https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/02/28/feature-01
Rossiyaning Suriya hududi boʻylab yurishlari aholi tomonidan sovuq qarshi olinmoqda
| Ommaviy axborot vositalari

Qirg‘iz jurnalistlari diniy ekstremizmni qay tarzda yoritishni o‘rganmoqdalar

Asker Sultanov

image

23 nafar qirg‘izistonlik jurnalist ekstremizm va toqatsizlikni yoritish bo‘yicha uch kunlik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdilar, Bishkek, 27-fevral, 2018-yil. (Asker Sultanov)

BISHKEK – Qirg‘izistonning turli burchaklaridan Bishkek shahriga kelgan yigirma uch nafar jurnalist dushanbadan chorshanbaga qadar (26-28-fevral kunlari) “Ommaviy axborot vositalarida ekstremistik tashviqot va nafratga qarshi kurash bo‘yicha mavzusida o‘z mahoratlarini oshirdilar.

Markaziy Osiyoda tinchlikparvarlik va mediatexnologiyalar maktabi Qirg‘izistondagi AQSH elchixonasi huzuridagi Demokratiya komissiyasi ko‘magida ushbu treningni tashkil etdi.

“O‘quv dasturi zamonaviy muammolar va jurnalistlarning joriy ehtiyojlariga asoslangan”, deyiladi 24-yanvar kuni maktab veb-sahifasida joylashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlariga ariza topshirish taklifnomasida.

Dastur jurnalistlarga “ekstremizm, terrorizm va shu kabi masalalarni” yoritish usullari va vositalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan, deyiladi bayonotda. Shuningdek, trening tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislar tomonidan o‘tkazilishi qo‘shimcha qilingan.

Yoritilgan mavzular qatorida, nafratni ifodalash OAV va internera qanday qilib radikal mavzularning tarqalishiga sabab bo‘lishi, jurnalistlar va internet foydalanuvchilarning qanday xatolari ekstremizm targ‘ibotiga olib kelishi, xatarli va qonunga xilof kontent ekstremizmni tarqatishda qanday farqlanishi, jurnalist etikasini amalda qanday qo‘llash va tuhmat haqidagi qonunga rioya qilish kabilar joy oldi, deyiladi bayonotda.

Seminar chog‘ida ishtirokchilar ekstremizmni yoritish uchun talab etiladigan professional ko‘nikmaga ega bo‘lishga katta qiziqish bildirdilar, deydi Markaziy Osiyoda tinchlikparvarlik va mediatexnologiyalar maktabi koordinatori Sergey Naumov Karvonsaroy nashriga.

“Menga ma’lumotlarning qay tarzda taqdim etilgani ma’qul bo‘ldi”, deydi “Fuqarolik platformasi” nodavlat tashkilotining xodimasi, Bishkeklik Kseniya Kochetkova Karvonsaroy nashriga.

“Murabbiylarimiz o‘z ishining ustalari edi, ular bizga faoliyatimiz jarayonida foydalanishimiz mumkin bo‘lgan narsalarni o‘rgatdilar. Diniy ekstremizm mavzusini yoritishda aniq voqealardan misollar keltirdilar. Guruhlarda o‘tilgan amaliy mashg‘ulotlar ham foydali bo‘ldi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?
17
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha

Bular “yaxshi niyatlilarning” aksi, ekstremizmga qarshi kurash bahonasida, jurnalistlarimizga o‘zlari aytgan narsaning butunlay teskarisini gapirishni o‘rgatadilar, jamiyatga zararli bo‘lgan ma’lumotni tarqatishga majbur qiladilar.

Javob berish