Karvonsaroy
Jamiyat

Rossiyaning Stalin terrorini oqlashga urinishi Markaziy Osiyoda eski jarohatlarni yangilamoqda

Arman Kaliyev

Karlag qamoqxonasining ichki ko‘rinishi, Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida joylashgan Stalin davri gulaglari tarmog‘i. Minglab markaziy osiyoliklar Stalin tozalashlaridan jabr ko‘rganlar, ba’zi ruslar esa buni oqlashga harakat qilmoqdalar. (Dolinka qishlog‘idagi siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi)

Karlag qamoqxonasining ichki ko‘rinishi, Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida joylashgan Stalin davri gulaglari tarmog‘i. Minglab markaziy osiyoliklar Stalin tozalashlaridan jabr ko‘rganlar, ba’zi ruslar esa buni oqlashga harakat qilmoqdalar. (Dolinka qishlog‘idagi siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi)

BISHKEK/OSTONA – So‘nggi vaqtlarda bir qator taniqli rossiyaliklarning Iosif Stalin davridagi dahshatli qatag‘onlarini oqlashga urinishi Markaziy Osiyo fuqarolarini noroziligiga uchrab, eski yaralarni yangiladi va Sovet davlati homiyligida o‘tkazilgan terrorizm xotiralarini qayta yodga soldi.

1930-yillarda Sovet diktatori uning siyosatiga qarshi chiqqanlar, unga suiqasd uyushtrish yoki biq vaqtning o‘zida bir necha xorijiy davlatlar foydasiga josuslik qilish kabi yolg‘on ayblovlar bilan millionlab insonlarni o‘limga mahkum etdi.

Uning vafotidan so‘ng, Sovet davridayoq, hukumat ko‘plab qurbonlarning obro‘sini tiklab, soxta ayblovlarni yo‘qqa chiqardi.

Ammo, so‘nggi yillarda OAVda Stalin siyosatini oqlash harakatlari paydo bo‘la boshladi.

1937-yil, Ikkinchi jahon urushidan avval Stalinning Rossiyadagi tasviri. 1930-yillarda Sovet diktatori uning siyosatiga qarshi chiqqan millionlab insonlarni o‘limga hukm qildi.

1937-yil, Ikkinchi jahon urushidan avval Stalinning Rossiyadagi tasviri. 1930-yillarda Sovet diktatori uning siyosatiga qarshi chiqqan millionlab insonlarni o‘limga hukm qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin va Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov bilan 2016-yil, 19-dekabr kuni uchrashdi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan intervyu chog‘ida Bortnikov 1930-yillarda Sovet hukumati o‘tkazgan qatllar “obyektiv sababga ega bo‘lgan”, dedi. (Kreml)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin va Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov bilan 2016-yil, 19-dekabr kuni uchrashdi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan intervyu chog‘ida Bortnikov 1930-yillarda Sovet hukumati o‘tkazgan qatllar “obyektiv sababga ega bo‘lgan”, dedi. (Kreml)

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksander Bortnikovning 19-dekabr kuni “Rossiyskaya gazeta” rasmiy nashriga bergan intervyusida u Stalinning ko‘plab qurbonlari jazoga loyiq bo‘lganlarini aytdi.

Bortnikovning ta’kidlashicha, jinoiy ishlarning aksariyati qonuniy asosda va “obyektiv sababga ega” bo‘lgan. Ularda “fitnachilarning xorijiy maxsus xizmatlar bilan aloqalari” taxmin qilingan.

Moskva Davlat universiteti iqtisodchisi Andrey Kalganov Stalinning siyosatini oqlovchi shu kabi mulohazalari bilan 2016-yilning mart oyida Komsomolskaya Pravda radiosiga intervyu bergan. U Markaziy Osiyoda 1930-yillardagi mavjud bo‘lgan bosmachi aksil-Sovet partizanlari va Ikkinchi Jahon urushi davridagi natsistlar tarafdorlarini Stalin tuzumining qonuniy maqsadi sifatida yodga olib o‘tgan.

Millionlab qotilliklar sodir etganiga qaramay, Stalinning muxlislari hamon mavjud. Rossiyalik kommunistlar har yili 21-dekabrda Stalinning tavallud kunini Moskvadagi Qizil maydon va boshqa shaharlarda nishonlashadi.

