Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

“Sputnik” Afg‘onistonda yolg‘on va bezovtalik urug‘ini sochmoqda

Ziar

Afg‘onistonlik rasmiylar va kuzatuvchilarga ko‘ra, Rossiyaning “Sputnik” nashri uchun jurnalistik axloq va vijdoniylik tushunchalari mavjud emas. [Sputnik/Aleksey Filippov]

Afg‘onistonlik rasmiylar va kuzatuvchilarga ko‘ra, Rossiyaning “Sputnik” nashri uchun jurnalistik axloq va vijdoniylik tushunchalari mavjud emas. [Sputnik/Aleksey Filippov]

KOBUL – Afg‘onistondagi rasmiylar va OAV kuzatuvchilari bir qator ommaviy nashrlar, ayniqsa, Rossiyaning “Sputnik” yangiliklar sayti mamlakatda bezovtalik keltirib chiqarish maqsadida yolg‘on va bo‘rttirilgan ma’lumotlarni chop etayotganidan xavotir bildirmoqda.

“Sputnik tomonidan chop etilgan maqolalarning aksariyati haqiqatdan yiroq va mubolag‘a bilan to‘lgan”, dedi Afg‘oniston Axborot va madaniyat vazirligi matbuot kotibi Muhammad Saber Momand.

“Bunday ommaviy axborot vositasi faoliyati faqat bir natijaga olib keladi, u ham bo‘lsa –jamoatchilik fikrida chalkashlik keltirib chiqarish”, dedi u Salaam Times nashriga.

Sputnik arab o‘quvchilari uchun dari tilida materiallar chop etadi. Shuningdek, “Rossiya ovozi” nomli qisqa to‘lqinli radiostansiya ham Rossiyaga qarashli; unda bir necha tilda, jumladan, pushtu va dari tillaridagi eshittirishlar ham efirga uzatiladi.

19-fevral kuni Sputnik veb-saytidan olingan skrinshotda “Ruhning bemor tanasini tark etishi” sarlavhali maqola ko‘rsatilgan. Bu kabi tuzoq-maqolalar hech narsadan xabari yo‘q o‘quvchilarni jalb qilishga mo‘ljallangan, deydi skeptiklar. [Fayl]

19-fevral kuni Sputnik veb-saytidan olingan skrinshotda “Ruhning bemor tanasini tark etishi” sarlavhali maqola ko‘rsatilgan. Bu kabi tuzoq-maqolalar hech narsadan xabari yo‘q o‘quvchilarni jalb qilishga mo‘ljallangan, deydi skeptiklar. [Fayl]

“Baxtimizga, Afg‘onistondagi erkin fikrlovchi yoshlar avlodi bunday ommaviy axborot vositalarining ish uslubidan yaxshi xabardor”, dedi Momand. “Bugungi kunda, biror hodisa yuz beradigan bo‘lsa, odamlar voqealar rivojini bir nechta axborot vositalari orqali kuzatishga o‘rgangan.”

“Yangiliklar bir vaqtning o‘zida bir necha manba orqali kuzatiladigan bo‘lsa, ko‘proq aniqlikka ega axborot vositalarini boshqalaridan ajratib olish qiyin emas”, dedi u.

“Axborot va madaniyat vazirligi bu kabi ommaviy axborot vositalarining xavfi haqida ommani xabardor qilishni rejalashtirmoqda”, dedi u. “Bunday siyosat natijasida Sputnik kabi nashrlar Afg‘onistondagi auditoriyasini yo‘qotishi mumkin.”

Afg‘onlar Rossiyaning mish-mish tarqatishiga qarshi chiqmoqdalar

“Sputnik kabi axborot vositalari, yangiliklarni taqdim etishda aniqlik va to‘g‘rilik kabi jurnalistikaning asosiy tamoyillariga amal qilmaydi”, dedi Afg'onistonda erkin matbuotni targ‘ib qiluvchi “NAI” notijorat tashkilotining ijrochi direktori Abdul Muijb Xalvatgar.

“Yaxshiyamki, ig‘vo tarqatuvchi bu kabi axborot vositalari kam va ularning deyarli hammasi onlayn”, dedi u Salaam Times nashriga.

“Sputnik Rossiya hukumatining yolg‘on va noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishga oid agressiv kampaniyasi doirasida tashkil etilgan, deydi Xalvatgar. “Ammo, jurnalistikada bunday hatti-harakatlarga o‘rin yo‘q.”

