Karvonsaroy
Terrorizm

O‘zbekistonliklar ektremizmni Markaziy Osiyo uchun eng katta xavf deb hisoblaydi

Maksim Yeniseyev

Ekstremistlar olgan videoda Suriyadagi notanish o‘zbek jangarisi O‘zbekiston va Qirg‘izistonni dunyoviy hukumatdan “ozod” qilishga so‘z bergan. Ushbu video O‘zbekiston televideniyesida 14-fevral kuni namoyish qilindi.

Ekstremistlar olgan videoda Suriyadagi notanish o‘zbek jangarisi O‘zbekiston va Qirg‘izistonni dunyoviy hukumatdan “ozod” qilishga so‘z bergan. Ushbu video O‘zbekiston televideniyesida 14-fevral kuni namoyish qilindi.

TOSHKENT – Ko‘pchilik o‘zbekistonliklar terrorizm va ekstremizmni Markaziy Osiyo uchun eng jiddiy tahdid deb biladil. “Ijtimoiy Fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan tadqiqot shundan dalolat bermoqda.

19-fevral kuni e’lon qilingan so‘rovnoma natijalari O‘zbekistonning turli burchaklaridan bo‘lgan 1100 ishtirokchining 70 foizi ekstremizmni mintaqaviy xavfsizlikka jiddiy tahdid deb hisoblashini aytgan.

Shunga qaramay, so‘rovnoma ishtirokchilarli terrorchilar O‘zbekistonda o‘z maqsadiga erisha olmasligiga amin ekanliklarini aytganlar.

“Albatta, terrorizm muammosi odamlarni tashvishga soladi”, deydi toshkentlik siyosiy tahlilchi Umid Asatullayev Karvonsaroy nashriga.

Samarqand viloyati, Ishtixon tumanidan bo‘lgan 26 yoshli Sherzod Jo‘rayev Suriyada Abu Saloh qo‘mondonligi ostida Islom Davlati tarafdori bo‘lgan “Jamoat-al Tavhid val-Jihod” ekstremistik guruhi safida jang qilgan. U asli qirg‘izistonlik, deyiladi 14-fevral kuni o‘zbek televideniyesida namoyish etilgan ko‘rsatuvda. Suratda u sobiq qo‘mondoni bilan qo‘lga olinganligi tasvirlangan.

Samarqand viloyati, Ishtixon tumanidan bo‘lgan 26 yoshli Sherzod Jo‘rayev Suriyada Abu Saloh qo‘mondonligi ostida Islom Davlati tarafdori bo‘lgan “Jamoat-al Tavhid val-Jihod” ekstremistik guruhi safida jang qilgan. U asli qirg‘izistonlik, deyiladi 14-fevral kuni o‘zbek televideniyesida namoyish etilgan ko‘rsatuvda. Suratda u sobiq qo‘mondoni bilan qo‘lga olinganligi tasvirlangan.

“O‘zbekistonda so‘nggi terrorchilik hujumi bundan 14 yil avval sodir etilgan qaramay, shunday fikr mavjud”, deydi u. “Hamma Suriyadagi urush va unda O‘zbekistonlik fuqarolar qatnashayotgani haqida eshitadi.”

Ekstremistik tashviqotga qarshi kurash

So‘rov ishtirokchilarining 31 foizi diniy ma’lumotlar buzib ko‘rsatilgan ekstremistik veb-saytlar yoshlar uchun eng katta xavf bo‘lib qolayotganini bildirgan.

Shu bilan birga, ishtirokchilarning 78,5 foizi Islomning ayrim talablarinigina bilishi va bu borada o‘z bilimlarini yetarli emas deb hisoblashini tan olgan.

“Zamonamiz yoshlari juda shiddatli hayot kechirmoqda”, deydi toshkentlik 23 yashar Abdurahmon Hakimov Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Masjidga borishga, Qur’onni o‘rganishga hech kimning vaqti yo‘q. Ammo, ijtimoiy tarmoqlarda jonli videolar ko‘rishga hamma vaqt topadi. Bunda yolg‘on ma’lumot taqvodor pand-nasihat niqobi ostida bo‘ladi”, dedi u.

