Karvonsaroy
Biznes

AQSHning yirik kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida

Maksim Yeniseyev

Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi hamda “White & Case” kompaniyasi hamkori Kerolin Lemm (o‘rtada), Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev (chapda) va Adliya vaziri Ruslanbek Davletov (o‘ngda) 29-yanvar kuni Toshkentda “White & Case” kompaniyasi ofisining ochilishida. (O‘zbekiston Adliya vazirligi)

Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi hamda “White & Case” kompaniyasi hamkori Kerolin Lemm (o‘rtada), Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev (chapda) va Adliya vaziri Ruslanbek Davletov (o‘ngda) 29-yanvar kuni Toshkentda “White & Case” kompaniyasi ofisining ochilishida. (O‘zbekiston Adliya vazirligi)

TOSHKENT – Iqtisodchilarga ko‘ra, mamlakatdagi siyosiy vaiqtisodiy islohotlar tobora ko‘proq xorijiy kompaniyalar va transmilliy brendlarni O‘zbekistonda biznes yuritishga undamoqda.

O‘zbekistondagi yangi imkoniyatlarga katta qiziqish bildirayotgan Amerika kompaniyalari o‘z faoliyati va resurslarini mamlakat bo‘ylab kengaytirib, mahalliy bozorga kirishga intilmoqda.

Kuchli taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqish

Jumladan, bosh qarorgohi AQSHda joylashgan, “Boston Consulting Group” xalqaro konsalting kompaniyasi O‘zbekistonga innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda yordam bermoqchi.

Aprel oyiga qadar ishlab chiqilishi kutilayotgan yangi strategiya har bir viloyatning rivojlanish yo‘nalishini belgilab beradi hamda O‘zbekistonning qurilish sohasi, energetika va transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratiladi, deb xabar berdi “Tashkent Times” onlayn-nashri 6-fevral kuni.

Toshkentdagi restoranda ofitsiant KFC usulida qovurilgan jo‘jani dasturxonga qo‘ymoqda, sentabr. Amerikaning KFC kompaniyasi yaqin orada Toshkentda ham o‘z restoranini ochish niyatida. (Facebook)

Toshkentdagi restoranda ofitsiant KFC usulida qovurilgan jo‘jani dasturxonga qo‘ymoqda, sentabr. Amerikaning KFC kompaniyasi yaqin orada Toshkentda ham o‘z restoranini ochish niyatida. (Facebook)

Nyu-Yorkda joylashgan “McKinsey & Company” kompaniyasi ham O‘zbekistonga axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda o‘z yordamini taklif qilgan.

30-yanvar kuni kompaniya delegatsiyasi Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari bilan uchrashib, kompaniyaning ushbu jarayondagi ishtirokini muhokama qilganlar.

Mazkur strategiya telekommunikatsiyalar, elektron hukumat, axborot xavfsizligi, elektron savdo hamda ushbu sohalar uchun xodimlar tayyorlashni o‘z ichida oladi.

“Olib borilayotgan islohotlar inobatga olinsa, O‘zbekistonda kadrlar masalasi juda muhim”, deydi toshkentlik siyosatshunos Valeriy Xan Karvonsaroy nashriga. U shuningdek, mamlakat “bu kabi islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha tajribaga ega emasligini” aytadi.

“1991-yilda mustaqillikka erishganimizdan to 2016-yilgacha biz modernizatsiya emas, balki prezervatsiya - saqlab qolish yo‘lidan bordik”, dedi u. “Shu bois, xatolarning oldini olish uchun bizga amerikalik va boshqa xorijiy ekspertlarning yordami kerak bo‘ladi.”

2016-yilda Shavkat Mirziyoyev marhum Islom Karimovning o‘rniga prezidentlikka keldi.

O‘zbekiston-AQSH o‘rtasidagi biznes aloqalarni kengaytirish

Mirziyoyevning o‘tgan yil sentabr oyida Qo‘shma Shtatlarga qilgan tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi yangi savdo aloqalari uchun zamin yaratdi.

O‘shandan beri O‘zbekiston rasmiylari ushbu aloqalarni yanada mustahkamlash ustida ishlamoqda.

