Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning o‘tmishda boshqa davlatlar siyosatiga aralashmagani haqidagi da’volari istehzoga sabab bo‘lmoqda

Karvonsaroy

Rus askari Qrimdagi harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida, 2017-yil, mart. 2014-yilda Rossiya Ukrainaning bir qismini egallab, o‘z hududiga qo‘shib oldi. (Igor Rudenko/Rossiya Mudofaa vazirligi)

Rus askari Qrimdagi harbiy mashg‘ulotlar chog‘ida, 2017-yil, mart. 2014-yilda Rossiya Ukrainaning bir qismini egallab, o‘z hududiga qo‘shib oldi. (Igor Rudenko/Rossiya Mudofaa vazirligi)

MOSKVA – Kremlning tarixda boshqa davlatlar siyosatiga aralashmaganiga oid so‘nggi da’volari, ayniqsa, Rossiya to‘gridan-to‘g‘ri ta’sir etgan mamlakatlar fuqarolarining istehzosiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya “boshqa davlatlarning ichki siyosatiga aralashmagan va aralashayotgani yo‘q”, dedi Kremlning matbuot kotibi Dmitriy Peskov 19-fevral kuni jurnalistlarga.

Oddiy faktlar bu so‘zlarni rad etadi.

2014-yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirib, Qrimni o‘z hududiga qo‘shib oldi, ayni vaqtda u yerda minglab rus askarlari joylashtirilgan.

Rus askarlari Abxaziyaning Nabakevi qishlog‘i hududidan o‘tishmoqda, 2008-yil, 28-oktabr. Rus armiyasi Abxaziya va Shimoliy Osetiyani Kreml Gruziyaning ikki viloyatini “mustaqil” davlat deb e’lon qilishidan avval egallab olgandi. (Ibragim Chakadua/AFP)

Rus askarlari Abxaziyaning Nabakevi qishlog‘i hududidan o‘tishmoqda, 2008-yil, 28-oktabr. Rus armiyasi Abxaziya va Shimoliy Osetiyani Kreml Gruziyaning ikki viloyatini “mustaqil” davlat deb e’lon qilishidan avval egallab olgandi. (Ibragim Chakadua/AFP)

Yuzlariga niqob tutib olgan noma’lum shaxslar Qrimning Simferopol shahridagi Kasaba uyushmasi binosi oldida Rossiya bayrog‘ini ushlab turishibdi, 2014-yil, 1-mart. (Genya Savilov/AFP)

Yuzlariga niqob tutib olgan noma’lum shaxslar Qrimning Simferopol shahridagi Kasaba uyushmasi binosi oldida Rossiya bayrog‘ini ushlab turishibdi, 2014-yil, 1-mart. (Genya Savilov/AFP)

Kremlning matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2017-yilning 14-dekabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. (Kreml)

Kremlning matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2017-yilning 14-dekabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. (Kreml)

2008-yilda Rossiya qo‘shinlari Gruziyaga bostirib kirib, Janubiy Osetiya va Abxaziyani “ozod” qilgandi, hozirda ularni bir necha davlatgina rasman tan oladi. 2017-yilda Gruziya hukumati rus armiyasi o‘z chegaralarini davlat ichiga kiritib borayotganidan shikoyat qilgandi.

Yaqin tarixda biroz oldinroqqa nazar solinsa, 1991-yilda SSSR parchalanganidan keyin, Rossiya armiyasi Moldova ichida Pridnestrovye deb nomlangan davlatni paydo qildi va o‘shandan beri uni ajralgan va notinch holatda ushlab turibdi.

Markaziy Osiyoda Rossiya armiyasining mavjudligi

Markaziy Osiyoda Rossiya bilan bog‘liq vaziyatlar, xususan, bir nechta harbiy “kelishuvlar”ning imzolangani – Kremlning mintaqaga xatarli ta’sir ko‘rsatishga urinishidan darak beradi.

