Karvonsaroy
Ta’lim

Qirg‘iziston maktablarida yangi xavfsizlik standartlari joriy etilmoqda

Asker Sultanov

13-mart kuni olingan ushbu suratda bo‘r bilan doskaga chizayotgan 21-o‘rta maktab o‘quvchilari aks etgan. Bu kabi ijod uchun sharoit yaratishdan maqsad – ta’lim muhitini yaxshilash.(Asker Sultanov)

13-mart kuni olingan ushbu suratda bo‘r bilan doskaga chizayotgan 21-o‘rta maktab o‘quvchilari aks etgan. Bu kabi ijod uchun sharoit yaratishdan maqsad – ta’lim muhitini yaxshilash.(Asker Sultanov)

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumati xavfsizlikka yo‘naltirilgan loyiha yordamida maktablardagi ta’lim muhitini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

“Qirg‘izistonda ta’lim muhitining xavfsizlik mexanizmlarini moliyalashtirish” loyihasi 2017-yil fevral oyida Bishkekdagi BIOM nodavlat ekologik tashkiloti, Germaniyaning Bonn shahrida joylashgan “Konrad-Adenaur-Stiftung” nodavlat tashkiloti va Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan ishga tushirilgan.

Mazkur loyiha qisman YIning 2014-2020-yillar uchun Qirg‘iziston ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan 70 million yevrolik (5,9 milliard qirg‘iz so‘mi) yordam mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladi.

Ta’limni takomillashtirish bo‘yicha 3 ustuvor masala

Loyiha uch ustuvor masalani hal qilish orqali maktab xavfsizligini yaxshilashg qaratilgan: moddiy, egologik va ma’naviy xavfsizlik, dedi loyiha koordinatori Anna Kirilenko Karvonsaroy nashriga.

Moddiy xavfsizlik binolardagi zaifliklarni bartaraf etishni anglatadi, dedi u.

Atrof-muhit xavfsizligi maktabning mikro-iqlimi, havo va suv sifati, mebel sifati, binoni yangilash, ta’mirlash hamda ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llanilgan mahsulotlarga oiddir.

Maktablarni hakerlardan, onlayn tahdidlardan va ekstremistlar tashviqotidan himoya qilishga, o‘quvchi va o‘qituvchi munosabatlarini yaxshilash hamda zo‘ravonlikdan xoli fe’l-atvorni rag‘batlantirish ma’naviy xavfsizlikka kiradi, dedi Kirilenko.

Kirilenkoning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili loyiha doirasida Qirg‘iziston bo‘ylab 21 ta maktab takomillashtirilgan, bu yil esa jami 11 ta maktabni yaxshilash maqsad qilingan.

“Biz ayni damda Bishkekdagi uchta sinov maktabi – 21, 65 va 77-maktablar bilan ishlamoqdamiz”, dedi u. “Bu maktablarning birortasi shu uch yo‘nalishning biriga ham javob bermaydi.”

O‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilarni jalb qilish

Loyiha ishchilari va koordinatorlari o‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan uchrashib, ularni nimani “xavfsiz” deb bilishlarini o‘rganadilar. Respondentlar havo sifati, potensial ta’mirlash ishlari va takliflarni baholaydilar.

“O‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar o‘z maktablarini baholaydilar”, dedi u. “Biz reja ishlab chiqqanimizdan so‘ng, u maktab konferensiyasida muhokamaga qo‘yiladi, ishtirokchilar maktabning o‘zi mustaqil ravishda nima qila olishini belgilaydilar. Masalan, o‘quvchilarni ta’lim berish jarayoniga jalb etish”.

O‘quvchilarni maktab darajasida qarorlar qabul qilish jarayoniga jalb etish, ushbu maktablarda zo‘ravonlik va nizolarni kamaytirishga yordam beradi.

Kirilenkoning so‘zlariga ko‘ra, psixologik xavfsizlik deganda, o‘quvchilar va o‘qituvchilarning birgalikda ishlashini yaxshilash tushuniladi.

“Biz shuningdek, o‘qituvchilarning ota-onalar bilan birgalikda ishlashiga yordam bermoqchimiz. Bu yerda gap psixologik-pedagogik xizmat haqida ketmoqda”, dedi u.

“Faqat Bishkek maktablarida prixologlar bor, shu sababli qolgan maktablarda o‘quvchilar va ularning oila a’zolari bilan ishlashga maslahatchilar jalb etiladi”, dedi u.

“Biz bolalarning ko‘proq ishonchini qozongan ijtimoiy soha xodimlari va o‘qituvchilar psixolog bo‘lib ishlashlarini istaymiz”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarda psixologik xavfsizlik hissini kuchaytirishning yana bir yo‘li - ularga o‘quvchilar kengashlarining boshqaruvida ishtirok etishga imkon berish.

O‘quvchilarga ijod uchun sharoit yaratish ham muhim ahamiyatga ega. “21-maktabdagi ba’zi devorlarni bolalar ularda istagan narsalarini chizishlari uchun hozirladik”, dedi u.

Ta’lim muhitini yaxshilash

Loyiha davomida amalga oshirilgan o‘zgarishlar 21-maktab uchun juda kerak edi, deydi maktab direktori Erkingul Satibaldiyeva.

“Bu yerda eshitish qobiliyati buzilgan bolalar ham yashaydi”, dedi u internat maktabi haqida. “Bu loyiha ularning hayotini sezilarli darajada o‘zgartirdi.”

“Sinflarda hamma narsa eski edi”, deydi 21-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Ruslan Ismanaliyev. “Ikki kishiga mo‘ljallangan partalarda o‘tirish noqulay edi. Gullar yo‘q edi.”

“Endi hammamizda alohida partamiz va kitoblarimiz bor. Maktab ta’mirlandi”, dedi u.

Moddiy takomillashtirish ishlari doirasida maktab landshafti va yoritish tarmog‘i yaxshilandi, dedi Kirilenko. U havoni tozalovchi o‘simliklar alohida e’tibor bilan tanlaganini qo‘shimcha qilgan.

Binoga videokameralar o‘rnatildi, sinflar ta’mirlandi, foyeda isitgichlar ishga tushirildi, dedi u. Ishchilar oqova suv tizimlarini ta’mirlayotganini ham qo‘shib o‘tdi.

“Hammasi o‘zgardi. Endi biz uchun bu yerda ta’lim olish yanada yoqimliroq”, deydi 9-sinf o‘quvchisi Anastasiya Ilyasova Karvonsaroy nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500