“Mazkur nashr o‘z siyosatiga asoslanib, jurnalistika tamoyillariga roiya qilgan holda ma’lumot tarqatmaydi”, dedi u. “Boshqa so‘z bilan aytganda... u asosan mish-mish tarqatadi.”

Xalvatgarning so‘zlariga ko‘ra, afg‘onlar mish-mishlar tarqalishiga qarshi kurasha oladilar.

“Afg‘onlar vaziyatni aniq va haqqoniy ko‘ra oladilar”, dedi u. “Sputnik”ning asosan shaharlarda yashovchi auditoriyasi, bo‘rttirilgan ma’lumotlarni tarqatuvchi va haqiqatni taqdim etuvchi axborot vositalarini farqlay oladi.”

“Afg‘oniston hukumati, OAV, oliygohlar o‘qituvchilari va faollar jamoatchilikka, jumladan “Sputnik” auditoriyasi deb hisoblanadigan qatlamga axborot taqdim etilishiga mas’uldir”, dedi Xalvatgar. “Ommaning xabardorligi jamoaviy fikrlashda anarxizm vujudga kelishini bartaraf etishi mumkin.”

Kobulda istiqomat qiluvchi 24 yoshli afg‘on jurnalisti Mojtaba Akramiy ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarga yangiliklar joylash bilan o‘tkazadi. U “jurnalistika asoslariga zid keluvchi” juda ko‘p axborot saytlariga duch kelishini aytadi.

“Sputnik – mish-mish tarqatuvchi sayt, afg‘on yoshlari unga zinhor ishonmaydi”, dedi u Salaam Times nashriga.

Sputnik “bezovtalik” keltirib chiqarmoqchi

Volesi Jirg‘ada (parlament quyi palatasi) Kobul vakili bo‘lgan deputat Farhod Siddiqiy Sputnik va boshqa insofsiz nashrlarning hatti-harakatlarini qoralaydi.

“Sputnik … doim yolg‘onga asoslangan maqolalar chiqaradi”, dedi u Salaam Times nashriga. “Bu veb-sayt Rossiya homiyligi ostida mish-mish va uydirmalar tarqatish hamda shu yo‘l bilan vahima keltirib chiqarishga xizmat qiladi”.

“Men xalq vakili sifatida Rossiyaning “Sputnik” nashrini qoralayman”, dedi u. “Afg‘on hukumati diplomatik kanallar orqali ishlashni bas qilishi va Afg‘oniston ichida xorijiy OAV faoliyatini tartibga soluvchi aniq strategiyani ishlab chiqishi kerak”.

“Jurnalistikaning fundamental asoslariga zid holda ish yurituvchi har qanday OAV tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim”, deydi Meshrano Jirg‘a (parlament yuqori palatasi) a’zosi, Helmand viloyati vakili Muhammad Hoshim Alokozay Salaam Times nashriga.

“OAV sohasida xolislik prinsipi standart hisoblanadi”, dedi u. “Shunday bo‘lsa-da, Sputnik ma’lumotlarni buzib ko‘rsatayotgani haqida jamoatchilikni xabardor etish lozim. Ular bunga ishonmasliklari kerak. Shaxsan men ma’lumot olish uchun bu saytdan foydalanmayman”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yozgan maqolalaringizni o‘zingiz o‘qiysizmi? Bular millatlararo adovatni qo‘zg‘ash uchun yozilgani shundoq ko‘rinib turibdi-ku. Muallif uslubi so‘zga boy emas. Oddiygina “xaos” so‘zi bir necha marotaba ishlatilgan. Sinonim degan narsalar bor, bu shunchaki, keyingi yozadigan maqolangiz uchun maslahat…

Javob berish

@Анара. Gap qancha qaytarilmasin, agar to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa jurnalistika qoidalarini buzmaydi. Djorj Ourvel yozishda oddiy til va ortiqcha sinonim va evfemizdlardan foydalanmaslikni takidlagan. Qanday tilda yozayotganiz qallobligingizdan darak beradi.

Javob berish

Millatlararo nizo;

Soʻz boyligingiz kam boʻlgani sabab etnik millatlararo qoʻzgʻayapsiz deb hisoblasak toʻgʻri boʻladimi? Aslo. Etnik nizo “soʻz boyligi yetishmasligiga” qaraganda boshqa mavjudot.

Soʻz boyligini oshirishni xohlasangiz, yaxshi kitob oʻqing. Muloqotni yaxshilashni xohlasangiz, sizga tanqidiy fikrlash va hamdardlik kerak boʻladi.

Bor-yoʻgʻi shu.

Hurmat bilan,

~ Shahzoda Edvard

Javob berish