Rossiyaning yaqinda Tojikistonga ko‘rsatgan harbiy yordami tahlilchilar tomonidan Moskvaning 2005-yildan buyon ilk bor o‘z askarlarini Tojik-Afg‘on chegarasiga joylashtirishi uchun sabab sifatida ko‘rilmoqda – bu harakat Markaziy Osiyo suverenitetiga putur yetkazishi mumkin.

Tojikistonda allaqachon Rossiyaning chet eldagi eng katta harbiy bazasi joylashgan. 201-Harbiy baza ikkita alohida joyda – Dushanbe va Xatlon viloyatining Qo‘rg‘ontepa shaharlarida bo‘lib, bu yerda taxminan 6000 dan 7000 gacha askar bor.

201-baza Tojikistonda kamida 2042-yilgacha saqlanib qoladi, deyiladi 2012-yil, oktabr oyida Rossiya va Tojikiston o‘rtasida imzolangan shartnomada.

“Rossiya o‘z yerida korrupsiya, shovinizm, jinoyatga qarshi kurashish o‘rniga, Osiyo davlatlariga suqilmoqda”, deb yozadi Karvonsaroy o‘quvchisi Vasya 21-yanvar kuni. “Rossiyaga tartibsizlik nega kerak? Bu so‘nggi 3 asr davomida uning makri bo‘lib kelgan. O‘z bog‘ida ekin yetishtirish o‘rniga, birovning bog‘idan o‘girlash – Rossiyaning turgan-bitgani shu...”

Rossiya harbiy kuchlari Qozog‘istonning Boyg‘o‘ng‘ir kosmodromida va Qirg‘izistonning Qant havo bazasida ham joylashgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng, chorak asr o‘tgan bo‘lsa-da, ularning bu yerni tark etish niyati yo‘q.

“Agar Rossiya chiqib ketsa, tamom – u Markaziy Osiyoni butkul yo‘qotadi, xuddi Polsha, Chexiya Respublikasi va Sharqiy Yevropada boshqa davlatlarni qo‘ldan bo‘y bergani kabi”, dedi ayni vaqtda Qo‘shma Shtatlarda istiqomat qiluvchi Tojikistonning sobiq harbiy qo‘mondoni Parviz Rasulov Karvonsaroy nashriga.

“Qo‘poruvchilik faoliyati haqidagi ma’lumotlar”

Rossiya mustaqil davlatlarning suverenitetini barbod qilishga tayyor ekanligini namoyish qildi va qo‘shnilariga tahdid qilishda davom etmoqda, deyiladi o‘tgan yil dekabrda AQSH hukumati e’lon qilgan hisobotda.

Milliy xavfsizlik strategiyasi hisobotida Rossiyaning Markaziy Osiyoda va butun dunyoda olib borayotgan qo‘poruvchilik faoliyati haqida, jumladan “yadroviy jihatdan o‘zini ko‘rsatish va tajovuzkorlikni ilgari surishga oid urinishlari” haqida batafsil ma’lumot berilgan.

“Zamonaviy tahdid taktikasi ko‘rinishlari orqali Rossiya dunyo bo‘ylab turli davlatlarning ichki siyosatiga aralashmoqda”, deyiladi hujjatda. “Rossiyaning shuhratparastligi va ortib borayotgan harbiy imkoniyatlari Yevroosiyoda beqaror vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Rossiyaning no‘to‘gri hisob-kitoblari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar xavfi ortib bormoqda.”

Qo‘shnilarining nazdida, Rossiya “iqtisodiyotning ochiq va adolatli bo‘lishi tarafdori emas. Shuningdek, u jamiyatga bosim o‘tkazish va o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun axborotni to‘la nazorat qilishni xohlaydi”.

Markaziy Osiyo Rossiya tajovuzi oldida “nihoyatda zaif”

AQSH senatining 10-yanvar kuni chop etilgan ma’ruzasiga ko‘ra, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston Rossiya tajovuzi oldida eng zaif davlatlar bo‘lib qolmoqda.

