VASHINGTON – Rossiya mustaqil qo‘shnilarini o‘z hatti-harakatlari bilan qo‘rqitish orqali davlatlarning suverenitetiga tahdid solishi mumkinligini namoyish qildi, deyiladi AQSH hukumatining 18-dekabr, dushanba kuni e’lon qilingan Milliy xavfsizlik strategiyasida.
Hisobotda Moskvaning Markaziy Osiyo va butun dunyo bo‘ylab olib borayotgan qo‘poruvchilik faoliyati, jumladan uning “yadroviy sohadagi pozitsiyasi va istiqboldagi hujum imkoniyatlari” haqida batafsil ma‘lumotlar keltirilgan.
“Zamonaviylashgan qo‘poruvchilik taktikalari yordamida Rossiya dunyodagi turli mamlakatlarning ichki siyosiy ishlariga aralashmoqda”, deyiladi hujjatda. “Rossiyaning xohish-istaklari va kuchayib borayotgan harbiy imkoniyatlari birikmasi Rossiyaning xatolari sabab nizo xavfi kuchayib borayotgan Yevroosiyo mintaqasida beqaror hududni vujudga keltirmoqda.”
O'z qo‘shnilari borasida esa, Rossiya “iqtisodiyotlarning ochiqroq va adolatliroq bo‘lishiga to‘sqinlik qilish, jamiyatlarga tazyiq o‘tkazish va o‘z ta‘sirini yanada kuchaytirish maqsadida axborot va ma’lumotlarni nazoratiga olishni maqsad qilgan.

Yangi hujjatga ko‘ra, davlat suverenitetiga daxl qilishning Rossiyaga xos usullaridan biri ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg‘on xabarlarni tarqatishdir. (MARTIN BUREAU/AFP)
Rossiya faol ravishda “axborot qurollaridan foydalanib, OAV, siyosiy jarayonlar, moliyaviy tarmoqlar va shaxshiy ma’lumotlarni nishonga olib, demokratiyaning qonuniyligini buzishga urinmoqda”.
Moskva “tashviqot va boshqa usullar yordamida demokratiyani yo‘qqa chiqarish, aksil-G‘arb qarashlarini va bo‘linishni kuchaytirish uchun yolg‘on axborot tarqatish”dan foydalanmoqda.
“Rossiya dunyo bo‘ylab jamoatchilik fikriga ta’sir etish maqsadida o‘z kiberhujumlarida axborot amaliyotlaridan foydalanmoqda,” deyiladi hisobotda. “Uning ta’sir kampaniyalari maxfiy razvedka amaliyotlari, davlat tasarrufidagi OAV bilan soxta onlayn shaxslar, betaraf vositachilari va haq to‘lanadigan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yoki “trollar”dan tarkib topgan.”
AQSHning Markaziy Osiyodagi manfaatlari
Hisobotda aytilishicha, Rossiyaning qo‘poruvchilik faoliyatidan farqli o‘laroq, AQSH Markaziy Osiyoda “raqobatchi kuchlarga chidamli, jihodchilarga xavfsiz makon bo‘lmaydigan va islohotlarni ustuvor deb belgilovchi Markaziy Osiyo davlatlari” bo‘lishi tarafdoridir.
“Terrorchilik xavfiga qarshi kurashish, harbiy va yadroviy ziddiyatni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan transchegaraviy terrorizmga to‘sqinlik qilish, yadroviy qurollar, texnologiyalar va moddalarning terrorchilar qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik – AQSHning mintaqadagi manfaatlaridandir, deyiladi hisobotda.
Rossiya hammani bezor qilib boʻldi. Oʻzining ichki muammolari bilan shugʻullansin undan koʻra
Javob berish