So‘rovga ko‘ra, aksar o‘zbekistonliklar terrorizm va ekstremizmga qarshi muvaffaqiyatli kurashda davlat xalqaro hamkorlikni kuchaytirishi kerakligiga ishonadilar.

Ishtirokchilar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Amerika Qo‘shma Shtatlarini ehtimoliy strategik sheriklar qatorida tilga olganlar.

Terrorizmga qarshi kuchli siyosat zarur

Respondentlarning ko‘pchiligi 24-yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2018-yil uchun Davlat dasturi doirasidagi Ekstremizmga qarshi kurash chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlaydilar.

Jumladan, ushbu choralar ekstremistlarning soxta chaqiriqlariga qarshi O‘zbekistonning an’anaviy islomiy madaniyatini rivojlantirish va targ‘ib qilishni o‘z ichiga oladi.

14-fevral kuni Mirziyoyev mamlakat bo‘ylab jinoyatchilikka qarshi kurashning yangi tizimini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Tashabbusning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekstremizmning sabablarini erta aniqlash va ularni “jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili asosida bartaraf etishdir.

“Toshkent shahri tumanlarida faxriylar, faollar, sportchilar va madaniyat arboblaridan iborat jamoat kengashlarini tuzish rejalashtirilgan”, deydi toshkentlik militsiya xodimi Komil Voxidov Karvonsaroy nashriga.

“Ular muammoli oilalar bilan ishlaydi”, deb qo‘shimcha qildi u. “Shu tariqa ekstremistik jinoyatlarga yetaklovchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlab olamiz va ekstremistlar ta’siriga tushib qolganlar shu tarzda to‘g‘ri yo‘lga qaytadilar.”

Sobiq ekstremistlarni reabilitatsiya qilish O‘zbekistonning tahdidga qarshi kurash siyosatining muhim qismi hisoblanadi.

Regnum.ru nashri xabariga ko‘ra, 2017-yilda hukumat 18 000 nafar O‘zbekiston fuqarosini ekstremistlarning qora ro‘yxatidan chiqardi, deb ma’lum qilgandi 19-fevral kuni mamlakat ichki ishlar vaziri Pulat Bobojonov.

Ushbu qadam hukumatning ekstremistlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarining bir qismi bo‘lib, ularni norozi va yakkalab qo‘yishdan ko‘ra, osuda hayotga qaytarish chorasidir, deb xabar bergandi avvalroq Karvonsaroy nashri.

Aybini tan olgan o‘zbekistonlik jangari Suriyada urushganidan afsusda

O‘zbekistonliklarning aksariyati ekstremizmni darhol payqasa-da, ba’zilar haqiqatni u bilan yuzma-yuz to‘qnashganidan keyin tushunadi.

14-fevral kuni “Ozbekiston” davlat telekanali Suriyada Islom Davlati tarafdori bo‘lgan “Jamoat-al Tavhid val Jihod” nomli ekstremistik guruhi safida jang qilgan, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidan bo‘lgan 26 yoshli Sherzod Jo‘rayev haqidagi ko‘rsatuvni efirga uzatdi.

Jo‘rayev asli Qirg‘izistonlik jangari qo‘mondon Abu Saloh qo‘li ostida jangovar tayyorgarlikdan o‘tib, 2016-yilda Suriyaning Latakiya va Hamada, va ehtimol Idlib viloyatining Maraat al-Numan shahrida ham jang qilgan.

Ukraina Jo‘rayevni O‘zbekistonga yuborgan, ekstraditsiya sanasi ma’lum emas. O‘zbekistonda uning ustidan tergov ishlari olib borilmoqda.

“U yerda nima bo‘layotganini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim”, dedi Jo‘rayev “O‘zbekiston-24” dasturida. “U yerda musulmonlar bir-birini o‘ldiryapti… Men qilgan ishlarimdan juda afsusdaman va xalqimdan kechirim so‘rayman.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500