“(Rossiya prezidenti Vladimir) Putin muvaffaqiyatli demokratik davlatlarni (ayniqsa, Rossiyadan uzoqda joylashganlarini) o‘z rejimiga tahdid sifatida ko‘radi. Sababi, ushbu davlatlar uning korrupsiyalashgan va jinoiy tuzumining ko‘rkam muqobili hisoblanadi. ”

“Shaffof hukumat, qonun ustuvorligi, erkin OAVga ega va fuqarolari faol bo‘lgan demokratik tuzumlar Rossiya chegaralari osha korrupsiyaning tarqalishidan yaxshi himoyalangan. Ular Putin va uning saralangan elitasini yanada boyib ketishdan to‘sib turibdi”, deyiladi ma’ruzada.

Shu tariqa, Moskva butun dunyo bo‘ylab “demokratiya va qonun ustuvorligiga putur yetkazishga urinishdan to‘xtagani yo‘q”, deyiladi ma’ruzada.

“Rossiya – jiddiy xavf”,deb yozadi Karvonsaroy o‘quvchisi Omar 17-yanvar kuni qoldirgan izohida. “Qachon buni tushunarkinmiz? Ukrainlar buni boshdan o‘tkazmoqdalar. Bizga “rus dunyosi” kerak emas! Biz ulardan bezormiz!”

“Rossiya Qozog‘istonga do‘st emas. Bu mag‘lub bo‘lgan tomonning qasos olishga urinishidan boshqa narsa emas. Bularning bari Markaziy Osiyo ustidan yo‘qotilgan nazorat, imperiyaga xos takabburlik va urinishlarning behuda bo‘lgani sababli yuzaga kelgan”,deb yozgan edi Karvonsaroy o‘quvchilaridan biri Eljas 24-yanvar kuni.

“Bu kabi “iqtisodiy ittifoqlar”ning birortasi ham Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmaydi. Yana bitta WTO (Jahon savdo tashkiloti)ning bizga nima keragi bor? Qozog‘iston faqat Turkiya, Yevropa, AQSH va boshqa rivojlangan davlatlar bilan qadam tashlashi kerak. Ularning biz o‘rganishimiz kerak bo‘lgan ijobiy taraflari ko‘p. Rossiya esa insoniyat uchun fashizm, bosqinchilik va yovuzlik manbai demakdir”, deb yozadi u.

“(Ruslar) ular uchun tinmay mehnat qilishimizni xohlaydilar. SSSR davrini eslang, Rossiya hamma narsaga egalik qilgan va bunga qarshi bo‘lgan barcha odamlarni yo‘q qilgandi. Odamlarning esa qorni to‘ysa kifoya edi”, deb yozadi 14-yanvar kuni Karvonsaroy mushtariylaridan biri Saniya.

“O‘zini ham eplay olmayotgan Rossiya bizga nima beradi? Faqat Putin va uning laganbardorlari yaxshi yashaydilar, vaholanki, u yerda ochlikdan o‘lar holatga kelgan odamlar bor”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 43

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Maqolaning har bir soʻzi haqiqat

Javob berish

Rossiya har doim birovlarning ishiga aralashib kelgan.

Javob berish

Aslida butun umr AQSH aybdor boʻlgan narsada Rossiyani ayblar ekan, boshqalarning fikri bilan oʻylaydigan va ularni oʻziniki deb biladigan odam farosatsiz va johil odamdir... Ukraina va Polsha esa vaqti-vaqti bilan kuchukchalar kabidir – orqa oʻgirsang, tishlashni boshlaydi, yuzing bilan burilsang, tiz choʻkadi.

Javob berish

Yozilgan gaplar g'irt amerika parastlikdan boshqa narsa emas

Javob berish

Valentina, men o‘zim qozoqman va millatingizga hech qanday qarshiligim yo‘q. Bizda ISLOMni qabul qilgan ruslar bor. Masjidga birga boramiz, ALLOHga ibodat qilamiz. Ular bizning ISLOMDAGI birodarlarimiz bo‘ladilar. Yozilganlarga kelsak, barchasi haqiqat. Bu yerda millatchilikning asari ham yo‘q. Davolanish, yerga ishlov berish, uylar qurish, yuvinish, tishlarni tozalash, hojatdan keyin yuvinish kabi ishlar hammasi musulmonlardan kelib chiqqan.

