OLMAOTA – Rossiya prezidenti Vladimir Putin adolatsiz va soxta deya tanqid qilingan saylovlarda to‘rtinchi bor 6 yillik muddatga qayta saylanar ekan, Markaziy Osiyoliklar Kremlning mintaqadagi zo‘ravonlik siyosatida katta o‘zgarish yuz berishini kutmasalar ham bo‘ladi.
Kreml statistikasiga ko‘ra, Putin 75 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongan, ammo xalqaro rahbarlar, saylov kuzatuvchilari va Rossiyada yashovchi fuqarolar saylov natijalarini tan olmayaptilar.
Rossiyadagi saylovlarda “yig‘ilishlar, uyushish va fikrni ochiq ifoda etish kabi fundamental erkinliklarning cheklanishi – siyosiy faollik maydonini chegaralab, haqiqiy raqobatning yo‘qolishiga sabab bo‘ldi”, deyiladi Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti 19-mart, dushanba kungi bayonotida.
Korrupsiyaga qarshi kurash faoli va Putinning eng katta tanqidchisi bo‘lgan Aleksey Navalniy Kreml tomonidan soxtalashtirilgan ayblovlar sababli saylovlarda ishtirok etishdan chetlatilgan edi.
Navalniyning so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi 18-mart kungi saylovlar chog‘ida yo‘l qo‘yilgan “mislsiz qonunbuzarliklar”ga qarshi norozilik namoyishi tashkil etishni rejalashtirgan va saylov vaqtida byulletenlarning ommaviy to‘ldirilishi, takroriy ovoz berishlar va saylov uchastkalariga Putin tarafdorlarining ommatan olib kelingani haqida xabar bergan edi.
Saylovlar “adolatsiz” bo‘ldi, deydi saylovda ikkinchi bo‘lgan Pavel Grudinin.
Saylovlarning Qrimda – Rossiya bundan to‘rt yil avval xalqaro qonunchilikka zid ravishda Ukrainadan tortib olgan hududda o‘tkazilishi “qabul qilib bo‘lmaydigan holatdir”, dedi Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maas dushanba kuni.
“Rossiyadagi saylov natijalari bizni bu saylovdagi vaziyatdan ko‘ra kamroq hayratga soldi”, dedi Maas Bryusselda Yevropa Ittifoqidagi hamkasblari bilan uchrashuvi oldidan jurnalistlarga.
Putinning hatti-harakatlari ham saylovlarning firibgarona tabiatini namoyon etdi.
U televideniyeda raqiblari bilan bahs olib borishdan va o‘z kampaniyasi uchun yangi roliklar tasvirga tushirishdan bosh tortib, nursiz kampaniya olib bordi.
Prezidentlik lavozimi uchun yetti nafar boshqa nomzodlar ham kurash olib bordilar; ular saylovlarga haqiqiylik niqobini taqish uchungina kerak bo‘ldilar. Bu nomzodlar yo Putin tarafdorlari yoki cheklangan imkoniyat bilan saylovda qatnashish huquqini qo‘lga kiritganlar edi.
Putinning g‘alabasi Markaziy Osiyo uchun nimani anglatadi
Putinning g‘alabasi Markaziy Osiyo uchun mintaqada Kreml siyosati o‘zgarishsiz qolishi va Markaziy Osiyo davlatlari suverenitetiga putur yetkazishga qaratilishini anglatadi.
Putin Rossiyaning ta’sir doirasini kengaytirishda davom etadi, Kreml Markaziy Osiyo davlatlarini harbiy mijoz sifatida xizmat qildirishda bardavom bo‘ladi, deydi kuzatuvchilar.
Rossiya barqarorlik va tashqi tahdidlarga, ayniqsa terrorizmga qarshi himoya kafolati bo‘lishga intilmoqda, deydi Uralskda joylashgan qozog‘istonlik siyosatshunos va Rezonans.kz tahliliy veb-sayti rahbari Sultonbek Sultongaliyev.
Ammo, Kremlning mintaqadagi tajovuzkor hatti-harakatlari uning himoyachilik qiyofasiga putur yetkazdi, deydi u.
Bundan tashqari, Rossiyadagi ijtimoiy muammolar va korrupsiyaning rivojlanishi, tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklar, jumladanSuriyadagi harbiy yo‘qotishlar va o‘z yechimini topmagan sharqiy Ukraina nizosi Putinning mashhurligiga soya soldi.