Millionlab jabrdiyda oilalar

Stalinning siyosatini o‘zgartirib yozish yo‘lidagi bunday harakatlar diktator qo‘lidan azob chekkan oilalarning yaralarini yangiladi. Sovet Ittifoqi tarkibidan chiqqan besh mamlakatning hech birida bunday tantanalar o‘tkazilmaydi.

SSSRda Stalin amalga oshirgan qatllar bo‘yicha aniq raqamlarni to‘plash imkonsiz bo‘lsa-da, ayrim taxminlarga ko‘ra, 1921 va 1953-yillar oralig‘ida 5,5 mln. kishi qatl qilingan. Ba’zi raqamlar esa bundan ham ko‘p.

Qozog‘istonning o‘zida Stalin siyosati tufayli mamlakat aholisining uchdan bir qismi yo‘q bo‘lib ketgani taxmin qilinadi.

Adolatsiz, sharmandalarcha ayblanganlarning namoyishkorona suddan so‘ng otib tashlanishi eng qo‘rqinchli hodisa emasdi. Jazo ularning avlodlariga ham ta’sir qilgan – sudlanganlarning oila a’zolari butun umrlari davomida yakka yashashga, ichki surgunlar va qamoq jazosiga hukm qilinganlar.

Kutbilim.journalist.kg saytining 2015-yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov (1928-2008) 70 yillik tavallud kunida Ulkan qatag‘on yillaridagi bolalik xotiralari bilan ulashgan.

“Har yili 1-may kuni maktab o‘quvchilari pionerlikka qabul qilinar edilar” degan edi u o‘shanda. “Ammo mening navbatim kelganda o‘qituvchimiz “vatan xoinining” farzandi pioner nomiga loyiq emas, degan.”

“Men xonadan yugurib chiqib ketgandim va jarlikka tushib olib yig‘lagandim”, degan edi u.

Uning otasi, To‘raqul taniqli kommunistik partiya a’zosi bo‘lgan, “millatchilikda” ayblanib, 1938-yilning noyabrida, Chuy viloyatining Cho‘ng Tosh qishlog‘ida otib tashlangan.

1991-yilda qishloq yaqinidagi ommaviy qabrda rasmiylar tomonidan 138 kishining jasadi topilgan, ularning orasida To‘raqul Aytmatovning jasadi ham bor edi. Shu yerda yashovchi Buburya Kidiraliyeva qabrning joyini oshkor qildi. Uning otasi o‘sha vaqtlarning maxfiy militsiyasi bo‘lgan Ichki ishlar bo‘yicha xalq komissarligiga (NKVD) qarashli yozgi qarorgohda qo‘riqchi bo‘lgani uchun bu yerlarni bilgan.

Toraqul Aytmatov Stalin davrida qatl qilingan 40000 ga yaqin insonlardan biri bo‘lgan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining Qirg‘iz xizmati.

Qirg‘izistonlik tarixchi Sidiq Smadiyarov halok bo‘lgan qirg‘izlarni xalqni o‘z hayotidan ustun qo‘ygan vatanparvarlar deb atadi.

Halok bo‘lganlarni xotirlab

2000-yilda ishchilar halok bo‘lganlarning qoldiqlarini “Ata-Beyit” (Ota-bobolarimiz) nomli yodgorlik majmuasiga qayta dafn etishdi.

Har yili 8-noyabrda qirg‘izistonliklar majmuaga kelib, Sovet tuzumi davrida halok bo‘lganlarni yod etishadi. 2017-yilda bu kun rasman xotira kuni deb nomlandi, ammo u bir necha yildan buyon xotira kunidek nishonlanar edi.

8-noyabrdagi shunday xotirlash kunlarining birida, Chingiz Aytmatovning singlisi Roza Aytmatova 1930-yillarda oilasi ko‘rgan qiyinchiliklarni so‘zlab berdi.

“Otamiz hibsga olinganlaridan keyin, butun oilamiz ta’qib qilindi” deb uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kutbilim.journalist.kg sayti.

“Akalarim Chingiz va Ilgiz 1937-yil, 1-sentabrda (otamiz qamoqqa olinganidan keyin) maktabga borishdi, maktab rahbari “xalq dushmanining” farzandlari maktabga bormasligi kerak, degan edi. Ammo uning gapiga qaramay, ular har kuni maktabga borardilar, mayda toshchalarni o‘ynar, dars tugashini kutib, bolalar bilan uyga qaytar edilar”, dedi u.