Javob berish

Yozilganlarning hammasi to‘g‘ri. Muallifga rahmat.

Javob berish

Kulish ham, yig‘lash ham kerak emas.

Javob berish

Moderator, yozganlarimni nega saytga chiqarmayapsan? Oliy zotlarga haqiqat kerak emasmi?

Javob berish

Qozog‘iston “demokratiya”si millatchilikni qanchalik urchitib yuborgani haqida o‘qisam dahshatga tushaman. Millatlararo adovat qo‘zg‘ayotgan siyosiy tahlilchilarni hech kim hibsga olmaydi, javobgarlikka tortmaydi. Agar tergov ishlari olib borilsa, Rossiyaga qarshi ayblovlar bitta manbadan kelib chiqayotgani aniq bo‘ladi. Hoy, mutaxassislar kim sizlarni Kremlga qarshi qilyapti? Kim sizga haq to‘layapti? Ko‘proq tarix kitoblarini o‘qing. O‘tmishda sizlarni amerikalilar davoladimi? Amerikaliklar qurishni o‘rgatdimi? Amerikaliklar sizlarga dehqonchilikni o‘rgatdimi? Xat-savodni amerikaliklar o‘rgatdimi? Siz siyosatshunoslar tarixni o‘rganing, ana undan keyin sizni kim gij-gijlashidan qat‘i nazar nizo chiqaravering.

Javob berish

Siz qaysar ruslar bilan bahslashishdan foyda yoʻq, qaysarligingiz muammo. Aksincha boʻlganida sizlardan hamma qochib ketmas edi (qaytaraman, QOCHIB KЕTISHMOQDA), 300 yildan ortiq olib borayotgan iqtisodiy, madaniy taʼsiringizdan hamma toʻygan, ziyolilarni quvib chiqardingiz, oʻz davlatimizda ikkinchi darajali odamlarga aylandik. Sizning SHOVINIZMINGIZ NЕMISLARNING FASHIZMIDAN BATTAR. Bas yetarli. Rivojlangan boʻlganingizda ham mayli edi, oʻzingiz axlatga botib yotibsiz, qoloqsiz va qolganlar rivorjlanishiga ham qoʻymaysiz, amerikaliklarning bunga nima dahli bor???? Nima boʻlsa ham siz boshqalarni ayblaysiz, ammo oʻz aybingizni tan olmaysiz. Hammadan ortda qolishda davom etasiz, va buni oʻlib qolsangiz ham oʻzgartira olmaysiz, shu sababdan hama hamma sizdan nafratlanadi!!!! Shu sababdan ham Boltiqboʻyi davlatlari, sharqiy Yevropa, Gruziya sizdan ajrab chiqdi. Ukraina ham ajrab chiqish niyatida edi, ammo unga vaqt yetmadi. Siz bilan faqat ich-ichidan chirigan, korrupsiyaga botgan, qoloq Afrika va Osiyo davlatlari qoldi.

Javob berish

Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlarining ichki ishlariga aralashmasligi zarur... Rossiyaning O‘zbekistonga ta’siri juda kam, chinki uning 40 million aholisi ichida ruslar oz. Turkmanistonda ham shunday holat, shu sababli ham ular Rossiyaga yon bosmaydi...

Javob berish

Ko‘proq G‘arb dezinformatsiyasini o‘qing, ularga laganbardorlik qiling, shunda sizlarning bayroqlaringiz ham ularnikiga o‘xshab rang-barang bo‘lib qoladi, xuddi orzuingizdagidek! Dunyoqarashingizni kengaytirsangizchi! Rossiya Osiyoga o‘zi kelgani yo‘q, uni sizlarning ajdodlaringiz chaqirishgan. Tarixni chuqurroq o‘rganing. Muammoni o‘zingizdan izlang, Rossiyadan emas!

