OSTONA – Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev payshanba, 15-mart kuni qariyb on yil ichida ilk marotaba umumiy muzokara o‘tkazdilar.
Markaziy Osyiyo rahbarlari to‘qqiz yilda birinchi marotaba mintaqaviy muammolar hal etish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, logistika va infratuzilmani yaxshilash hamda boshqa hamkorlikning boshqa sohalari muhokamasi uchun yig‘ildilar, deb xabar beradi Kazinform.kz nashri.
“Ichki muammolarni hal qilish bo‘yicha muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston prezidentiga tegishli. Yuzaga kelayotgan muammolarni birgalikda hal qila olamiz”, dedi Nazarboyev yig‘ilish mobaynida.
“Barcha muammolarga o‘zimiz yechim topishimiz kerak va xalq uchun farovonlikni taminlashimiz kerak. Shu sababli uchrashmoqdamiz”, dedi u.
Ostona uchrashuvi “faqat boshlanishi”
Mamlakatlar rahbarlari jadallashayotgan mintaqaviy hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida yangi chegara punktlarining ochilishi, pasport tartibining yengillashuvi, yangi yo‘llar va ko‘priklarning ochilishiga, transport aloqalarining yaxshilanishiga olib kelganini e’tirof etdilar.
“Biz yangi aviareyslar va tezyurar poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘ymoqdamiz, biznes forumlar uyushtiryapmiz, qo‘shma savdo uylari va yangi zavodlar barpo etyapmiz va savdo cheklovlarini olib tashlayapmiz”, dedi Nazarboyev.
U o‘z hamkasblarining o‘tgan yili “uzoq muddatli masalalar va muammolarni hal etish” yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va 15-mart sammiti “faqat boshlanishi” ekanligini ta’kidladi.
Prezidentlar Orol dengizini tiklash va Afg‘oniston masalalarini muhokama qilish uchun yana uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqdalar.