Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Afg‘onistonning sobiq rasmiysi Sputnikning “soxta yangiliklari” nishoniga aylandi

Sulaymon

Afg‘oniston razvedkasining sobiq rahbari Amrulloh Solih 2009-yil 16-noyabr kuni Kobuldagi matbuot anjumanida nutq so‘zlamoqda. (Shah Marai/AFP)

Afg‘oniston razvedkasining sobiq rahbari Amrulloh Solih 2009-yil 16-noyabr kuni Kobuldagi matbuot anjumanida nutq so‘zlamoqda. (Shah Marai/AFP)

KOBUL – Rossiyaning yangiliklar veb-sayti bo‘lgan Sputnik “soxta xabarlar, uydirma va tashviqot materiallarini” tarqatmoqda, dedi Afg‘oniston Milliy xavfsizlik boshqarmasi (NDS) sobiq rahbari Amrulloh Solih.

Solih 25-mart kuni “Sputnik” nashri tomonidan “Afg‘oniston Milliy xavfsizlik boshqarmasi sobiq rahbarining boshpana so‘rashi” sarlavhasi ostida chop etilgan maqola sababli diqqat markazida tushib qoldi.

“Avstraliyadan kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston Milliy xavfsizlik boshqarmasi sobiq rahbari Amrulloh Solih Avstraliyaga tashrifi chog‘ida siyosiy poshpana so‘ragan”, deb yozadi Sputnik nashri. “Ammo, Avstraliya siyosiy sabablarga ko‘ra, Solihning so‘rovini rad etgan.”

Solih Facebook orqali Salaam Times nashriga shunday dedi: “Men hayotim davomida hech qaysi davlatdan boshpana so‘ramaganman.”

Rossiyaning “Sputnik” nashri tashviqot platformasidir, deydi internet foydalanuvchilari va tahlilchilar. (Sputnik/Aleksey Filippov)

Rossiyaning “Sputnik” nashri tashviqot platformasidir, deydi internet foydalanuvchilari va tahlilchilar. (Sputnik/Aleksey Filippov)

“Sputnik” Rossiya hukumati to‘liq egalik qiladigan va boshqaradigan “Rossiya Segodnya” axborot agentligining mahsulidir. (File)

“Sputnik” Rossiya hukumati to‘liq egalik qiladigan va boshqaradigan “Rossiya Segodnya” axborot agentligining mahsulidir. (File)

Sputnik maqolasi saytda chop etilgandan bir necha soat o‘tib, Solih o‘zining Twitter sahifasida unga fikr bildirgan.

“Axloqiy inqiroz davrida yashayapmiz. @SputnikInt akkauntining fors xizmati yoritayotgan xabarlarning ko‘pchiligi soxta, uydirma, tashviqot va safsatadan iborat,” deb yozgan u Twitterda. “Ularning Afg‘onistonda idorasi yo‘q, ular har narsa haqida gapirishdan to‘xtamaydilar. Axborot agentligimi bu, yoki gap poylaydiganlarmi? Men haqimda yozgan oxirgi maqolalari butkul uydirma.”

“Sputnik” Rossiya hukumati to‘liq egalik qiladigan va boshqaradigan “Rossiya Segodnya” axborot agentligining mahsulidir.

Jurnalistik tamoyillarga zidlik

Sputnik nashrining yolg‘on va mish-mish tarqatish bo‘yicha keng qamrovli kampaniyasi haqida ommaviy axborot vositalari va siyosiy tahlilchilar aytgan gaplarni Solih boshidan kechirgan voqea tasdiqlaydi.

Yangiliklar “xolislik va betaraflikni talab qiladi”, deydi Kobuldagi Fanus universitetining jurnalizm professori Fayez Azimiy. “Jurnalist maqolada tilga olingan shaxs yoki shaxslarning javobini olishi kerak.”

“Agar Sputnik xabar uchun Amrulloh Solih bilan aloqaga chiqmasa, u holda ushbu maqola jurnalistika tamoyillariga zid va nostandart hisoblanadi”, dedi u Salaam Times nashriga.

“Nashr Solihga bosim o‘tkazishga va u haqida jamoatchilikning fikrini o‘zgartirishga uringan ko‘rinadi”, dedi u.

“Nostandart yangiliklar yoki maqolalarni chop etish jamoatchilik fikriga salbiy ta’sir qiladi”, dedi u. “Hujjatsiz, asossiz yangiliklar axborot agentligiga bo‘lgan ishonchni yo‘qqa chiqaradi.”

Bunday noto‘g‘ri xabarlar “jamoatchilik ongi bilan o‘yin va jamoatchilik fikrini chalg‘itish hisoblanadi”, dedi u.