Javob berish

Oʻz hayotimizni yaxshilay olmayotgan ekanmiz, boshqalarga qanday yashashni oʻrgatmaganimiz maʼquldir?

Javob berish

Bu rusofob maqola. Muallif AQSH va Angliya tarixini o‘rgansa yaxshi bo‘lardi. Aslida shularning o‘zi agressor. Rossiya deyarli o‘rta asrlarda qolib ketgan Markaziy Osiyoni sanoat, sog‘liqni-saqlash va ta’lim tizimlari mavjud zamonaviy mamlakatlarga aylantirdi. SSSR Rossiyadan ko‘ra mana shu respublikalarga ko‘proq mablag‘ ajratdi. Tarix qo‘shib olingan davlatlarga nisbatan bunday munosabatni ko‘rmagan. Hech bo‘lmasa AQSHning Liviya, Afg‘oniston va hokazo davlatlarga kelganliklari natijasini ko‘ring.

Javob berish

Rossiya emas, SSSR

Javob berish

SSSR davlatlari rivojlanishiga kommunistlar hissa qo‘shgan, oz bo‘lsada tenglik berishgan, qurilishlar olib borisgan va fanni ko‘tarishgan. Hozir davlatni o‘marayotgan va bo‘shqalarga ko‘z tikayotganlarni nima deb atash mumkin?
Qo‘lga olib keyin qo‘yib yubirilayotgan o‘g‘rilar o‘zimizda ham yetarli. Siga dushman emasmiz, ammo siz ham qolganlarning fikri bilan hisoblashingiz kerak. Har bir suveren mamlakat o‘z siyosatiga ega bo‘lishga haqli, ammo boshqalarga kim bilan do‘st bo‘lishni buyurishga haqqi yo‘q.

Javob berish

Bularni bari haqiqat, mening yoshim 66 da, hammasini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganman. Ruslar bizga faqat rus tilida so‘zlashimiz kerakligini aytishardi, (agar rus tilida gapira olmasak) avtobusdan tushirib yuborishardi, bu haddan oshishku

Javob berish

Bo‘lmag‘ur gaplarni yozibsiz. Qozog‘iston va Rossiya do‘st mamlakatlar. Bizni urishtirib qo‘ymoqchimisiz. Qo‘lingizdan kelmaydi.

Javob berish

Jonga tegdi! AQSH uzun burnini har doim hamma yerga suqaveradi. Amerikada yashaysizmi, Xudo xayringizni bersin, o‘sha yerda yashayvering, sizni hech kim bezovta qilmaydi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston bilan ishingiz bo‘lmasin. Iflos siyosatingizni to‘xtating.

Javob berish

Yo‘qolib ketmaysizlarmi... Kimnidir orqasiga yopishib olib, parazit bo‘lib yashashni bilasiz, xolos. Xitoy bilan tinch yashang, u yerda sizga barcha narsani berishadi, diktaturani, qat’iy rejim, ommaviy o‘qqa tutishlar va ertalab, kunduzi va kechki ovqatga chigirtkani ham. Siz osiyolik sotqinlarni Rossiya sudrab yurishga zor emas.

Javob berish

Bu isqirt veb-sahifa, aftidan MARKAZIY OSIYOLIKLAR emas, balki UKRAINALIK BANDERACHILAR tomonidan boshqariladi, ularning QONLI PANJALARI ANIQ ko‘rinib turibdi.

Javob berish

Axlat ummonida kilometrga choʻkib ketgan Kreml trollariga yoqmasa kirishmasin. Rashist-putinistlardan qonxoʻr va yolgʻonchi odam boʻlmasa kerak. Banderachilar esa Rossiya targʻiboti tufayli manqurtga aylanganlarning nosogʻlom tasavvuridagina mavjud.

Javob berish

To‘g‘ri! Barakalla!

