Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

O‘zbekiston militsiyasi shaffoflik va jamoatchilik bilan aloqalarni yaxshilash uchun internetni ishga solmoqda

Maksim Yeniseyev

Davlat avtomobil nazorati xodimlari ayol haydovchilarni 8-mart, Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklamoqdalar, Toshkent. (Toshkent IIBB)

Davlat avtomobil nazorati xodimlari ayol haydovchilarni 8-mart, Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklamoqdalar, Toshkent. (Toshkent IIBB)

TOSHKENT – O‘zbekistonda militsiya xodimlari xalq bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilish va munosabatni yaxshilash maqsadida Xavfsiz shahar loyihasi doirasida bir qator islohotlarni amalga oshirmoqda.

“Ko‘pchilik uzoq yillar davomida huquqni himoya qilish idoralarini faqat jazolovchi tashkilot sifatida qabul qilar edi”, dedi 42 yoshli toshkentlik Farhod Usmonov Karvonsaroy nashriga.

2016-yilning yakunida prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoyev o‘zidan avvalgi Islom Karimov davridagi avtoritar siyosatning ayrim ko‘rinishlaridan voz kechgan.

“Byurokratiya, korrupsiya, noqonuniy hibsga olish holatlari hali ham bizning xotiramizda, ular butkul yo‘qolib ketmagan”, dedi Usmanov. “Menimcha, bu borada keskin o‘zgarishlarni amalga oshirish lozim, idoralar nomi, ularning formalari o‘zgarishi zarur, xodimlar esa qayta attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.”

Huquqni himiya qilish xodimlari qariyaga yo‘ldan o‘tishga ko‘maklashmoqda, 25-fevral, Toshkent. (Toshkent IIBB)

Huquqni himiya qilish xodimlari qariyaga yo‘ldan o‘tishga ko‘maklashmoqda, 25-fevral, Toshkent. (Toshkent IIBB)

Hozirda huquqni himoya qilish organlari haqida shakllangan tasavvurni yaxshilash bo‘yicha ish olib borilyapti.

Jamoatchilik bilan aloqalarni yaxshilash maqsadida, Toshkent DAN xodimlari Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 8-mart kuni ayol haydovchilarga gul ulashdilar.

Bu aksiya videosi Facebook ijtimoiy tarmog‘iga yuklandi va 10 mingdan ortiq marta tomosha qilindi.

“Zo‘r ish bo‘libdi, sizlarni yaxshi ko‘ramiz”, deya izoh qoldirgan Dilorom Zakirova video tasvir ostida.

“Yaxshi DAN xodimlari ham bor ekan-da”, deb yozgan Abdullo Tashev.

Keng jamoatchilik “himoyachilariga” aylanish

IIV xodimlarining malakasini oshirish va jinoyatlarning oldini olish ishlariga fuqarolarni ham jalb qilishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ham rejalashtirilgan.

Shu oydan boshlab huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurash va ularning samaradorligini oshirish maqsadida yangi baholash tizimi joriy etildi.

“1-apreldan boshlab ichki ishlar idoralari uchun yangi baholash tizimi joriy etiladi, unga ko‘ra, militsiya xodimlari jamoatchilik tartibini ta’minlash, jinoyatni bartaraf etish va unga qarshi kurash uchun rag‘batlantiriladi yoki qoniqarsiz xatti-harakatlar uchun jazolanadi”, degan Toshkent IIBB rahbari Rustam Jurayev 10-mart kuni Ichki ishlar vazirligining “Postda” nashrida berilgan xabarga ko‘ra.

12-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini ham egallagan Jurayev “fuqarolar jinoyatni bartaraf etishda ichki ishlar xodimlariga faol yordamlashishi lozim”, deb aytgan. Bu haqda 15-mart kuni Gazeta.uz nashri xabar bergan.

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari fuqarolar va militsiya xodimlarining sa’y-harakatlarini birlashtirish maqsadida Qo‘shma Shtatlar amaliyotidan foydalanib “Neighbourhood watch” (“O‘zi yashayotgan hududni kuzatish”) dasturini qo‘llashni rejalashtirmoqda, dedi u.

Bu dastur doirasida fuqarolar o‘zlari yashayotgan hududda sodir etiladigan shubhali yoki qonunga xilof xatti-harakatlarga yanada e’tiborli bo‘lishlari talab etiladi, deya tushuncha kiritdi Jo‘rayev.

Gazeta.uz nashri xabariga ko‘ra, IIV xodimlari o‘zbekistonliklar nazarida “himoyachilardek” ko‘rinishlari kerak, deb aytgan Jo‘rayev.

“Haqiqatan ham, biz jamiyat va huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasida to‘siq mavjud deya olamiz”, dedi Jurayev.

“Biz qonunbuzarlarga qarshi kurashganmiz, ammo jamoatchilik bilan aloqalarni yaxshilash va unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish masalasiga e’tibor qaratmaganmiz”, dedi u. “Menimcha bu keng qamrovli, murakkab muammo va uni alohida o‘rganish zarur.”

Internetni ishga solish

Toshkent militsiyasi o‘z faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda.

20-fevraldan boshlab, Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi Facebook tarmog‘ida o‘z sahifasiga ega bo‘ldi, bu yerda fuqarolar o‘z muammolari haqida xabar berishlari, qonunbuzarlik va jinoyatlar, jumladan, IIV xodimlari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar tasvirlangan videolarni joylashtirishlari mumkin.

Sahifa administratori zudlik bilan chora ko‘rilishini ta’minlash uchun barcha izohlarga javob beradi.

“Avvallari bunday narsani tasavvur qilib ham bo‘lmas edi”, deydi toshkentlik 25 yoshli Bobur Nurmuhammedov Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Huquqni muhofaza qilish idoralari jamoatchilikka juda oson yo‘l topdi. Sababi, bugun ko‘pchilik telefoni bilan ovora bo‘lib vaqt o‘tkazadi. Ular juda ilg‘or yo‘l tutishdi”, dedi u.

Rasmiy Facebook sahifasidan tashqari, ba’zi IIV xodimlari jamoatchilik bilan aloqada bo‘lish uchun o‘zlarining shaxsiy Facebook sahifalarini ham ochishgan. Toshkent shahar migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshligʻi Bekzod Sayfullayev 1-mart kunidan boshlab birinchilardan bo‘lib o‘z sahifasini ishga tushirdi.

Davlatda eng katta tanqidga uchragan idoralardan biri hisoblangan – O‘zbekiston Davlat yo‘l harakati xavfsizligi idorasi ham jamoatchilik e’tiborini qozonish yo‘lini topdi.

5-martdan e’tiboran, o‘zbekistonliklar yo‘l harakati xavfsizligi idorasining yangi veb-sahifasiga video va suratlarni joylashtirib, qoidabuzarliklar haqida xabar berishi yoki jarima holatlariga e’tiroz bildirishlari mumkin. Bundan tashqari, yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Facebook va Telegram orqali jamoatchilik bilan muloqotga kirishgan.

“Hukumat bilan muloqotga kirishish va ularning xodimlariga nisbatan nazoratni joriy etish uchun yanada ko‘proq vositalar paydo bo‘layotganidan mamnunman”, dedi 28 yoshli toshkentlik haydovchi Ulug‘bek Turopov Karvonsaroy nashriga. “Ushbu islohotlar kelajakda ham davom etadi degan umiddaman.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500