“Sputnikning jurnalistik tamoyillarga e‘tiborsizlik bilan odamlar haqida bo‘hton tarqatishi va ularni mo‘ljalga olishi asosida siyosiy maqsadlar yotgan bo‘lishi mumkin”, deb qo‘shimcha qildi Azimiy.

Afg‘onistonliklar Sputnik yo‘lg‘onlarini payqay oladilar

“Afg‘onistonda Sputnik veb-saytining obunachilari kamchilikni tashkil qiladi, shu sababli u yolg‘on yangiliklar va tashviqot, mish-mish tarqatish va mashhur odamlar hayotini soxta yoritish orqali obunachilar sonini oshirishga urinmoqda”, dedi kobullik jurnalist va OAV faoli Hares Jamalzada.

Sputnik nashri “Afg‘onistonda rasmiy idoraga ega bo‘lmasa kerak”, dedi u Salaam Times nashriga. “Agar idorasi bo‘lsa, soxta yangilik tarqatganligi sabab hukumat mavjud qonun va qoidalarga asosan unga nisbatan tergov o‘tkazishi zarur.”

“Sputnikning yolg‘on xabarlar tarqatishi yakunda unga qarshi harakat paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi”, dedi Jamalzada. Veb-saytning mish-mish tarqatishi “uning o‘z obro‘si va maqomiga putur yetkazadi va unga nisbatan ishonch yo‘qolishiga sabab bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi u.

Bir qator afg‘onistonliklar Sputnikning yo‘lgonini payqay oladigan bo‘lib qolishgan.

“Sputnik jurnalistika uchun isnoddir. U Afg‘onistonning amaldagi hukumatini kuchsizlantirishni maqsad qilgan rus tashviqot platformasidir”, deb yozgan Fahim Mashal Solihning Twitterdagi xabariga javoban.

“@SputnikInt rasmiy axborot agentligidan ko‘ra, tashviqot virusiga o‘xshaydi”, deb yozadi yana bir Twitter foydalanuvchisi Hakim Akbarzoda.

“Do‘stlar, bu yolg‘on, bunga ishonmang. Bu nashr doim yolg‘on va tortishuvga sabab bo‘ladigan narsalarni chop etadi”, deb yozadi Samangan viloyatida yashovchi Ahmad Xalid Rahmat Sputnikning Solih haqidagi xabariga javoban.

“Tashviqot fronti”

“Tashviqot fronti Afg‘onistondagi ruslar tomonidan yaratilgan”, dedi kobullik siyosiy tahlilchi Rahmatulloh Bejanpur. Shu bilan birga, Rossiya Afg‘onistonda razvedka uchun katta mablag‘ sarflashini qo‘shimcha qildi.

“Ruslar ba’zi nufuzli shaxslar haqida ularning obro‘sini to‘kish maqsadida yolg‘on xabar tarqatganlar”, dedi u Salaam Times nashriga.

“Afg‘onistonda AQSH harbiylari joylashgan o‘tgan 17 yil davomida terorizmga qashi kurashishda Qo‘shma Shtatlarga yordam bergan taniqli shaxslar ruslar tomonidan aniqlanib, obro‘sizlantirilmoqda”, dedi u. “Bu odamlarning mehnati uchun qasos bilan haq to‘lanmoqda. Amrulloh Solih Avstraliyadan boshpana so‘ragani haqida chop etilgan maqola ham bunga bir misol.”

“Sputnik nashri jurnalistikaning barcha tamoyillariga zid holda noto‘g‘ri xabarlarni chop etmoqda va etnik ziddiyat keltirib chiqarmoqda”, deb yozgan Sputnikning afg‘on rasmiylari haqidagi fitnali maqolaga fikr bildirgan, o‘zini Saif Saif deb atagan yana bir foydalanuvchi. “Bu maqolalar o‘tmish uchun qasos olish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlarini Afg‘onistonda tiz cho‘ktirish maqsad qilgan Sovet Ittifoqi siyosatiga mos ekanligi ko‘rinmoqda.”

“Yerlarini bosib olishgani uchun afg‘onlar ruslarni hech qachon kechirmaydi”, deb yozgan Saif. “Bugungi kunda Afg‘onistondagi barcha baxtsizliklar Rossiyaning bosqinlari sababli.”

Balx viloyatining Mozori Sharif shahridan bo‘lgan Orif Karimiy ham bu fikrni tasdiqlaydi.

“Ha, afsuski Sputnik nashrida yaqinda jahon urushi boshlanishi, dunyo yo‘q bo‘lib ketishi va shunga o‘xshash fitnali xabarlar juda ko‘p”, deb yozadi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500