Javob berish

Bu nima bema’nilik, biz Markaziy Osiyo davlatlari asrlar davomida zulm ostida yashaganmiz. Rossiyada yuz bergan inqilob sababli o‘z davlatchiligimizga erishdik, SSSR tarkibida Markaziy Osiyo respublikalari tashkil etildi, eskirgan uylar o‘rnida minglab yangi uylar qurildi. Shu orqali Rossiya ushbu respublikalarning davlatchiligiga asos soldi. Rossiya buyuk davlat va Yevroosiyodagi eng katta mamlakat. Shu sababli u dominant bo‘ladi va to‘g‘ri qiladi ham. O‘rta Osiyoda kimlar bo‘lishi kerak? Anglosakslarmi? Bu yerdagilarning deyarli hammasi Rossiyada ishlaydi, uyiga pul yuboradi. Amerikaliklar bizga nima bera oladi? Demokratiya bayrog‘i ostidagi jin urgur “rangli inqilob”nimi? Bo‘lib tashla va hukmronlik qil. Bizga shu kerakmi? Bizni o‘z holimizga qo‘ying. Nima bo‘lganda ham, Rossiya bizga yordam berdi va kelajakda ham shunday qilishda davom etadi. Xo‘sh, Rossiyadan voz kechdik ham deylik. Keyin nima bo‘ladi? Rossiya o‘z hududidan hamma migrantlarni chiqarib yuboradirmi? Biz qayerdan ish topamiz: Xitoy, Hindiston, Pokiston yoki Afg‘onistondami? Mana sizlarga qisqa va lo‘nda javob.

Javob berish

Tarixni yaxshiroq o‘rganing. Rossiya Osiyoga boshqa yerlarga kelgani kabi, mustamlakachi sifatida kelgan. Ularni hech kim taklif qilmagan. Rossiyani o‘lchami sabab “buyuk” deb atash mumkindir, ammo mitti Singapur, Lyuksemburg yoki Qatar buyuk deb atalishga loyiqroqdir. Siz aytmoqchi, qachonlardir anglo-sakslar bo‘lgan davlatlar ancha yaxshi hayot kechirmoqda. Ular Kremlning achinarli o‘yinchoqlari emas, balki o‘z manfaatlari bilan yashamoqdalar. Moldovadan Tojikistongacha Rossiya manfaatlari ostidagi mamlakatlar qit’adagi eng kambag‘al davlatlardir. Putinning Rossiyasi hech kimga yordam bermaydi, faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Masalan, Qirg‘izistonda Qambarota gidroelektrostansiyasini qurishdan maqsad, O‘zbekistonga bosim o‘tkazish edi. Bunga ehtiyoj qolmagan zahoti, Rossiya elektrostansiyani qurishga yordam berishdan bosh tortdi. Faqat qog‘ozda mavjud bo‘lgan Bojxona Ittifoqi esa Rossiyaning kichik oligarxlari guruhi uchungina yaratilgan. Rossiyada migrantlar sariq chaqa uchun huquqsiz qullardek mehnat qilishadi, o‘zingiz bilasiz, mahalliy xalq ulardan nafratlanadi. Istalgan rivojlangan mamlakatda ular ko‘proq pul topgan va huquqlari ham ta’minlanganroq bo‘lar edi.

Rossiyaning har kimga va har narsaga nisbatan munosabatini aniq ko‘rsatuvchi bir nechta iboralar.

“Bo‘yningizgacha axlatga botgan holingizda, qolganlarni ham uni ichiga tortib ketish – Buyuk Rus orzusi. Mana shu Rusizmdir”.

Shamil Basayev [Chechen harbiy qo‘mondoni]

“Bizning tarixiy vazifamiz – o‘zimiz yax

Javob berish

Rossiya bo‘lmasa biz tamom bo‘lamizmi? Unday emas, hayotimiz ularga bog‘liq emas, balki u Allohning qo‘lida, shu sababli bir nima deyishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

Javob berish

Ertaga Putin yana bir bor saylanadigan kun. Rutiniya xalqini eng omadli tanlov bilan tabriklaymiz, uning Rahbariga esa yagona munosib maqsadiga erishish yo‘lidagi bosqinchilik faoliyatida omad tilab qolamiz.

