Karvonsaroy
Diplomatiya

Toshkent Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga oid anjumanga mezbonlik qilmoqda

Maksim Yeniseyev

Rasmiylar 24-mart kuni Toshkentda o‘tkazilgan majlisda hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. (O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi)

Rasmiylar 24-mart kuni Toshkentda o‘tkazilgan majlisda hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. (O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi)

TOSHKENT – Afg‘onistondagi nizoni hal qilishga qaratilgan xalqaro tinchlik anjumanida qatnashish uchun Toshkentga 20 dan ortiq davlat va tashkilotlar vakillari tashrif buyurgan.

Mintaqaviy va xalqaro rahbarlar dastlabki muzokaralarni o‘tkazish uchun Toshkentga 24-mart, shanba kuni yetib kelishdi.

Ikki kunlik tinchlik anjumani 26-mart, dushanba kuni boshlandi va u 28-fevral kuni Afg‘oniston poytaxtida bo‘lib o‘tgan Kobul jarayoni anjumanining davomi bo‘lib, o‘shanda Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Tolibonlar bilan tinchlikka erishish bo‘yicha o‘z rejalarini e’lon qilgan edi.

Toshkent anjumani Kobul uchrashuvi chog‘ida erishilgan “Afg‘oniston muammosini tinch siyosiy yo‘l bilan tartibga solishning xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlanishini namoyish etishga” asoslanadi, deyiladi AQSH davlat departamentining 22-mart kungi bayonotida.

26-mart kuni Toshkent aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anini kutib oldi. (Afg‘oniston prezidenti saroyi)

26-mart kuni Toshkent aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anini kutib oldi. (Afg‘oniston prezidenti saroyi)

Tolibonlar taklifni javobsiz qoldirgan

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashkillashtirilgan ushbu anjumanda G‘ani, BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamichi Yamamoto, AQSH davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennon va Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Federika Mogerini ishtirok etdilar.

Tadbirda 17 davlat bosh vazirlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

25-mart, yakshanba kuni Afg‘onistonda YI delegatsiyasi rahbari Pyer Mayadon Tolibonlarni Afg‘oniston hukumati bilan tinchlik muzokaralarida qatnashishga taklif qilgan, deb xabar berdi TOLO News nashri.

Kuchayib borayotgan xalqaro bosim va Tolibonlarning avvalgi muzokaralarda qatnashishga ikkilanganlariga qaramay, ular Toshkentdagi anjumanni e’tiborsiz qoldirganlar.

“Forum ishtirokchilari Afg‘oniston hukumati va Tolibonlar o‘rtasida hech qanday dastlabki shartlarsiz tinchlik muzokalarini boshlash uchun yakdil pozitsiyani ishlab chiqadilar”, dedi anjuman matbuot kotibi Sherzod Qudratxo‘jayev Toshkentdadi Simpoziumlar saroyida jurnalistlarga bergan intervyusida.

“Toshkent forumining muvaffaqiyati mintaqa davlatlari birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali umumiy muammolarni hal qilishga qodir ekanligini ko‘rsatishi zarur”, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV dushanba kuni.

Vazirlik xabariga ko‘ra, anjuman yakunida “Toshkent deklaratsiyasi” imzolanishi kutilmoqda, u Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha kelishilgan tamoyillar va tinchlik jarayonida muzokaralar olib borayotgan tomonlarning rolini aks ettiradi.

“Toshkent anjumani Afg‘on muammosini hal qilishda ko‘p tomonlama diplomatiya va siyosiy yondashuvning yo‘qligi bilan bog‘liq muammoga yechim topishi kerak”, dedi O‘zbekistonlik huquqshunos Sodiq Safoyev shanba kuni bo‘lib o‘tgan matbout anjumanida.

Tinchlik muzokaralari – yagona yo‘l

“Toliblar uzoq yillar jang qilishdi, biroq o‘z maqsadlariga erisha olmadilar”, dedi Meshrano Jirg‘aning (afg‘on parlamentining yuqori palatasi) Samangan viloyatidagi vakili Safiulla Hoshimiy.

“Tolibonlar uchun maqsadga erishishning yagona yo‘li bor – u ham bo‘lsa, afg‘on hukumati bilan muloqot”, dedi u Karvonsaroyga.

Tolibonlarga taqdim etilgan sulh taklifi ushbu guruh uchun ulkan va keng qamrovli imtiyozdir”, dedi Hoshimiy. “Ular ushbu taklifni va Toshkent anjumani natijalarini e’tiborsiz qoldirmasliklari kerak. Sababi, ular uchun boshqa bunday imkoniyat bo‘lmasligi mumkin”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda ikki narsa yordam berishi mumkin. “Birinchidan, jang maydonida afg‘on va koalitsiya kuchlarining doimiy bosimi, ikkinchidan, Afg‘onistondan tinchlik o‘rnatish masalasida xalqaro konsensusga erishish.”

Toshkent anjumani Afg‘onistondagi tichlik jarayoniga oid mintaqaviy va xalqaro konsensusni aks ettiradi, dedi Afg‘oniston oliy tinchlik kengashi raisining o‘rinbosari AbdulXabir Uchqun.

“Ushbu anjuman ulkan ahamiyatga ega, sababi unda Afg‘onistondagi urush va tinchlikka daxldor mamlakatlar ishtirok etmoqda”, dedi u Karvonsaroyga. “Tolibon tinchlikka erishish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmaslik uchun anjuman yakunlarini e’tiborsiz qoldirmasligi lozim”, deb qo‘shimcha qildi u.

O‘zbek, afg‘on va AQSH rasmiylari hamkorlikni muhokama qildilar

Yaqinda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarga muvofiq, tinchik anjumani oldidan boshqa masalalar qatori xavfsizlik va savdo-transport sohalaridagi mintaqaviy hamkorlik ham muhokama etildi.

Tinchlik anjumani arafasida, dushanba kuni Tomas Shennon (AQSH davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari) va Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama aloqalar hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Shanba kuni “O‘zbekenergo” kompaniyasi boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida “Surxon-Puli Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishi boshlanganini e’lon qilgan.

Afg‘onistonlik iste’molchilar iyun oyidan O‘zbekistondan elektr energiya qabul qila boshlaydilar, dedi u.

O‘zbek kompaniyalari ham Afg‘oniston shimolida neft va gaz konlarini izlashga oid ehtimoliy loyihalar hamda Mozori-Sharif shahridan Hirotgacha temir yo‘l liniyasi qurilishi boyicha muvaffaqiyatli ish olib borilayotganini e’lon qildilar.

(Ushbu maqolani tayyorlashga Kobuldan Sulaymon ko‘maklashdi.)

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500