Karvonsaroy
Bag‘rikenglik

Markaziy Osiyolik muhojirlar Rossiyada kelajagi shubha ostida ekanini aytmoqda

Arman Kaliyev

Moskvadagi Ploshchad Revolyutsii metro bekatiga kirishda Rossiya politsiyasi yo‘lovchilarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirmoqda, 5-aprel. Rossiyadagi Markaziy Osiyolik muhojirlar rasmiylar va oddiy fuqarolar tomonidan diskriminatsiya, tazyiq va toqatsizlikka ro‘baro‘ kelmoqdalar. (Natalya Kolesnikova/AFP)

Moskvadagi Ploshchad Revolyutsii metro bekatiga kirishda Rossiya politsiyasi yo‘lovchilarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirmoqda, 5-aprel. Rossiyadagi Markaziy Osiyolik muhojirlar rasmiylar va oddiy fuqarolar tomonidan diskriminatsiya, tazyiq va toqatsizlikka ro‘baro‘ kelmoqdalar. (Natalya Kolesnikova/AFP)

MOSKVA – Rossiyada istiqomat qilayotgan Markaziy Osiyolik muhojirlar kundalik hayotda diskriminatsiya va toqatsizlikka duch kelayotganliklarini aytadilar, bu ularning xorijdagi farovon hayotga bo‘lgan orzu-umidlarini bamisoli qo‘rqinchli tushga aylantirgan.

Markaziy Osiyoliklar haqidagi salbiy stereotiplar va aksil-muhojirlik kayfiyatlari Rossiyada keng tarqalmoqda va busiz ham qiyin bo‘lgan hayotni yanada og‘irlashtirmoqda, deydi muhojirlar.

Ta’kidlanishicha, yaqinda sodir etilgan bir nechta terrorchilik hujumlaridan so‘ng, Markaziy Osiyolik muhojirlar uchun Rossiyadagi vaziyat yomonlashdi.

Shu yil avvalida Sankt-Peterburgda sodir etilgan terrorchilik hujumidan keyin huquq-tartibot idoralari qirg‘iz fuqarolari va boshqa muhojirlarning hujjatlarini tez-tez tekshiradigan bo‘lib qolishdi, dedi shahardagi qirg‘iz diasporasi rahbari Qo‘chqorbay Kutunayev, aprel oyida Kabar yangiliklar agentligi va boshqa qirg‘iz ommaviy axborot vositalariga.

Qo‘lga olingan o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar Qozon temir yo‘l bekatidagi politsiya hibsxonasining panjaralari ortida, Moskva, 24-yanvar, 2012-yil. (Andrey Smirnov/AFP)

Qo‘lga olingan o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlar Qozon temir yo‘l bekatidagi politsiya hibsxonasining panjaralari ortida, Moskva, 24-yanvar, 2012-yil. (Andrey Smirnov/AFP)

Qirg‘izistonda tug‘ilgan etnik o‘zbek, 22 yashar Rossiya fuqarosi Akbarjon Jalilov 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida o‘zini portlatib, 14 kishini o‘ldirgandi.

Ekstremizmga qarshi hujumlar

Yaqin kelajakda Markaziy Osiyolik muhojirlar uchun ma’muriy choralar va Rossiya fuqarolarining salbiy munosabatlari yanada kuchayadi, deb bashorat qiladi Olmaotada joylashgan Qozog‘iston Xalqaro Inson huquqlari va qonun ustuvorligi xalqaro byurosi mutaxassisi Sergey Duvanov.

“Fuqarolari tez-tez terrorchi bo‘lib chiqayotgan mamlakatdan kelsangiz, siz barqarorlikka rahna soluvchi xavf sifatida qabul qilinasiz,” deb ogohlantirdi u.

“Bu esa ham ma’muriy darajada, ham kundalik hayotda diskriminatsiyaga sabab bo‘ladi,” dedi u Karvonsaroy nashriga. “Bundan tashqari, bu mamlakatlardan kelgan muhojirlarga nisbatan ko‘proq cheklovlar joriy etuvchi qonunlar qabul qilinishini kutsa bo‘ladi.”

“Islom davlati”ga odam yollovchilar bu vaziyatdan foydalanib, musulmon yoshlarga “adolat hukm suradigan o‘zgacha hayotni” taklif qilishadi,” deb qo‘shimcha qildi Rossiya Tashqi aloqalar kengashi tahlilchisi Yelena Alekseyenkova.

“Rossiyadagi yaxshi hayotga bo‘lgan umidlari puchga chiqqan va jamiyatimizda o‘z o‘rnini topa olmagan Markaziy Osiyolik muhojirlarga esa aynan shu narsa yetishmaydi,” dedi u. “Bu ularni terrorchilikka odam yollovchilar uchun oson o‘ljaga aylantiradi.”

Bunday muammolar muhojirlarning ijtimoiy integratsiyasi, jumladan, malakali ish imkoniyatlarini yaratish, Rossiya madaniyatiga assimilyatsiya qilinishlarida ko‘maklashish va huquqiy himoyani taklif etish orqai yechim topadi, dedi Alekseyenkova.

