Karvonsaroy
Terrorizm

Qozogʻistonda ekstremistik g‘oyalarni tarqatayotgan shaxslarni hibsga olish kuchaymoqda

Aleksandr Bogatik

16-noyabr kuni, Janubiy Qozogʻiston viloyatida tergovchilar gumondor shaxlardan qonunda belgilangan tartibda, guvohlar ko‘z oldida ekstremistik adabiyotlarni musodara qilmoqdalar. [Qozog‘iston MXQ]

16-noyabr kuni, Janubiy Qozogʻiston viloyatida tergovchilar gumondor shaxlardan qonunda belgilangan tartibda, guvohlar ko‘z oldida ekstremistik adabiyotlarni musodara qilmoqdalar. [Qozog‘iston MXQ]

SHIMKENT, Qozog‘iston -- Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik Qo‘mitasi (MXQ) ekstremistik materiallarni tarqatishda ayblanganlarning ko‘pchiligini hibsga olib, mamlakat boʻylab terrorchilik tarmoqlariga qarshi kurashni kuchaytirmoqda.

MXQ va Ichki Ishlar Vazirligi birgalikda o‘tkazgan amaliyot natijasida 16-noyabr kuni Janubiy Qozog‘iston viloyatida 19-50 yoshlarda bo'lgan shaxslar "Islom davlati" g‘oyalarini tarqatishda ayblanib hibsga olindi, deb xabar qildi MXQ 20-noyabr kuni.

11-gumondor "balog‘atga yetmagan shaxs bo‘lgan va shu sababli hibsga olinmagan" dedi Shimkentda joylashgan Altin Karligash (Oltin Kapalak) nodavlat tashkilot rahbari Leyla Baymanova Karvonsaroy nashriga.

Qo‘lga olinganlardan biri viloyat masjidida imom bo‘lib ishlagan, dedi u.

16-noyabr kuni, Janubiy Qozog‘iston viloyatida tegishli organlar Qozog‘iston MXQ maxsus kuchlari tomonidan qoʻlga olingan gumondor shaxslardan birini tanishtirmoqdalar. [Qozog‘iston MXQ]

16-noyabr kuni, Janubiy Qozog‘iston viloyatida tegishli organlar Qozog‘iston MXQ maxsus kuchlari tomonidan qoʻlga olingan gumondor shaxslardan birini tanishtirmoqdalar. [Qozog‘iston MXQ]

Hibsga olinganlar bir-birini tanigan va internetda "ekstremizmni qabul qilishga undovchi chaqiriqlar" yozilgan videolarni joylashtirishgan, deb qo‘shimcha qildi Baymanova.

MXQ ma‘lumotiga ko‘ra, mahbuslar ijtimoiy tarmoqlarda hamda WhatsApp va Telegram orqali ekstremistik ruhdagi g‘oyalarni tarqatganlar, shu bilan birga 400 dan ortiq aʼzolari boʻlgan 20 dan ziyod internet-guruhlarda ekstremistik materiallarni joylashtirganlar.

Tergov davom etmoqda

So‘nggi oylarda yuz bergan boshqa hodisalar ham ekstremistik g‘oyalarning tarqatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

Sudga ko‘ra, 1-noyabr kuni Qarag‘anda viloyat sudi bir nafar shaxsni internet foydalanuvchilarini terroristik huruj sodir etishga undashda ayblab, mol-mulkini musodara qilish bilan 7 yarim yillik qamoq jazosiga hukm etgan.

Qarag‘anda viloyatida, shuningdek, 30-oktabr kuni taqiqlangan Tablig‘ Jamoati tashkilotining 6 nafar a’zosi hibsga olindi, deb xabar beradi Tengri News. Huquq-tartibot organlari diniy adabiyotlar va ekstremistik videolar yozilgan USB flesh-xotiralarini musodara qilganlar.

Qozog‘istonning Vremya nashri xabariga ko‘ra, rasmiylar 19-sentabr kuni Shimkentda ekstremistik ruhdagi materiallarni uyali telefonlarga yozib, keyin ularni sotganlikda ayblangan bir necha gumondorni qo‘lga olgandilar.

Chegaradan chiqib

"Qo‘lga olinganlarning ko‘pchiligi uzoq vaqtdan beri dinga qiziqqan va masjidga boradigan dindor odamlar" deydi Tarazlik dinshunos Sanjar Suleymenov Karvonsaroy nashriga.

"Ammo keyin, internetdagi shubhali materiallar ta‘siri ostida ularning qarashlari yanada radikallashadi" deydi u. "Ular chegaradan chiqib, ekstremizm, ba‘zida esa terrorizmga o‘tib ketadilar".

Unga ko‘ra, Janubiy Qozog‘istonda "radikallikka moyil bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi, ammo ular shu kungacha o‘zlarini ko‘rsatmaganlar."

"Jamiyatimizda radikallikka moyil yoshlar bor va ular begunoh insonlarning joniga qasd qilishga ham tayyor" deydi Pavlodar viloyatining Dinlararo munosabatlarni tahlil qilish va rivojlantirish markazi rahbari Gulnoz Razdikova Karvonsaroy nashriga.

"Biz hammamiz o‘tgan yili Ramazondan bir oz avvalroq, Aqtobeda insonlar hayotiga zomin bo‘lgan, ekstremistik tashviqot ta'siriga tushganlar tomonidan sodir etilgan terrorchilik hujumini unutmaymiz " dedi u.

Ko‘pchilik Qozog‘istonliklar radikal diniy tashkilotlar yuzaga keltiradigan tahdidni tushunib yetgan bo‘lsalar-da, yoshlarni ekstremistik g‘oyalardan asrash muhim, deydi Razdikova.

"Ertaroq harakat qilib, yoshlarni radikallashuvdan himoyalovchi tadbirlar bilan buning oldini olish zarur" deydi u. Shuningdek, hukumat rasmiylari va ulamolar mamlakatdagi ta’lim muassasalarida yoshlar radikallashuvining oldini olishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazayotganini ham qo‘shimcha qildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Avvalambor, aniq tayinlanadigan imomlar bilan suhbatlar o‘tkazish zarur, ana undan keyin imomlarga hurmatsizlik qiluvchilar bilan yaqindan ishlash kerak. Bu degani profilaktik ishlar, suhbatlar olib borish va h.k.

Javob berish

Bu bizning urush emas, biz oddiy odamlarmiz. Bular ekstremistlar, maxsus tayyorlangan guruhlar. Ular bilan taqqoslaganda biz o‘zi kimmiz? Bizni ularning har ikkisi ham otishi va o‘ldirishi mumkin. Bu terrorchilar o‘zlarining o‘rta asrlardagi vahshiyona qonunlarini bizga qo‘llashni istaydilar.

Javob berish

Ekstremistlarga qarshi kurash haqida ko‘p narsa yozishadi. Amalda bo‘lsa, ularga tegishmaydi, chunki qonunchilik doirasida vahhobiylik g‘oyalari ta'qiqlanmagan. Keyin, nima uchun vahhobiylik tarafdorlarini salafiylar deb atashmoqda? Ularning haqiqiy salaflarga umuman aloqasi yo‘q.

Javob berish