15-fevral kuni Mirziyoyev Amerikaning General Electric (GE) kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi va O‘zbekistondagi elektr stansiyalarini modernizatsiya qilishga oid loyihalarni muhokama qildi.

Chotqol tog‘ tizmasida yangi Pskom gidroelektr stansiyasini barpo etish loyihasi ham shular jumlasidan, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Pollett GE kompaniyasining O‘zbekiston korxonalari bilan uzoq muddatli va keng qamrovli asosda hamkorlik qilishga tayyorligini tasdiqladi.

O‘z navbatida, Mirziyoyev O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida energetika sohasidagi texnik hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.

Ayni paytda tabiiy gaz uzatish, fuqarolik aviatsiyasi va sog‘liqni saqlash sohalariga taalluqli boshqa loyihalar ham ishlab chiqilmoqda, deyiladi xabarda.

Huquqiy-iqtisodiy zamin yaratish

O‘zbek-Amerika munosabatlaridagi yana bir muhim voqea – 29-yanvar kuni Toshkentda “White & Case” xalqaro yuridik kompaniyasi ofisining ochilgani bo‘ldi.

Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan kompaniya xorijiy investorlar uchun qulay muhit yaratish va ularning O‘zbekistonda biznes uchun sarmoya kiritishga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga yordam beradi, deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

“Fortune 500” ro‘yxatidagi kompaniyalar rahbarlari O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda, dedi Amerikaning “Macro-Advisory Ltd” makroiqtisodiy va siyosiy strategiya kompaniyasining hamkori J.P. Natkin 23-yanvar kuni “Amerika ovozi” bilan suhbatda.

“Ayni paytda, O‘zbekiston biz uchun eng tez rivojlanayotgan bozor va bu korporatsiyalar tarafidan bildirilayotgan qiziqishda ham o‘z aksini topmoqda. Biz kompaniyalar bilan turli sohalar bo‘yicha ishlamoqdamiz”, dedi u.

Natkinning so‘zlariga qaraganda, bular ishlab chiqarish, iste’mol tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash va energetika sohalaridir.

KFC Toshkentda ish boshlaydi

Hukumat islohotlari bilan rag‘batlantirilgan Amerikaning oziq-ovqat brendlari ham O‘zbekistonda o‘z biznesini ochishni rejalashtirmoqda.

KFCga tegishli bo‘lgan Yum! brendi ham Toshkentda o‘zining qovurilgan jo‘ja biznesini ochish arafasida ekanligini tasdiqladi, deb xabar berdi Spot.uz 30-yanvar kuni.

Restoran 35 kishini ish bilan ta’minlaydi. Uning ochilish sanasi hali aniq emas.

KFC bayonotiga ko‘ra, Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston bozori kompaniya uchun ustuvor ahamiyatga ega.

O‘zbekistonliklarning qovurilgan jo‘jani sevib iste’mol qilishi mamlakatda KFC uchun alohida o‘rin borligini anglatadi, deydi toshkentlik restoran boshqaruvchisi Ruslan Mamadaliyev.

Hozirgi paytda Toshkentda KFC usulida qovurilgan jo‘ja tayyorlaydigan bir necha restoran bor. Ularning nomlari ham bir-biriga o‘xshash, masalan, “Keffi”, “Tashkent Fried Chicken” yoki “Champion Fried Chicken”, deydi u.

“Kentukki retsepti bo‘yicha tayyorlanadigan qovurilgan jo‘ja shunchalik mashhurki, biz unga o‘zbekcha nom o‘ylab topganmiz”, dedi u. “Kepsi” – “KFC”ning o‘zgartirilgan nomi bo‘lib, xuddi shu taomni bildiradi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ayni vaqti.

Javob berish

Amerikaliklarga ishonib bo‘lmaydi. Avvaliga ular o‘z jo‘jalari bilan bozorimizga kirib kelishadi. Oxir-oqibat, bularning bari, xuddi Yanukovich (Ukrainadan qochgani) kabi Mirziyoyev O‘zbekistondan qochishga majbur bo‘lishi bilan tugaydi, Xudo ko‘rsatmasin.

Javob berish

Zavod va fabrikalar qurishimiz kerak. Chetdan keltirilganini emas, O‘zbekistonning ekologik toza jo‘jalarini qanday qovurishni o‘zimiz yaxshi bilamiz.

Javob berish