Akalarim bu ishni har kuni takrorlashardi va bu harakatlari bir qariyaning e’tiborini tortdi, dedi Aytmatova. “U maktab direktoriga qonun bo‘yicha bolalar bilim olishiga qarshilik qilishga haqqi yo‘qligini isbotlagan. Shu gaplardan keyin akalarimni maktabga qabul qilishgan.”

Eslash orqali fojeaning oldini olish

Sobiq Sovet davlati bo‘lgan Qozog‘iston ham tuzum tomonidan uyushtirilgan zo‘ravonliklardan jabr ko‘rgan.

Qozog‘iston ziyolilari ham Stalin qatag‘oni qurbonlari safida bo‘lishgan, deydi Olma-otada joylashgan Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetining tarix o‘qituvchisi Anvar Galiyev Karvonsaroy nashriga.

O‘sha yillarda uning oilasi ham jabr ko‘rgan. Uning buvasi Moldag‘ali Sagdagaliyev Qo‘stanay viloyati prokurori bo‘lgan va 1938-yilda Yaponiya foydasiga josuslik qilishda ayblanib, Janaliqda otib tashlangan.

Qishloqda halok bo‘lgan Qozog‘istonlik ziyolilarning noma’lum ommaviy qabristoni bor edi. Hozirda bu qabr yodgorlikka aylangan.

Galiyevning buvisiga o‘lim jazosi berilmagan bo‘lsa-da, u “sotqinning” qarindoshi bo‘lganligi sababli 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ziyolilar “o‘zgacha fikrlaganliklari va sotsializmning Stalincha modelini qurishga to‘siq bo‘lishlari mumkinligi sababli qatag‘on qilingandilar”, dedi Galiyev.

Har bir avtoritar tuzum xalqning bilim darajasini kamaytirib, sukut saqlovchi, chalasavod omma yaratishga intiladi, dedi u.

Stalin tuzumi barcha potensial muxolifatni yo‘q qilish maqsadida mamlakatdagi boylarni o‘ldirgan yoki quvib chiqargan. Keyin esa o‘z qurolini majburiy kollektivlashtirishga qarshi chiqqan dehqonlarga qaratgan, deydi Galiev.

1930-yillar haqida so‘zlar ekan, “bizning oila og‘ir ahvolda qolgan”, deydi Galiyev. “Hukumat tezda o‘zini o‘nglab, ularni qo‘yib yuborishini umid qilganlar. Biroq ular ozod qilinmadilar. Onam erta yoshda yetim bo‘lib qolgan. Buvim esa lagerdagi hayoti haqida hech gapirmaydilar.”

1997-yildan beri 31-may kuni Qozog‘iston Stalin tuzumi qurbonlarini xotirlaydi.

“Biz o‘sha dahshatli davrlar xotirasini doim yodda saqlashimiz kerak, sababi biz hamon shu kabi tuzoqlarga tushib qolyapmiz”, dedi Galiyev. “Biz hatto taxminlarda ham bunday voqealarning qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaydigan tizim yaratishimiz kerak.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Gʻarbning va bu nashrning tashviqoti Stalinni obroʻsizlantira olmaydi.

Javob berish

Oʻsha vaqtda Stalin rejimi yangi Markaziy Osiyo, jumladan turman ziyolilarining nihollarini yoʻq qilgan.

Javob berish

Stalin jallod boʻlgan va shunday boʻlib qoladi!

Javob berish

Rossiya terrorchilik homiysi.

Javob berish

Yolgʻonlar haqiqat bilan aralashib ketgan

Javob berish

Rossiya bosqinchi

Javob berish

Qo‘stanay viloyati prokurori... ...“Ziyolilar tanqidiy fikrlay olganliklari uchun va Stalinning sotsializm qurish siyosatiga qarshilik qilishga qodir boʻlganliklari uchun qirg‘in qilinganlar” Axmoq, bl...

Javob berish

Kalganov va Bortnikovga. Men O‘zbekistondanman. Siz bosmachilar harakati haqida gapiryapsiz. Sizning tashviqotingizga koʻra, bosmachilar – “bosqinchilar”. Nima uchun bizlarni bosmachi deb ataysiz? Biz shu yerda tug‘ilganmiz, bu bizning yerlar. O‘zingiz bosqinchi bosmachisiz, do‘stim

Javob berish

Stalin manyak va seriyali qotil.

Javob berish