Yordamsiz qolgan muhojirlar

O‘tgan yili qish kechalarining birida, Moskvada politsiya zobitlari Qirg‘izistonning Toktogul shahridan Moskvaga kelib Metro supermarketida ishlayotgan 38 yoshli Baxtigul Bayaliyevaning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini so‘rab qo‘lga olishdi.

“Hujjatlarim joyida edi, ammo ular meni aniq qoyib yuborgilari kelmadi,” dedi u Karvonsaroy nashriga. “Ular meni mashinaga solib, qayergadir olib ketishdi ... menga pul to‘lab qutulishni maslahat berishdi. Men ularga 3000 rubl (51 AQSH dollari) berganimdan keyin qo‘yib yuborishdi. O‘sha vaqtda bu mening bir haftalik maoshim edi.”

Bunday hodisalar tez-tez sodir bo‘lib tursa-da, Rossiyadagi aksar Markaziy Osiyolik muhojirlar organlar bilan muammolar va deportatsiyadan qo‘rqib, asosiy huquqlarining buzilayotgani borasida sukut saqlashni afzal ko‘radilar, deydi Bayaliyeva.

Faollarning so‘zlariga qaraganda, Rossiyaliklarning Markaziy Osiyolik muhojirlarga qarshi diskriminatsiyasi keng tarqalgan va turli millat vakillariga ta’sir ko‘rsatadi.

Rossiyada o‘zbekistonliklarga nisbatan diskriminatsiya yillar o‘tib ham o‘zgarmagan, deydi Sankt-Peterburgdagi o‘zbek diasporasi rahbari Alijon Haydarov va Sankt-Peterburgdagi “O‘zbegim” madaniy uyushmasi raisi Suratbek Abdurahimov Karvonsaroy nashriga.

Bunday vaziyat ko‘plab muhojirlarning umidlarini so‘ndirmoqda.

“Kelganimdan beri Moskvadagi hayotim bosim va qo‘rquvga to‘la, cheksiz sabr talab etadigan doimiy kurashga aylanib qoldi,” deydi besh yil avval O‘zbekistonning Namangan shahridan Moskvaga kelgan 35 yoshli Farxod T. Karvonsaroy nashriga.

“Rossiyadagi kelajagimiz so‘roq ostida,” dedi u.

(Bu – Markaziy Osiyolik muhojirlar haqidagi ikki qismdan iborat maqolamizning ikkinchi qismi. Birinchi qism – Markaziy Osiyolik muhojirlar Rossiyada “ikkinchi darajali odamlar” kabi aziyat chekayotganidan nolimoqda – 8-dekabr kuni chop etilgandi.)

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Nega ruslar Markaziy Osiyoda avtobus va metrolarni portlatmaydi, bu haqda kimdir o‘ylab ko‘rganmi?

Javob berish

Ruslar bizning mintaqata 1859-1898 va 1918-1944 yillarda 5 mln.600 ming musulmonning o`limiga sabab bo`lgan.Bunday yo`qotishlarni hech qanday qurib bergan zavod,fabrikalar va infrastruktura bilan oqlab bo`lmayd (aksariyati Turkiston boyliklarini tashib ketish uchun qurilgan). Lekin,afsuski, ba`zi bir vatandoshlarimiz uchun SSSRning 3 so`mlik kolbasasi bu yo`qotishardan ustun.

Javob berish

Nimaga bosqinchilar tilida yozyapsan, ona tilingda yozmaysanmi!

Javob berish

Ruslarning munosabati tabiiy. Uylarning portlatilishi, yoki Volgogradda bo‘lgani kabi, odamlar bilan to‘la avtobusning portlashi kimga ham yoqardi? O‘zbek, qirg‘iz yoki tojik hukumatiga ularning uylari, odamlar va avtobuslarini ruslar portlatsa yoqadimi? Darhol javob chorasi ko‘riladi, bu yerda bag‘rikenglik haqida yozish ortiqcha, migrantlar o‘z-o‘ziga dushman, Rossiyada o‘z madaniyatsizliklarini yoyib, begona yurtda o‘zlaricha tartib o‘rnatmoqchi bo‘ladilar. Masalan, London, Parijda shariat patrullari bor, endi navbat Moskvagami? Rossiyadan boshqa davlat qurib qolibdimi? Yevropaga boringlar. Rossiyani ruslarning o‘ziga qo‘yib beringlar.

Javob berish

Oʻz shariatlarini bu yerga olib kelishga urinib ham koʻrishsinchi, shu zahotiyoq Rossiyaga qaytmaydigan boʻlib oʻz yurtlariga ravona boʻladilar. Bu yer sizga Yevropa emas, xohlagan xotinni zoʻrlab, jazosiz qolsa boʻladigan. Bu yerda bunaqangi ish uchun oʻldirib yuborishlari mumkin. Oʻzi nimaga uyingizda tinchgina oʻtirmaysizlar, bizning mamlakatga yopishaverasiz? 90-yillarda shahrimda churkalar deyarli yoʻq edi, hozir esa qoramoʻndilar dastidan nafas olish qiyin boʻlib ketdi. Hozircha tinch yurishibdi, lekin ularni soni koʻpligi yoqmayapti. Chegarani yopish vaqti kelgan

Javob berish