Karvonsaroy
Diplomatiya

AQSH Markaziy Osiyo mamlakatlarining suvereniteti va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlaydi

Asker Sultanov

Tojik va AQSH askarlari Dushanbeda 10-23 iyul kunlari o‘tkazilgan “Mintaqaviy hamkorlik - 2017” harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. (USAF shtabi serjanti Maykl Battls)

Tojik va AQSH askarlari Dushanbeda 10-23 iyul kunlari o‘tkazilgan “Mintaqaviy hamkorlik - 2017” harbiy o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. (USAF shtabi serjanti Maykl Battls)

BISHKEK – Amerika qo‘shma shtatlari Markaziy Osiyo davlatlari suvereniteti va mustaqilligini himoya qilish vazifasiga sodiq qolmoqda, deb ma’lum qildi 12-yanvar kuni yuqori martabali AQSH diplomati.

Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Elis Uells Bryusseldan nutq so‘zlar ekan, Qirg‘iziston va Qozog‘iston jurnalistlari savollariga telefon orqali brifing davomida javob berdi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bizda umumiy strategik manfaatlar bor - iqtisodiy integratsiyani rag‘batlantirish, narkotiklarga qarshi kurash, terrorizmga qarshi kurashish va mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlash shular jumlasidandir. Biz ishonamizki, Afg‘oniston kelajakda mintaqaga qayta qo‘shiladi va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan qudratli hamkorga aylanadi”, dedi Uells AQSH Davlat departamenti xabarnomasiga asosan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari barcha Markaziy Osiyo davlatlarining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini “qo‘llab-quvvatlaydi” va “hurmat qiladi” deb qo‘shimcha qildi u va AQSHning amaldagi rahbariyati, avvalgi ma’muriyat tashabbusi bilan boshlangan AQSH va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha “C5+1” forumini ma‘qullashi va davom ettirishini aytdi.

AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida iqtisodiy integratsiyaga ko‘maklashish, narkotiklar va terrorizmga qarshi kurash, mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlash kabi umumiy strategik manfaatlar bor. Bu haqda 2018-yilning 12-yanvar kuni Bryusselda so‘zlagan AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi muovini Elis Uells Qirg‘iziston va Qozog‘iston OAV vakillariga telefon orqali muloqotida ma’lum qildi. Suratda Uells Kolomboga (Shri-Lanka) tashrifi chog‘ida, 30-avgust, 2017-yil. (Ishara S. Kodikara/AFP)

AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida iqtisodiy integratsiyaga ko‘maklashish, narkotiklar va terrorizmga qarshi kurash, mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlash kabi umumiy strategik manfaatlar bor. Bu haqda 2018-yilning 12-yanvar kuni Bryusselda so‘zlagan AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi muovini Elis Uells Qirg‘iziston va Qozog‘iston OAV vakillariga telefon orqali muloqotida ma’lum qildi. Suratda Uells Kolomboga (Shri-Lanka) tashrifi chog‘ida, 30-avgust, 2017-yil. (Ishara S. Kodikara/AFP)

“Biz, shuningdek, kongressning qo‘llab-quvvatloviga va mazkur forumni mustahkamlashga oid tadbirlar uchun 15 million dollar ajratilishiga erishdik”, dedi u.

AQSH mintaqadagi aloqalar rivojini qo‘llab-quvvatlaydi

Uells Vashingtonning O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan aloqalariga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Albatta, biz O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari orasida o‘zaro aloqalarni kuchaytirishga bo‘lgan qiziqishidan mamnunmiz”, dedi u.

“Biz Markaziy Osiyo mamlakatlari xoh u energetik hamkorlik masalasi bo‘lsin, xoh savdo yoki xavfsizlik – ularni birlashtirib turuvchi manfaatlarni inobatga olib, uchrashuvlar o‘tkazayotganlarini ko‘rishdan mamnunmiz hamda voqealar rivojini va kelajakda Markaziy Osiyo bilan hamkorlik qanday tus olishini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Markaziy Osiyoda matbuot erkinligini qo‘llab-quvvatlaydi.

