi.

O‘zbekistonning 2017–2021-yillar uchun mo‘ljallangan milliy rivojlanish strategiyasi bog‘dorchilikni qo'llab-quvvatlash, qishloq joylarida yangi ish o‘rinlari yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini oshirish va eksportni takomillashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Shu bilan birga, Jahon bankining 2014-yilda ishga tushirilgan loyihasi O‘zbekistondagi fermerlar va agrofirmalarni moliyalashtirish imkoniyatini yaratdi.

Organik o‘g‘itlardan foydalangan holda o‘tkir pestitsidlarni qo‘llashdan voz kechish mahalliy fermerlarga yuqori sifatli meva va sabzavotlarni ichki va tashqi bozorlarga yetkazish imkonini beradi. [Jahon Banki guruhi]

Organik o‘g‘itlardan foydalangan holda o‘tkir pestitsidlarni qo‘llashdan voz kechish mahalliy fermerlarga yuqori sifatli meva va sabzavotlarni ichki va tashqi bozorlarga yetkazish imkonini beradi. [Jahon Banki guruhi]

Samarqand viloyatida 58 ta fermer va agrofirmaga imtiyozli kreditlar berildi hamda 2800 ga yaqin fermer xo‘jaliklari Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan, qadoqlash, qayta ishlash, sovutiladigan omborlar va ko‘chat yetishtirish bo‘yicha maxsus xonalar kabi xizmatlar va qulayliklardan bahramand bo‘lishdi. [Jahon Banki guruhi]

Samarqand viloyatida 58 ta fermer va agrofirmaga imtiyozli kreditlar berildi hamda 2800 ga yaqin fermer xo‘jaliklari Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan, qadoqlash, qayta ishlash, sovutiladigan omborlar va ko‘chat yetishtirish bo‘yicha maxsus xonalar kabi xizmatlar va qulayliklardan bahramand bo‘lishdi. [Jahon Banki guruhi]

Bugungi kunda mahalliy banklar bog‘dorchilikni moliyalashtirish uchun 223 ta imtiyozli kreditlar ajratdi, bu esa qishloq joylarida 2500 ta yangi ish o‘rni yaratgan bo‘lib, ularning 750 tasi ayollar uchun rejalashtirilgan.

Kredit mablag‘larini oluvchilar jami 52,3 million AQSH dollarini (422.9 milliard so‘m) o‘z mablag‘lari hisobidan sarmoya qildilar.

Samaradorlikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish

Masalan, Samarqand tumanidagi “Amirxon Noz Ne'matlari” fermer xo‘jaligi 1,700 tonnagacha bo‘lgan bog‘dorchilik mahsulotlarini sovutish imkoniyatiga ega bo‘lgan uskunani sotib olish uchun 564 ming AQSH dollari (4,6 trillion so‘m) kredit oldi va o‘zi buning uchun 190 ming AQSh dollari (1,5 trillion so'm) sarmoya kiritdi.

O‘nta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

"Biz o‘z xizmatimiz yordamida o‘z meva-sabzavot va uzumlarimizni, shuningdek, o‘z tumanimiz va qo‘shni tumanlardagi mahalliy dehqon va fermer xo‘jaliklarining hosilini saqlab qolamiz", - deydi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqaruvchi Vohid Abdushukurov.

Uning aytishicha: "ushbu xizmat mahalliy fermerlar va agrofirmalar orasida katta talabga ega, chunki ularning eksport salohiyati jadal oshib bormoqda".

O‘zbekiston dunyodagi eng yaxshi mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

"Grand Samarkand Seoul" MCHJ ham 500,000 AQSH dollari (4 trillion so‘m) miqdoridagi kredit va 173 000 AQSH dollari (1,4 trillion so‘m) o'z mablag'lari hisobidan Samarqand tumanida bir gektarlik issiqxona qurmoqda.

Ushbu issiqxonada 15 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi

“Men juda ko‘p sayohat qilganman, shu sababli O‘zbekistonda yetishtiriladigan meva-sabzavotlarni boshqa joylarniki bilan taqqoslash imkoniga ega bo'ldim”, - deydi issiqxona egasi Firdavs Rajabov.

“Ishonchim komilki, O‘zbekiston fermerlari o‘zlarining ajoyib ta’mli va chiroyli ko‘rinishdagi tabiiy mahsulotlari evaziga dunyodagi eng yaxshi meva-sabzavotlarni ishlab chiqaradilar”.

[Jahon banki guruhi ushbu materialdan foydalanish shartlariga muvofiq boshqalarga uni o‘z veb-saytida foydalanishga ruxsat beradi.]

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Assalomu alaykum men ham Jahon bankidan kredit olmoqchiman.buning uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Javob berish

Menga juda yoqdi men kimga murojat qiliwim kerak men ham bogdorchilik boyicha kredit olmoqchiman

Javob berish

yoqdi menham kiridit olsam bo'ladmi johon bankidan

Javob berish

maqola gap yuq akalar

Javob berish

Bizga ham kredit kerak issiqxona uchun

Javob berish