Karvonsaroy
Biznes

Qozog‘istonda ayollar tadbirkorligi jadal rivojlanmoqda

Kseniya Bondal

Asmar pishiriqlar do‘konida novvoy pechdan pishiriqlarni olmoqda, oktabr, Almati. Pishiriqlar do‘koni Asel Bayalinova ochgan va egalik qilgan muassasalardan biri. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga (YTTB) ko‘ra, Qozog‘istonda ayollar mamlakatdagi kichik va o‘rta biznes korxonalarining qariyb yarmiga egalik qiladilar yoki ularni boshqaradilar. (Vladimir Tretyakov)

Asmar pishiriqlar do‘konida novvoy pechdan pishiriqlarni olmoqda, oktabr, Almati. Pishiriqlar do‘koni Asel Bayalinova ochgan va egalik qilgan muassasalardan biri. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga (YTTB) ko‘ra, Qozog‘istonda ayollar mamlakatdagi kichik va o‘rta biznes korxonalarining qariyb yarmiga egalik qiladilar yoki ularni boshqaradilar. (Vladimir Tretyakov)

ALMATI – Qozog‘istonda tadbirkor ayollar soni oshib borarkan, ular xalqaro va mahalliy darajada tobora ko‘proq qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Birgina misol: 2015-yil boshlangan YTTBning Biznesdagi ayollar dasturi kelasi yildan boshlab Qozog‘istondagi tadbirkor ayollar uchun yordamni kuchaytirmoqchi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2018-yilda mamlakat miqyosida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun mahalliy banklarga 42 million AQSH dollari (13.9 milliard qozoq tengesi) ajratadi. YTTB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xalqaro moliya tashkiloti ushbu banklarga kreditlar bilan bog‘liq xatarlarni kamaytirishga yordam beradi.

Milliy Iqtisodiyot Vazirligi loyihani hammoliyalashtirish maqsadida 8.7 million AQSH dollari (2.9 milliard qozoq tengesi) ajratishini tasdiqlagan.

“Yangidan uzaytirilgan dastur davlatdagi kichik va o‘rta biznes sektori rivojini amalga oshirish tarafdori bo‘lgan YTTB va Qozog‘iston hukumati o‘rtasidagi samarali hamkorlik belgisidir,” deb iqtibos keltiradi Astana Times Qozog‘istondagi YTTB direktori Agris Preimanis bayonotidan.

Dastur o‘tgan ikki yil davomida Qozog‘istondagi ayol tadbirkorlarning ulkan salohiyatini namoyish qildi, dedi Preimanis.

Yanada ko‘proq kreditlar va yordam

Dastur boshlangan vaqtdan beri, YTTB umumiy miqdori 37 million AQSH dollariga (12.3 milliard qozoq tengesiga) teng 12000 ga yaqin kredit liniyalarni 5ta hamkor bank orqali taqdim etgan, deb xabar beradi YTTB matbuot xizmati.

Bunday hamkorlardan biri avval KazMicroFinance nomi bilan tanilgan, hozirda Qozog‘istondagi eng katta mikrokredit tashkiloti bo‘lgan KMF xususiy bankidir.

KMF YTTB dasturiga 2016-yilda qo‘shildi va 3.2 milliard qozoq tengesidan (9.7 million AQSH dollaridan) ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritdi, dedi KMF boshqaruv kengashi raisi Shalkar Jussupov Karvonsaroy nashriga.

“Bu dastur bo‘yicha kredit olish uchun, tadbirkor ayol biznes egasi yoki uning boshqaruvchisi bo‘lishi kerak,” dedi u. “Kredit oluvchilar Almati va Astana shaharlari tashqarisida yashashi kerak.”

Jussupov so‘zlariga ko‘ra, iyul oyida KMF ushbu dastur bo‘yicha mablag‘ olish uchun ikkinchi shartnomani imzolagan.

“Ayni dastur bo‘yicha YTTBdan 2018-yilda biz 5 million AQSH dollari (1.7 milliard qozoq tengesi) olishni rejalashtirganmiz,” dedi u.

Kam foiz stavkali kreditlar bilan bir qatorda, Biznesdagi Ayollar dasturi ayol tadbirkorlar bilan ishlovchi tashkilotlarni texnik tomondan qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Jussupov.

Uning aytishicha, YTTB ayollarga o‘z biznesini rivojlantirishda ko‘maklashuvchi maslahatchilarning 70% xarajatlarini qoplaydi, shuningdek, ayollarning raqamli va axborot kommunikatsiya texnologiyalari hamda iqtisodiy boshqaruv bo‘yicha ta’lim olishlari uchun mablag‘ ajratadi.

Shu bilan birga YTTB yangi ish boshlagan ayol tadbirkorlar biznes yetakchikari bilan yetakchilik va boshqaruv qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida suhbatlar o‘tkazishga yo‘naltirilgan murabbiyik dasturini ham yo‘lga qo‘ydi.

YTTBga ko‘ra, biznes egalari bo‘lgan 700 dan ortiq ayollar dastur doirasida nomoliyaviy xizmatlardan foydalanganlar.

Kam foizli stavkalar kichik biznesni rivojlantiradi

20 yildirki,Shimkentda istiqomat qiluvchi Nauvatkul Qoshiqbayevaning ulgurji kartoshka savdosi bilan bog‘liq o‘z biznesi bor.

Qoshiqbayevaning o‘z kichik biznesi bo‘lsa-da, u doimiy naqd pul muomalasini talab qiladi. Uning aytishicha, ba’zida bo‘laklarga bo‘lib to‘lash yoki qisman to‘lash usullariga ham ko‘nikish kerak bo‘ladi.

Kartoshkani fermerlardan ulgurji sotib olish uchun Qoshiqbayeva Biznesdagi ayollar dasturi bo‘yicha KMFdan kredit oladi.

Xususiy kreditorlar juda ko‘p ustama foiz qo‘yishadi, dedi u.

“Agar (xususiy kreditorlardan) qarz olsangiz, 20% ustama haq olishadi,” dedi Qoshiqbayeva Karvonsaroy nashriga. “Men esa KMFga bir yilga 2,5% lik ustama bilan oylik to‘lovlarni amalga oshiraman. Men uchun bu foydaliroq. Shu sabab YTTB dasturini manfaatli deb bilaman.”

Janubiy Qozog‘iston viloyatida yashivchi Bayon Tashteyeva ham bundan 20 yil avval o‘z biznesini ochiq bozorda poyabzal sotishdan boshlagan. Hozir u o‘zining oziq-ovqat do‘koniga ega.

Uning aytishicha, Biznesdagi ayollar dasturi do‘konga mol sotib olish uchun kam foizli kreditni qo‘lga kiritishga va bu bilan barcha farzandlarining ehtiyojlarini qondirishga imkon berdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500