Karvonsaroy
Yoshlar

Yevropa ittifoqi loyihasi Qirg‘izistonda radikallashuvga qarshi kurashda o‘yinlar va teatrdan foydalanadi

Ulan Nazarov

Simulyatsiya oʻyini boʻyicha oʻtkazilgan anjuman ishtirokchilari guruh munozaralarida ishtirok etmoqdalar, 19-22 oktabr, Bishkek. [Yoshlar taraqqiyot instituti]

Simulyatsiya oʻyini boʻyicha oʻtkazilgan anjuman ishtirokchilari guruh munozaralarida ishtirok etmoqdalar, 19-22 oktabr, Bishkek. [Yoshlar taraqqiyot instituti]

BISHKEK – Qirg‘izistonda Yevropa Ittifoqi va bir necha nodavlat tashkilotlar hamkorlari mamlakatdagi yoshlarni ekstremistik tashviqot, radikallashuv va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga o‘rgatuvchi loyiha ustida birgalikda ishlamoqdalar .

“Demokratiya va din – teng va mo’tadil ovozlar o‘rtasidagi muloqot” (DREAM) loyihasi mamlakatning shahar va qishloq hududlaridan 1300 ga yaqin yoshlarni jalb qilgan.

O‘tgan yil mart oyida boshlangan ikki yillik loyiha Bishkek Yoshlar taraqqiyoti instituti, “O‘sh yoshlari” nodavlat tashkiloti, Berlinning CRISP (Tinchik uchun inqiroz simulyatsiyasi) jamiyati hamda Bonn shahrining Deutscher Volkshochschul-Verband e.V. (DVV International) tashkilotlarining sa’y-harakatlari natijasidir.

Barqarorlik va tinchlikka ko‘maklashish vositasi doirasida Yevropa komissiyasi loyihaning 80 foizini moliyalashtirib, 860 ming yevro (72 million qirg‘iz so‘mi) ajratgan, qolgan qismi DVV International va CRISP tashkilotlari tomonidan qoplangan.

Loyihaning asosiy maqsadi – “viloyatlarda yoshlarning ekstremistik qarashlarga qo‘shilishning oldini olishda ularning salohiyatini kuchaytirish hamda jamiyatda mavjud bo‘lgan taranglikni kamaytirish”, deydi loyihaning Yoshlar taraqqiyoti institutidagi koordinatori Ajara Kasmaliyeva Karvonsaroy nashriga.

Loyiha maqsadiga erishish uchun “barqaror platformalardan foydalangan holda mintaqaviy hamda milliy miqyosda madaniyatlararo va dinlararo muloqotni tashkillashtirish zarur”, deydi Kasmaliyeva.

Simulyatsiya o‘yinlari

DREAM loyihasi turli tadbirlar, jumladan bir necha muhokama platformalarni va yoshlar kengashlari hamda mahalliy jinoyatchilikni oldini olish markazlarini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni o‘z ichiga oladi.

Oʻtgan oktabr oyida, barcha yetti viloyatdan kelgan yoshlar kengashlari a'zolari simulyatsiya oʻyini asnosida bir necha shahar va qishloqlarda oʻtkazilgan anjumanlarda ishtirok etdilar.

Murabbiylar real voqealarga asoslangan holda turli mamlakar va shaharlarni o‘ylab topdilar, deydi Bishkekdagi loyiha murabiyi Ayperi Asilbekova Karvonsaroy nashriga.

Bunday o‘yinlar yoshlarga “muzokaralar olib borish, jiddiy qaror qabul qilish va mas’uliyatni bo‘yinlariga olish”ni o‘rgatdi. Eng muhimi, ular o‘zlariga tayinlangan rolga kirishib, personajlarni yaxshiroq tushundilar”, dedi u.

Seminar jarayonida, faol yoshlar Qirg‘izistondagi din tarixi, hukumat va diniy tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari va radikallashuv hamda ekstremizmga oid atamalardan to‘g‘ri foydalanish haqida qator ma’ruzalarni tingladilar, dedi u.

“Simulyatsiya o‘yinlarining o‘ziga xosligi shundaki, siz vaqtincha niqob kiyib, yangi rolga ko‘nikishingiz kerak”, dedi Chuy viloyati Jani-Jer qishlog‘i yoshlar faoli Ivan Ivanov Karvonsaroy nashriga.

Ishtirokchilar o‘z rollarini konvert ochilganidan so‘ng aniqlab oldilar. O‘yinlarning birida Ivanov imom yordamchisi rolini o‘ynadi, dedi u.

“Men bu rolni o‘yin davom etgan bir yarim soat davomida o‘ynadim”, dedi u. “Islom – tinchlik dini, ekstremistlar esa diniy shiorlar ortiga berkinib, nizo urug‘ini sochadilar. Biz toqatsizlik ko‘rinishlariga qarshi turishimiz kerak.”

“Simulyatsiya o‘yini xatolarimiz va stereotiplarimizni tushunib yetishga yordam berdi hamda boshqa nuqtai nazarlarga e’tibor qaratishni, shu bilan birga, ekstremizmga qarshi kurashishda turli nuqtai-nazarlar va fikrlar almashinuviga o‘rgatdi,” dedi Talas davlat universiteti talabasi va ishtirokchi Anora Ulan qizi Karvonsaroy nashriga.

Forum teatri

Loyiha koordinatorlarining aytishlaricha, dekabr oyida DREAM loyihasi yangi bosqichni ishga tushirdi, unda yoshlar o‘z fikrlari va takliflarini forum teatri formatida taqdim etadilar.

Forum teatrida tomoshabinlar aktyorlar uchun turli harakatlarni taklif qilish yoki o‘zlari istagan harakatni amalga oshirishlari uchun ijroni qisqa muddatga to‘xtatib turish ko‘zda tutilgan. Loyiha tashkilotchilarning so‘zlariga qaraganda, g‘oya tomoshabinni jarayonga qo‘shadi, ularni ijroning bir qismiga aytlantiradi va aktyorlar hamda tomoshabin o‘rtasidagi to‘siqni olib tashlaydi.

“Biz tomoshadan keyin sahna postanovkasidagi g‘oyani muhokama qilish imkoniyatini beramiz. Biz uchun postanovkaning mazmuni, u ko‘tarib chiqqan savollar muhim,” dedi Kasmaliyeva.

Yetti viloyat bo‘ylab o‘n to‘rtta yoshlar guruhi yoki 350 ga yaqin yoshlarga toqatsizlik, zo‘ravonlik va ekstremizmning oldini olishga qaratilgan sahna postanovkalariga asos qilib olish uchun oddiy fuqarolarning hayotiy hikoyalarini izlab topish vazifasi yuklatildi.

Loyihaning forum teatriga oid qismi mart oyigacha davom etadi. Uning yakunida tashkilotchilar eng yorqin hayotiy hikoyalar aks etgan broshyura chop etishni rejalashtirganlar.

Loyiha ishtirokchilari oʻtgan oyda turli shahar va qishloqlarda mashgʻulot oʻtkazdilar.

“Ekspertlardan ma’lumotlar olishgach, yoshlar muammoni chuqurroq tushunishni boshlaydilar”, dedi Asilbekova.

Seminardan oldin ular haqiqat va yolg‘onni ajratishda qiynalayotgan edilar ”, dedi u. “Ular uchun mamlakatdagi diniy vaziyatni ob’ektiv baholash, ekstremizm va radikallashuvning haqiqiy sabablarini tushunish qiyin bo‘lgan.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500