“Tarixan, Qirg‘iziston respublikasi Markaziy Osiyoda matbuot erkinligi bo‘yicha allaqachon yetakchi bo‘lib ulgurgan. Shu bois ham biz nafaqat shaffoflikni ta’minlash, balki hukumatlarga o‘z siyosatini ishlab chiqishda yordam berish uchun ham ushbu muhim institut – OAVni rag‘batlantirishda davom etamiz”, dedi u.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning AQSHga bo‘lajak tashrifi brifingdagi asosiy mavzu bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Markaziy Osiyo mintaqasining milliy xavfsizligida muhim rol o‘ynaydi.

“Qozog‘iston global lider darajasiga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi”, dedi u mamlakatning yadroviy qurolni tarqatmaslik, mintaqaviy xavfsizlik va Afg‘oniston masalasidagi ko‘magiga ishora qilib.

“Qozog‘istonning tashqi siyosati va uning jahon arenasidagi ahamiyati ko‘p qirrali, ulardan biri iqtisodiyot, biroq bu yagona asos emas”, dedi u.

Uells, shuningdek, Amerikaning Markaziy Osiyodagi biznes manfaatlarini ham tilga oldi.

“Amerikalik tadbirkorlar Markaziy Osiyoga eng ko‘p sarmoya kiritgan yirik investorlar qatorida bo‘lishgan”, dedi u va oxirgi 26 yil ichida AQSH hukumati Qirg‘izistonga 2 milliard dollarga yaqin investitsiya kiritganini qo‘shimcha qildi.

“Biz yanada ko‘proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun biznes muhitini yaxshilashda davom etamiz, dedi u AQSH kompaniyalari 25 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritgan neftga boy Qozog‘iston haqida so‘zlarkan.

Suverenitet hurmati

O‘z qo‘shnilarini qo‘rqitish va ularning ichki ishlariga aralashish bilan boshqa davlatlar suverenitetiga tahdid soluvchi Rossiyadan farqli o‘laroq, AQSH hukumati Markaziy Osiyoda matbuot erkinligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘tgan oy e’lon qilingan “AQSH milliy xavfsizlik strategiyasi”ga ko‘ra, Rossiya iqtisodiyotdagi erkinlik va adolatga to‘siq qo‘yish, o‘z fuqarolarini ta’qib qilish va ularning ustidan o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun shaxsiy ma’lumotlarni nazorat qilish tarafdoridir.

Moskva qo‘shni mamlakatlarda “OAV, siyosiy jarayonlar, moliyaviy tarmoqlar va shaxsiy ma’lumotlarni nishonga olish yo‘li bilan demokratik jarayonlarni yo‘qqa chiqarish uchun axborot vositalaridan faol foydalanmoqda”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qoʻllab-quvvatlovingiz juda zaif, bu ketishda Qrim ssenariysi takrorlanishi mumkin.

Javob berish

Ularni nima bilan va qanday qoʻllab-quvvatlaydilar? Koʻzi (va televizori) bor odamlar bir paytlar haqiqiy qoʻllab-quvvatlash qanday boʻlishini koʻrgandilar: Oʻzbekiston prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov, xalqaro tadbirda ishtirok etayotganida suratga olish vaqtida yiqilib tushayozgan piyonista taxt merosxoʻrini USHLAB QOLGAN edi. (Aftidan, muallif 1998-yilda Toshkentda yuz bergan voqeai nazarda tutgan, oʻshanda Rossiya prezidenti Boris Yelsin aeroportda qoqilib ketgandi, Yelsinning yonida turgan prezident Karimov esa unga yordam berib yiqilishdan asrab qolgandi. Oʻshana Yelsin mast boʻlgan degan mish-mishlar yuradi. Uning oʻzi esa isitmasi boʻlganini aytgan.)

Javob berish

Juda zo‘r. Bu bachchaboz Rossiya inqiroziga jiddiy tayyorgarlik. Inshaalloh Olg‘a Qozoq eli

Javob berish

Rossiya Markaziy Osiyodagi barqarorlik garovi. AQSHning turgan-bitgani axlat, ma’naviyatsiz va tartibsiz davlat. Olg‘a Rossiya, yankilarni yanchib tashla, suvaraklarga o‘lim

Javob berish

Murat, Qozog‘iston mustaqilligini AQSH birinchi bo‘lib tan olgan va u tinchlik garovi. Tarixni o‘rgan.

Javob berish