Karvonsaroy
Xavfsizlik

O‘zbekiston tahdidlarni o‘zgartirishga qaratilgan yangi harbiy doktrinani joriy qildi

Maksim Yeniseyev

O‘zbekistonlik yoshlar 2017-yil, 29-dekabr kuni Olmaliqda bo‘lib o‘tgan festival davomida harbiy texnologiyalar ha xizmatlar bilan tanishmoqdalar. (O‘zbekiston Mudofaa vazirligi)

O‘zbekistonlik yoshlar 2017-yil, 29-dekabr kuni Olmaliqda bo‘lib o‘tgan festival davomida harbiy texnologiyalar ha xizmatlar bilan tanishmoqdalar. (O‘zbekiston Mudofaa vazirligi)

TOSHKENT – O‘zbekiston o‘z qurolli kuchlari tashkil etilganligining 26 yilligi nishonlanadigan kun – 14-yanvardan boshlab yangi harbiy doktrinani joriy etishni rejalashtirmoqda.

Siyosiy va harbiy rahnamolarga ko‘ra, yangi doktrina harbiy islohotlar samaradorligini oshirish va O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan aloqalarini kuchaytirishga qaratilgan.

“Shiddat bilan o‘zgarayotgan davr”

Aholi soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘lgan O‘zbekiston mintaqada eng qudratli harbiy kuchga ham ega. Global Firepower 2017 tadqiqotlariga asosan, u dunyodagi top 50 talikka kiradi.

Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekistonning xavfsizlikka oid muammolarini tan oluvchi rasmiylar va tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, harbiy kuchlarni modernizatsiya qilish o‘ta muhim.

Askarlar 2017-yil 28-dekabr kuni, Toshkent harbiy bazasida oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmati tizimini jurnalistlarga namoyish qilmoqdalar. (O‘zbekiston Mudofaa vazirligi)

Askarlar 2017-yil 28-dekabr kuni, Toshkent harbiy bazasida oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmati tizimini jurnalistlarga namoyish qilmoqdalar. (O‘zbekiston Mudofaa vazirligi)

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan 137 kilometrlik chegaraga ega va a’zolari Afg‘oniston, Pokiston va Suriyadagi janglarda qatnashgan O‘zbekiston Islom harakati (O‘IH) paydo bo‘lgan zamindir.

Harbiy kuchlar tizimi “jadal o‘zgarib borayotgan davr talablariga” javob bermaydi, dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-dekabrda Parlamentga murojaatnomasida.

Mirziyoyev yangi doktrinani shakllantirish jarayonini 2017-yil yanvar oyidan boshladi va u yil davomida hukumat bosqichidan o‘tdi. 20-dekabr kuni esa senat yangi harbiy doktrinani ma’qulladi.

“Doktrina respublikaning qonun hujjatlari va xalqaro huquq normalariga asoslangan,” deb xabar beradi O‘zbekiston senati matbuot xizmati 20-dekabr kuni o‘tkazilgan palata majlisining xulosasi aks etgan bayonotda.

“Hujjat O‘zbekistonning ochiq tashqi siyosatiga oid amaliyotini, uning qo‘shni davlatlar bilan konstruktiv aloqalarni rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborini mustahkamlaydi hamda mamlakat mudofaa siyosatining shaffofligini ta’minlaydi.”

Geostrategik vaziyat

O‘zbekiston avvalgi harbiy doktrinani 1995-yilda qabul qilgan va u o‘shandan beri o‘zgarmagan.

Eski hujjat “terrorizm va ekstremizmni xavf manbalari qatorida eng oxirgi o‘ringa qo‘ygan va asosiy e’tiborni mintaqani “yadrodan holi” holatda ushlab turishga qaratgan”, deydi toshkentlik siyosiy tahlilchi Valeriy Xan Karvonsaroy nashriga.

“Davlatimizning geostrategik vaziyatining o‘ziga xosligini, shuningdek, mintaqada o‘zgarib borayotgan harbiy kuchlar va siyosiy holatni hisobga olib, biz qurolli kuchlar bo‘linmalarining vazifa va strukturalarini qayta ko‘rib chiqdik”, dedi Mirziyoyev 22-dekabr kuni parlamentga murojaatnomasida.

“Biz Milliy gvardiyani yaratdik hamda harbiylarni yangi qurol-aslaha va zamonaviy harbiy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rmoqdamiz” dedi u.

Harbiy kuchlarni modernizatsiya qilish choralari ichki mudofaa sanoatini rivojlantirish, o‘qitish tizimini isloh qilish va harbiylarning imtiyozlarini kuchaytirishni o‘z ichiga oladi, dedi u.

Harbiy tayyorgarlikni kuchaytirish

Innovatsiyalardan biri “bo‘sh qop tik turmaydi” maqoliga asoslangan ko‘rinadi.

O‘zbekiston birinchi marta armiyada professional ovqatlanish tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda. Shu kunga qadar ovqat tayyorlash har bir harbiy bo‘linmaning vazifasi edi.

Toshkent harbiy bazasida 28-dekabr kuni harbiylar oziq-ovqat bilan ta’minlash xizmatini jurnalistlarga namoyish etdilar. Mazkur sinov loyihasini butun qurolli kuchlar tizimi bo‘ylab joriy etish rejalashtirilgan.

“Alohida e’tibor keng qamrovli va sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlashga qaratilgan”, deyiladi Mudofaa vazirligining 28-dekabr kungi bayonotida. “Harbiy bazalar va muassasalaridagi ovqatlanish zallari so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan.”

“Yaxshi ovqatlanish askarlarning salomatligi va jismoniy rivojlanishiga yordam beradi, tananing turli qiyinchiliklarga chidamliligini oshiradi va askarlarning jangovar tayyorgarligiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir qiladi”, deyiladi bayonotda.

Mirziyoyev 24-noyabr kuni askarlar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat xizmatini yaxshilash haqidagi qarorni imzoladi. Hujjat ushbu xizmatning xususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.

“Armiya Sovet davridan qolgan “oshxonadagi navbatchilik” tizimidan keng foydalanar edi”, deydi harbiy xizmatni o‘tagan toshkentlik sobiq askar Sobir Matkarimov Karvonsaroy nashriga. “Askarlar oshxonada navbat bilan yegulik tayyorlar edilar.”

“Ko‘p hollarda intizomni buzganlik uchun jazo sifatida oshxonada navbatchilik qilinar edi”, dedi u. “Bu esa askarni jangovar tayyorgarliklardan chalg‘itardi. Xizmatni o‘tovchilar bunday majburiyatlardan ozod etilgani yaxshi ish bo‘libdi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500