Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya Suriya rejimining xunrezliklariga “sherik” bo‘lmoqda

Karvonsaroy va AFP

Suriyaning Sharqiy G‘uta hududidagi Hamuriya shahridan odamlar o‘z yuklarini olib o‘tmoqdalar, 2018-yil, 15-mart. 18-fevral kuni Rossiya qo‘llab-quvvatlagan Suriya va ittifoqchilar kuchlari Sharqiy G‘utada havo hujumini kuchaytirdilar, o‘tgan haftada esa Damashq yaqinidagi so‘nggi muxolifat qo‘rg‘onini qayta qo‘lga olish maqsadida yerdan ham hujum boshlangan. (Abdulmonam Eassa/AFP)

VASHINGTON – 16-mart, juma kuni Rossiya Sharqiy G‘utadagi fuqarolar yashovchi anklavlarni havodan o‘qqa tutishda davom etdi. AQSH va BMT rasmiylari Kremlni Damashq yaqinidagi muxolifatning so‘nggi qo‘rg‘onida tuzilgan otashkesim shartlarini buzganlikda ayblab, keskin tanqid qildi.

Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asad olib borayotgan vahshiyiliklarga “sherik” bo‘lmoqda, chunki u otashkesim shartlarini “qasddan” buzyapti, deb bayonot berdi Pentagon payshanba kuni.

Asosiy shahar qo‘lga kiritilganidan so‘ng, Suriya hukumati vayron bo‘lgan tumanni qaytarib olishga urinishi oldidan Sharqiy G‘utani minglab fuqarolar tark etgan.

Ruslar qasddan Asad rejimini cheklamaslik tarafdori bo‘ldilar”, dedi Pentagon vakili Dana Vayt jurnalistlarga. “Shu tariqa Sharqiy G‘utada qirg‘in hamon davom etmoqda. Rossiya Asadning vahshiyliklari uchun ma’nan javobgar va ularga sherikdir.”

Sharqiy G‘utadan ko‘chirilgan suriyalik fuqarolar 15-mart kuni Damashq yaqinida rejim nazoratida bo‘lgan koridordan o‘tishmoqda. BMTning yuqori martabali rasmiylari Rossiya va Suriya hukumatini “apokalipsis”ni yuzaga keltirishda aybladi (Louai Beshara/AFP)

Tasvirda 15-mart kuni saylov tadbirlarida qatnashayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin odamlar bilan hazil-huzul qilib turgani aks ettirilgan. Putin go‘yo uning hukumati qo‘llab-quvvatlagan Suriya rejimi begunoh insonlarga zarar yetkazayotganidan bexabardek. O‘tgan bir necha hafta ichida, Sharqiy G‘utada 1300 dan ortiq fuqaro qurbon bo‘ldi, ularning ko‘pchiligi zaharli gaz hujumlari sabab hayotdan ko‘z yumgan. (Kreml)

Sharqiy G‘utaning al-Qadam tumanidan ayollar va bolalar Idlib hududiga ko‘chirilmoqda. (Muhammad al-Beik fotosurati)

Sharqiy G‘utaning al-Qadam tumanidan ayollar va bolalar Idlib hududiga ko‘chirilmoqda. (Muhammad al-Beik fotosurati)

“Asad rejimi begunoh Suriya fuqarolarini o‘ldirishni bas qilishi hamda Sharqiy G‘uta va boshqa chekka hududlarga zarur bo‘lgan yordam aholiga yetib borishiga ijozat berishi kerak, biz Rossiyani bu borada Asad rejimiga bosim o‘tkazishga chaqiramiz”, dedi u. “Diplomatlarimizning ziddiyatlarni BMT ma’qullagan Jeneva jarayoni orqali hal qilishdagi sa’y harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz.”

O‘tgan oy BMT Xavfsizlik kengashining 15 a’zosi bir ovozdan bir oylik otashkesimni talab qiluvchi qarorni qabul qildi. Ammo u e’tiborga olinmadi.

Rossiya qo‘llab-quvvatlagan Suriya armiyasi va ittifoqchi kuchlar 18-fevral kuni Sharqiy G‘utada shiddatli bombardimon kampaniyasini boshladilar, undan bir hafta o‘tib esa quruqlikda ham hujumlar amalga oshirildi.