Javob berish

Aleksandr Pushkin aytganidek, “Boqamiz hammamiz napoleoncha,
Millionlab qo‘sh oyoq maxluqlar barcha” (“Yevgeniy Onegin”dan). “Vladimir” qadimgi Rusiyada eng ko‘p tarqalgan ism edi: “Владей Миром” - “Dunyoga hokim bo‘l”. Biroq, bu maqsadga hammadan ham yaqinroq kelgan Iosif (Dolgorukiy) bo‘ldi.

Javob berish

Buerda rossiyaparastlarar rosa qo`nim topganga o`hshaydi. Sizlar uchun sssr ning 3 so`mlik kolbasasi va yilda bir marotaba sanatoriyga berilgan profsoyuz yo`llanmasi millionlab ajdodlarimizni Rusiya tomonidan kolonizatsiya va kolletivizsiya davrida qurbon bo`lganlaridan,Orol fojeasidan,Dinimiz va Madaniyatimiz poymol b`olganidan ustun. Manqurtlar uchun Vatan tushunchasi yot narsa. Qorni to`ysa bo`ldi. Mahatma Gandining mashhur iborasi aynan shunaqalar haqqida:" Kolonizatorlar tomonidan yetishtirilgan elita-xalqning eng katta dushmanidir." Trollar bir siyqasi chiqqan gapga yopishib olgan..Nima emish..amerikaliklarni 3 tangasiga sotilganlar haqqida ko`p javrab tuhmat qilishadii.Lekin o`zlari FSB ni topshirig`i bo`yicha ig`volar tarqatishini berkitishadi. Ayniqsa "Vesti.uz" saytini shunaqalar makon qilib olishgan.

Javob berish

Bu javob O‘zbekiston va sobiq postsovet hududlarida yashovchi jaydari imperialistlarga. Bu yerda 2-3 avlod almashgan muddat yashab (asosiy rusiyzabon aholi bu yerlarda 1941 va 1966-yillardan keyin paydo bo‘lgan), qabul qilgan, boshpana bilan ta’minlab, ta’lim bergan xalqning tilini bilmaslik va bundan faxrlanish – o‘taketgan johillikdir. Aynan mana shunday qatlamdan “ixtamnet” deganlar paydo bo‘ladi (ixhtamnet (ruscha "их там нет") - “u yerda yo‘qlar". Bu so‘zlar asosan Ukrainada Rossiya harbiylari yo‘qligini iddao qilishda ishlatiladi. Keyinchalik bu jumla Rossiya armiyasiga nisbatan hazilomuz tarzda qo‘llaniladigan bo‘ldi, bu bilan Ukraina va Suriyada joylashtirilgan askar va jangchilar nazarda tutilgan). Ammo, Allohga shukrki, bu yer Ukraina emas va demografiya o‘z ishini qilmoqda. Bu yerlarda qachonlardir Iskandar, arablar, mo‘gullarning askarlari bo‘lgan. Qayerda hozir ular? Ular hammasi assimilyatsiya bo‘lib ketgan. Pribaltlardan farqli o‘laroq, Markaziy Osiyoliklar mehmondo‘st va muloyim. Biz o‘tmishdagi xafaliklarlarni, kolonizatsiya va kollektivlashtirish davrida hududlarda halok bo‘lgan millionlab qurbonlarni, “buyuk” davlat tiklay olmagan Orol dengizi fojeasi, bizning yerosti va yerusti boyliklarimizdan qurollanish musobaqasida foydalanganliklarini va yana ko‘p narsalarni tez unutamiz. Biz uchun barpo qilib berilgan shaharlaru, zavod va fabrikalar, infratuzilma haqida menga gapirmang. Yuqorida aytib o‘tilganlarning o‘rnini bosa oladimi ular?! Bundan tashqari, biznin

Javob berish

Juda chalkash maqola

Javob berish

Tarixdan xabardor har bir inson, Rossiya paydo bo‘lganidan beri boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashish, bevosita tajovuz va egallab olish bilan mashg‘ul bo‘lganini yaxshi biladi. Va bu paradigma zinhor o‘zgarmaydi. Rossiya hanuzgacha XIX asr prinsiplari asosida yashamoqda.