Davomiy “imperialistik” mavqe
Umuman olganda, Kremlning Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan siyosatida keskin o‘zgarishlar yuz bermaydi, dedi Bishkekda joylashgan huquqshunos va Qirg‘iziston saylov komissiyasi a’zosi Kairat Osmonaliyev. U 18-mart kuni saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Kreml Rossiya boshqaradigan Yevroosiyo Iqtisodiy hamjamiyati (YIH) iqtisodiy blokida integratsiya jarayonini kuchaytirishga harakat qiladi, dedi u Karvonsaroyga. Bu bilan u, Rossiya mazkur davlatlarni o‘ziga qaram qilib ushlab turishga harakat qilishini nazarda tutdi.
Qozog‘istondagi “Risk Assessment Group” tahliliy guruhi rahbari, olmaotalik siyosatshunos Dossim Satpayevning aytishicha, saylov natijalari Rossiyaning sobiq Sovet hududidagi siyosatiga ta’sir etishi dargumon.
“Amaldagi prezident boshlagan zo‘ravonlikka asosidagi siyosat saqlanib qoladi”, dedi Satpayev qozoq tilidagi Qamshy.kz nashriga. “Rossiya Mustaqil davlatlar hamdo‘stligidagi avvalgi ta’sirini tiklashga harakat qiladi.”
“Rossiyaning pozitsiyasi inperialistik yo‘nalishda qoladi va boshqa davlatlarning siyosatiga aralashuv taktikasidadavom etadi”, deydi Olmaotada joylashgan siyosatshunos Rasul Jumaliy xuddi shu yangiliklar nashriga.
Shunga qaramay, Kreml bu yo‘lda qarshilikka duch kelishi aniq. Markaziy Osiyo rahbarlari yaqinda ilk marotaba Rossiya ishtirokisiz uchrashdilar va bu bilan mintaqa yakdil, mustaqil va uyushgan holda ish olib borishini namoyish etdilar, deydi iqtisodchi va siyosiy tahlilchilar.
Rossiya migratsiyani majburlash vositasiga aylantirmoqda
Shu bilan birga, Rossiya Markaziy Osiyolik migrantlarga shubha bilan, asosan, terrorchilik manbai sifatida qarashda davom etadi, deydi kuzatuvchilar.
So‘nggi yillarda, Rossiya xavfsizlik idoralari Markaziy Osiyolik migrantlarni “Islom Davlati” (ID) terrochilik guruhiga odam yollashda, ba’zilarini esa Rossiyada terrorchilik harakatlarini rejalashtirishda aybladilar.
Rossiyadagi ayrim buzg‘unchi kuchlar Markaziy Osiyoliklarning Rossiyada sodir etilgan terrorchilik harakatlaridagi ishtirokiga oid holatlar bilan manipulyatsiya qilmoqda, deydi Osmonaliyev.
Bu kuchlaretnik va dinlararo adovatni qo‘zg‘ab, jamiyatda keskinlik va mojarolarni keltirib chiqarmoqda, dedi u Karvonsaroy nashriga.
“Ayrim siyosatchilar bu usullardan tez-tez foydalanadilar”, dedi u. “Rossiyani himoya qilish bahonasida Rossiyaga Markaziy Osiyoliklarning migratsiyasini to‘xtatish masalasi televideniyeda ko‘p bor tilga olinadi.”
Kreml Markaziy Osiyodan kelayotgan ishchi kuchi masalasini YIHga kirmagan davlatlar, ya’ni O‘zbekiston va Tojikistonga bosim o‘tkazish uchun qo‘llashi mumkin, deb qo‘shimcha qildi u. Qozog‘iston va Qirg‘iziston YIH a’zolari.
Markaziy Osiyoning YIHga a’zo davlatlaridan Rossiyaga kelgan fuqarolar unga a’zo bo‘lmagan davlatlar fuqarolariga nisbatan ko‘proq imtiyoz va kafolatlarga ega, deydi Osmonaliyev.
“Saylovlardan so‘ng, Rossiyaning migratsiya siyosati milliy xavfsizlik manfaatlarini ko‘zlagan holda va Rossiyadagi ichki ishsizlikini kamaytirish yo‘lida yanada qat’iylashadi”, deydi Sultangaliyev.
Ikkinchi darajali odamlar
Markaziy Osiyolik oddiy fuqarolar Rossiyaning saylovdan keyin muloyimroq bo‘lishini kutmayaptilar.
“Migrantlarimiz Putin davrida o‘z ahvollarining yaxshilanishini ko‘rmasalar kerak”, deydi 39 yashar toshkentlik o‘qituvchi Mirzohid Hamdamov Karvonsaroy nashriga.
