Karvonsaroy
Ta’lim

Qozog‘istonlik o‘quvchilariga biznes asoslari darsi o‘tiladi

Alexander Bogatik

3-yanvar kuni Tarazning 9-umumta’lim maktabida o‘quvchilarga tadbirkorlik asoslaridan birinchi dars o‘tilmoqda. (Tadbirkorlar milliy palatasi)

3-yanvar kuni Tarazning 9-umumta’lim maktabida o‘quvchilarga tadbirkorlik asoslaridan birinchi dars o‘tilmoqda. (Tadbirkorlar milliy palatasi)

OSTONA – Yanvar oyidan boshlab Qozog‘iston bo‘ylab o‘n oltita maktabning 10–11-sinf o‘quvchilariga yangi fan – Tadbirkorlik va biznes asoslaridan dars o‘tish boshlandi.

Tadbirkorlik asoslaridan birinchi dars Taraz shahrining 9-umumta’lim maktabida chorshanba, 3-yanvar kuni o‘tkazildi. 10-sinf o‘quvchilarini yangi fan bilan tarix, huquq va iqtisod o‘qituvchisi Yerjan Rapilboyev tanishtirdi.

Murabbiy o‘quvchilarga tadbirkorlikning jamiyatdagi roli haqida so‘zlab berdi va biznes o‘yin uyushtirdi, shundan so‘ng, o‘quvchilar tomonidan taklif etilgan biznes loyihalarni tahlil qildi.

“Men kelajakda biznes yuritmoqchiman”, deydi 10-sinf o‘quvchisi Sayid Tafiyev darsdan so‘ng. “Men tadbirkor bo‘lmoqchiman. Sut mahsulotlari do‘koni ochib, hududimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qo‘shishni rejalashtiryapman.”

3-yanvar kuni tarix, huquq va iqtisod o‘qituvchisi Yerjan Rapilboyev Tarazning 9-umumta’lim maktabida 10-sinf o‘quvchilariga yangi fandan saboq bermoqda. (Tadbirkorlar milliy palatasi)

3-yanvar kuni tarix, huquq va iqtisod o‘qituvchisi Yerjan Rapilboyev Tarazning 9-umumta’lim maktabida 10-sinf o‘quvchilariga yangi fandan saboq bermoqda. (Tadbirkorlar milliy palatasi)

Tadbirkorlikni rag‘batlantirish

Tadbirkorlik va biznes asoslari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmasi Tadbirkorlar milliy palatasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar tomonidan yaratilgan, deydi Palataning Jambul viloyati bo‘linmasi vakili Akbota Batirbekova.

“Darslikni ishlab chiqishda metodistlar, tadbirkorlar, psixologlar va o‘qituvchilar sihtirok etishdi”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Dastur “yoshlar orasida tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rag‘batlantirish va o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga” qaratilgan, deydi loyiha yaratilishida ishtirok etgan Tarazdagi sport anjomlari do‘koni egasi Timofey Proskurov.

Dars maktab o‘quvchilariga tadbirkorlikni yaxshi tushunib yetishga va tadbirkor qanday fazilatlarga ega bo‘lishini anglashga yordam beradi, deydi Proskurov.

Ular birja savdolari, qimmatli qog‘ozlar ta’riflariva o‘z biznesini yuritishning afzalliklari hamda boshqa turli mavzularni o‘rganadilar, dedi u Karvonsaroy nashriga.

O‘qitish jarayonida ishtirok etuvchi Tadbirkorlar milliy palatasi a’zolari va mahalliy biznes yetakchilari kabi murabbiylar dasturda muhim rol o‘ynaydilar, deb qo‘shimcha qildi u.

Loyihani ishlab chiqish 2014-yilda boshlangan va to‘rt yildan so‘ng, 2018–2019-o‘quv yillarida mamlakat bo‘ylab barcha maktablarda joriy qilinadi, dedi u.

O‘z o‘ziga ishonch

“Yoshlarga biznes boshqarish asoslarini o‘qitish munosib ish, bu ularni radikal va jinoiy g‘oyalardan uzoq tutadi”, deydi Jambullik teolog Sanjar Suleymenov Karvonsaroy nashriga.

Qozog‘istonda o‘tkazilgan turli tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ekstremizm da’vatchilari tuzog‘iga ilingan odamlar zamonaviy jamiyatda o‘z o‘rinlarini topa olmaganlar va boy, omadli insonlarga nisbatan nafratda bo‘lishgan, dedi u.

Ekstremizm jaholatdan, hayotning yo‘lga tushmaganligidan va ichki bo‘shliqdan kelib chiqadi,” deydi Suleymenov. “Agar yosh o‘g‘il-qizlar yaxshi hayot, ta’lim va mavqega intilsalar, ekstremizm tashviqotchilari o‘zlarining soxta g‘oyalarini ularga singdira olmaydilar.”

“Tadbirkor o‘z-o‘ziga va o‘z kuchiga ishiongan inson, u o‘zi va boshqalarning hayotini o‘zgartira olishini biladi,” dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Birinchi sinfdanoq darsliklarni to‘g‘irlasangiz bo‘lardi, elementar xatolarga yo‘l qo‘yilgan, dahshat va sharmandalik, bunga qanday yo‘l qo‘yasiz? Yana 1-sinf o‘quvchilariga she’r yodlab kelish uchun 1 kungina muhlat berasizlar. Bechora bolalar.

Javob berish