Karvonsaroy
Diplomatiya

Jahonning qudratli davlatlari Kobul va Tolibonlar o‘rtasidagi bevosita muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaydi

AFP

Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan Toshkent anjumanida 20 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Afg‘onistondagi tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy aloqalar bo‘yicha yakdil qaror qabul qilishga bag‘ishlangan anjuman 27-mart kuni yakunlandi. (Afg‘oniston prezidenti saroyi)

Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan Toshkent anjumanida 20 dan ortiq mamlakat va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Afg‘onistondagi tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy aloqalar bo‘yicha yakdil qaror qabul qilishga bag‘ishlangan anjuman 27-mart kuni yakunlandi. (Afg‘oniston prezidenti saroyi)

TOSHKENT – 27-mart, seshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining besh doimiy a’zosi va o‘ndan ortiq milliy delegatsiyalar Toshkentda 26-mart, dushanba kuni boshlangan ikki kunlik anjumanda Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Deklaratsiyani imzolagan 20 dan ortiq mamlakat, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Britaniya “Afg‘oniston rahbarligidagi va unga tegishli” tinchlik jarayoni tarafdori ekanligini ma’lum qildi. Ammo, O‘zbekiston poytaxti mezbonlik qilgan oliy darajali anjumanda Tolibonlarning ishtirok etmagani muzokaralar kelajagini shubha ostida qoldirmoqda.

Shu oy avvalida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Tolibonlarga tinchlik ramzini taqdim etar ekan, bu bilan agar ular muzokaralarga tayyor bo‘lsalar, siyosiy partiya sifatida tan olinishlari va Afg‘oniston kelajagida qonuniy o‘rin egallashlarini bildirdi.

Yagona pozitsiya

Toshkent anjumani Afg‘oniston va Tolibonlar o‘rtasida bevosita muzokaralar o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlashda yakdil nuqtayi nazarni namoyish etishga intildi.

Anjuman yakunida e’lon qilingan deklaratsiyani imzolagan tomonlar “hech qanday dastlabki shartlarsiz Afg‘oniston milliy birlik hukumatining bevosita muzokaralarga kirishish taklifini qo‘llab-quvvatlashini” qayd etdilar va Tolibonlarni ushbu taklifni qabul qilishga chaqirdilar.

Tolibon harakati anjumanda ishtirok etishga bir necha bor taklif qilinganiga qaramay, seshanba kuni AFP nashriga WhatsApp ilovasi orqali yuborgan bayonotida “Toshkent anjumaniga taklif etilmagani va uning natijalari haqida biror narsa deyishga erta ekanligini” bildirgan.

O‘zbekiston panadan chiqmoqda

Toshkent anjumanida katta muvaffaqiyatlarga erishilmagan bo‘lsa-da, O‘zbekiston sobiq davlat rahbari Islom Karimov davrida yakkalanib qolgan holatidan keyin, mintaqada diplomatik o‘yinchi sifatida qayta shakllanishi mumkinligini namoyon etdi.

To‘rt sobiq sovet mamlakati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston hamda Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda strategik joylashuvi bilan ahamiyatlidir.

2016-yilda Karimov vafotidan keyin iqtidorga kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Karimovning deyarli o‘ttiz yillik boshqaruvi davrida Toshkent bilan noaniq munosabatlarda bo‘lgan mintaqadagi qo‘shni davlatlar bilan aloqani yaxshilashga harakat qilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500