Javob berish

Rossiya – yovuzlik manbai.

Javob berish

Kuba qalay? Xalq “Pachanga”ga raqs tushyaptimi?…

Javob berish

Rossiya bilan umumiy taraflarimiz ko‘p. Rus dunyosi biz uchun boshqa olamga darchadir. Rus dunyosining yomonidan ko‘ra, yaxshi taraflari ko‘p. Rus xalqining Qirg‘iziston taraqqiyotidagi rolini inkor etib bo‘lmaydi. Shaxsan men rus dunyosining o‘rnida Amerika yoki Xitoy dunyosini tasavvur qila olmayman. Zamonaviy chaqiriqlar ruslarni Markaziy Osiyo mamlakatlarida faol bo‘lishga undamoqda. Bunday faollikni “ruslarning dushmanlari” boshqalarning ishiga aralashish deb hisoblamoqdalar. Rus dunyosi biz uchun yaqinroq va tushunarliroq. Soxta millatparvarlar buni tushunmaydilar.

Javob berish

Bularning bari achinarli. Diniy va etnik belgilariga ko‘ra, odamlarni bir-biriga qarshi qilib qo‘yishyapti. Qudrat egalari, oligarxlar, elita, kattakonlar bir-biri bilan inoq, Brejnevga o‘xshab og‘iz-burun o‘pishadilar, kerak bo‘lsa, bir-birlarini yashiradilar ham. Qadimda kimdir aytganidek, ajrat va hukmronlik qil. Bu kalamushlarning ahmoqligi sababli dunyoda qancha odam nobud bo‘ldi.

Javob berish

Shaytoniy Amerikaning nimasi yaxshi? G‘arbda hech qanday muqaddas yoki insoniy narsalar qolmadi. Hammasini pul hal qiladi. LGBT va shunga o‘xshagan jirkanchliklar. Bir so‘z bilan aytganda, ularning “demokratiyasi” biz uchun o‘lim bilan barobar!

Javob berish

Gender tengligi, xalq birligi (deyarli monolit). Qora tanlilar general bo‘lib yuribdi, lotin amerikaliklar flotlarga qo‘mondon. Hindlar esa o‘z hayot tarzini xohishiga ko‘ra tanlaydi.

Javob berish

Eljas, kechirasiz, mening ismim “ь” harfi bilan yoziladi, ya‘ni, “El‘dar” deb yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Siz qayerdansiz?

Javob berish

Nimaga Rossiya sizga nimadir berishi kerak ekan, aqldan ozmadingizmi? Yo‘q, haddingizdan oshyapsiz. Siz doim nimanidir olib turishingiz kerak, beminnat do‘st bo‘la olmaysizmi? Qancha uzoq yashasam, shuncha ko‘p ko‘ryapman: “Bizga hech do‘st bo‘lmaysiz!” Dos‘tligingiz yolg‘on, siz bilanmi yoki sizsizmi, Rossiyaga farqi bo‘lmaydi. Sizlarga qolsa, Rossiya bo‘lmasa, amerikoslar do‘st bo‘ladi, ular muvaffaqiyatli. Olg‘a, ular bilan ko‘priklar barpo eting. Sanksiya qo‘yilgan Rossiyadan ko‘ra, ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lish hurmatga loyiq.

Javob berish

Rashka kakashka, uzoqlarga daf bo‘l!

Javob berish

“Sizni nima quvmoqda?” “Taqdirmi yoki mahrumlik?” “Yashirin hasadmi yo ochiq nafrat?” yoki qulning “zaharli bo‘htoni” (muallif Mixail Lermontovning klassik “Bulutlar” she’rini ozroq o‘zgartirish bilan yozgan)

Javob berish

Bas qil, Katsap. [Katsap – ukrainlar ruslarni yerga urish uchun qo‘llaydigan haqoratli so‘z]

Javob berish