Begunoh suriyaliklarning qatli

Payshanba kuni Rossiya Sharqiy G‘utada Asadning harbiy hujumini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi.

“Biz terrorchilarga qarshi kurashni davom ettiramiz, biz ularni batamom yengamiz, ularni Sharqiy G‘utadan yo‘q qilib tashlashga yordam beramiz, u yerda Suriya armiyasi bizning madadimiz bilan harbiy harakatlar olib bormoqda”, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

Kreml va Asad rejimi muntazam ravishda muxolifatning har qanday ko‘rinishini “terrorchilar” nomi bilan ataydi.

Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan hujum G‘utada 1300 dan ortiq fuqaroni halok etdi, ularning qariyb beshdan biri yosh bolalar.

Britaniyadagi Inson huquqlari kuzatuvchilariga ko‘ra, qirg‘in juma, 16-mart kuni ham davom etgan. Sharqiy G‘utadagi Kfar Batna va Saqbaga Rossiya uyushtirgan havo hujumlari natijasida kamida 57 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan.

Suriya hukumatining Kreml ko‘magida olib borgan shiddatli hujumi xalqaro noroziliklarga, xususan BMTning hukumat “apokalipsisni” vujudga keltirmoqda degan ayblovlariga sabab bo‘ldi.

Rossiya qo‘llab-quvvatlovidagi Suriya rejimining havo zarbalari va quruqlikdagi hujumlari o‘n minglab qamalda qolgan fuqarolarga o‘ta zarur bo‘lgan yordamlarni to‘xtatib qo‘ydi. O‘nlab bemorlar toksik hujum sababli kelib chiqadigan nafas yo‘llari xastaliklariga chalinganlar.

Rossiya “layoqatsiz, noqonuniy harakatlarni amalga oshirmoqda”

“Rossiya bu o‘rinda yo layoqatsiz, yoki noqonuniy harakatlar qilmoqda, yoki ikkisi ham”, dedi Vayt. “Rossiya Suriyada Al-Qoidaga aloqador terrorchilarga qarshi kurashmayapti, u Asad rejimini qo‘llab-quvvatlamoqda. Rossiya Suriyada fuqarolik qurbonlarini to‘xtatishi mumkin.”

“Suriyada vahshiylik va odamlarga nisbatan zulmni davom ettirayotganliklari uchun barcha madaniyatli davlatlar Eron va Rossiyani javobgarlikka chaqirishlari kerak”, dedi AQSHning Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi G. R. MakMaster.

“Moskva va Tehronga jiddiy siyosiy va iqtisodiy choralar ko‘rish vaqti keldi”, dedi u tafsilotlarga to‘xtalmay.

Moskva bilan bir qatorda, Tehron ham Suriya rejimining asosiy ittifoqchisidir.

“Asad sodir etgan jinoyatlari uchun jazosiz qolmasligi kerak, uning homiylari ham bundan mustasno emas”, dedi MakMaster. Asad insonparvarlik yordami yetkazilishini ta’minlashi, otashkesim shartlari va ziddiyatlarni bartaraf etish kelishuvlarini hurmat qilishi uchun Rossiya “hech narsa qilgani yo‘q”, deb qo‘shimcha qildi u.

Amerika Qo‘shma Shtatlari “agar zarur bo‘lsa harakat qilishga tayyor”, dedi BMTdagi AQSH elchisi Nikki Haley 12-mart kuni BMT Xavfsizlik kengashida qilgan nutqi davomida.

Haley va MakMaster o‘tgan yil aprel oyida Asad kuchlari zarin gazi hujumiga javoban AQSH Suriya harbiy bazasiga hujum qilishga buyruq berganini yana bir bor eslatib o‘tdi. Gaz hujumi 80 dan ortiq fuqaroning hayotiga zomin bo‘lgandi.

Suriyada Rossiya qo‘llab-quvvatlagan qirg‘in davom etar ekan, prezident Vladimir Putin 18-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari oldidan Rossiya fuqarolarini “vijdonlari, haqiqat va adolatni anglash” bilan (Putin foydasiga soxtalashtirilishi iddao qilinayotgan) saylovda ovoz berishga chorladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500