“Ular ko‘p yillar davomida Rossiyada mehnat qildilar va bu vaqt davomida ularga ikkinchi darajali odamlardek munosabatda bo‘lishdi”, dedi u. “Ular o‘z oilalarini boqish uchun bunga chidashga majburlar.”
“Migrantlar hayoti o‘zgarishi kerak”, deydi Tojikistonning So‘g‘d viloyati savdo va sanoat palatasi xodimi, xo‘jandlik Dilbar Alimova.
“Ular o‘z mehnatlari bilan pul topib, ish ruxsatnomasi uchun to‘lovlar bilan Rossiya g‘aznasini to‘ldirmoqdalar”, dedi u Karvonsaroy nashriga.
(Ushbu maqolani tayyorlashga Arman Kaliyev ko‘maklashgan.)
Faktlar juda oz. Analitik tahlil juda sayoz. Bir tomonlama fikrlar. Sizningcha Markaziy Osiyoni rivojlantirishda boshqa aktorlar bormi
Javob berishFikrlar 17
Putin degan imperalist oʻzni TSAR deb eʼlon qildi. rusni oʻz anʼanaviy siyosatini davom ettirib tutash chegaralaridagi davlatlar hisobidan oʻz hududini kengaytirish taraddudini boshlab yubordi birinchi Ukraina keyin Belorussiya bu geopoltik manzarani oʻzgarishi va boʻlingan dunyoni boʻlib olish siyosati, yaʼni Katta oʻyinning yangi seriyasi boshlangandan dalolat beradi. Shu vaziyatda biz kimmiz buni chuqur oʻylash kerak
Javob berishFikrlar 17
Rossiyaparastlar uchun 1859-1898 va 1918-1938 yillarda ruslar tomonidan o`ldirilgan 5 mln.600 ming musulmonning hotirasidan ko`ra Rossiyaning kolbasasi ustun.
Javob berishFikrlar 17
Utin, Putin, rasputin, liliputin... Gap Putinda emas, gap dunyoda mavjud bo‘lgan hamma uchun bitta taxtda. Moskvada. O‘ylab ko‘ring-a...
Javob berishFikrlar 17
Men Markaziy Osiyoda yashayman, Putin eng yaxshi prezident, oldindan hech narsani bashorat qilmanglar, Xudoga shukrki yomon yashamayapsizlar.
Javob berishFikrlar 17
RFda o‘zini ikkinchi darajali deb biluvchi migrant, o‘z yurtida birinchi darajali bo‘lib ishlay qolsin.
Javob berishNoo‘rin ichiqoralik...
Javob berishFikrlar 17
Bu yerda aggressiv va targ‘ibotga oid biror narsa bo‘lsa, u ham shu maqolaning o‘zi. Aytgancha, Qrim Rossiya yeri.
Javob berishFikrlar 17
Putinga hasad qiluvchi malaylar, arqon olib o‘zlaringizni osinglar!
Javob berish...va bu to‘g‘ri, o‘rtoq!
Javob berishFikrlar 17
Uydirma gaplar, o‘qishga ham arzimas ekan
Javob berishFikrlar 17
Arman, adovat qo‘zg‘ashni to‘xtat, Putinga urush kerak emas, u resurslarning ustida o‘tiribdi, urush sendaqalarga pul berayotganlarga kerak :)
Javob berishFikrlar 17
2018-yil yozda yoki kuzda Qozog‘istonning NATOga qo‘shilishi yuzasidan referendum o‘tkazilishini taklif qilaman
Javob berishFikrlar 17
Yaloqi jurnalist, yaloqi sayt! Tfu!!!
Javob berishFikrlar 17
Vahima qilma, hammasi yaxshi bo‘ladi
Javob berishFikrlar 17
Qayerda kim, qachon va qanday saylanishidan qat’i nazar, bu ayanchli videoning siyqasi chiqib bo‘ldi. Ammo, bu haqda Navalniy gapirgan bo‘lsa – unda shubhasiz!
Javob berishFikrlar 17
“Uy-joyini tashlab jangga ketdi u, Suriya yerini Taxtga qaytarmoq uchun” (Muallif Mixail Svetlovning “Granada” she’rini o‘zgartirgan) Kreml hadya etgan koshonani unga kim qurar ekan (yoki Donbassda yer berishar ekanmi?). “Buzish oson, qurish qiyin”.
Javob berishFikrlar 17