DAMASHQ – Suriya poytaxti, Damashq yaqinidagi isyonchilar qo‘lida bo‘lgan Duma shahriga kimyoviy deya gumon qilingan hujum xalqaro noroziliklarga sabab bo‘ldi va ularning sababchilarini javobgarlikka tortilish talab qilinmoqda.
Sharqiy G‘utadagi isyonchilar maskani bo‘lgan Duma shahriga juma va shanba (6-7-aprel) kunlari takroriy havo hujumi uyushtirildi, buning natijasida kamida 80 kishi halok bo‘lgan. Rossiya qo‘llab-quvvatlaydigan Suriya prezidenti Bashar al-Asad zaharli xlor gazini qo‘llashda ayblanmoqda.
Damashq va Moskva bu xabarlarni “soxta” deya rad etdi.
Kimyoviy hujum 7-aprel kechki payt yuz bergan va unda “zaharli xlor gazi” qo‘llanilgan, deb xabar bergan Suriyaning Oq dubulg‘alilari. Fuqarolar mudofaasinig ko‘ngillilari Suriyaning isyonchilar nazoratidagi hududlarda birinchilardan bo‘lib yordamga yetib borishadi.
“Aksariyati ayollar va bolalar bo‘lgan 500 dan ortiq bemor kimyoviy modda ta’sirida paydo bo‘ladigan alomatlar bilan mahalliy tibbiy markazlarga yetkazildi”, deb xabar beriladi Suriya Amerika shifokorlar jamiyati va Oq dubulg‘alilarning qo‘shma bayonotida.
Bemorlarda “nafas olish qiyinlashuvi, markaziy siyanoz, o‘gizdan haddan ziyod ko‘pik chiqishi, muguz pardasining kuyishi va xlorga o‘xshash hid chiqishi” kabi alomatlar mavjud edi, deyiladi xabarda.
Oq dubulg‘alilar tomonidan onlayn joylashtirilgan videoda yerda g‘ujanak bo‘lib yotgan, terisi sariq tusga kirgan va og‘zidan ko‘pik chiqayotgan jabrdiydalar ko‘rsatilgan.
18-fevraldan buyon Sharqiy G‘utada isyonchilar qo‘lida bo‘lgan so‘nggi shahar Dumada Suriya va Rossiya kuchlari shiddatli qirg‘in olib borishmoqda, bir vaqtlar u isyonchilarning Damashq tashqarisida joylashgan asosiy qo‘g‘oni edi.
2013-yilning sentyabr oyida Rossiya Suriyaning kimyoviy qurol-yarog‘i zahirasini yo‘q qilinishini kafotlashi kerak edi, ammo o‘sha davrdan beri Asad rejimi qayta-qayta gaz hujumlari uyushtirayotganlikda gumon qilinmoqda.
“Xalqaro javobgarlikka tortish” chaqiruvi
Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanilishi isboti harbiy harakatlar boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin deya bir necha bor ta’kidlagan Fransiya, 9-aprel, dushanba kuni BMT xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilish o‘tkazishga chaqirdi.
Taklif BMT Xavfsizlik kengashining sakkiz a’zosi, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Britaniya tomonidan imzolandi, xuddi shu vaqtda Rossiya tinchlikka global tahdidlarni muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik kengashining alohida yig‘ilishini o‘tkazishni so‘radi.
“Kimyoviy quroldan foydalanish harbiy jinoyatdir”, dedi Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan Iv Le Drian.
Dushanba kuni Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson ushbu hodisaga “kuchli va mustahkam xalqaro javob” qaytarishga chaqirgan.
“Agar taxminlar tasdiqlansa, bu Asad rejimining o‘z xalqiga nisbatan vahshiyligi hamda ushbu qurollarni qo‘llamaslik majburiyatiga beparvoligini yana bir karra isbotlaydi”, dedi Britaniya bosh vaziri Tereza Mey dushanba kuni Kopengagenda Daniya bosh vaziri Lars Lokke Rasmussen bilan uchrashuvdan so‘ng.
“Agar ular aybdor deb topilsalar, rejim va uni qo‘llab-quvvatlaganlar, jumladan, Rossiya ham javobgarlikka tortilishi kerak”, dedi u.
Bundan avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron gumon qilingan vaxshiylikka nisbatan “mustahkam va uyushgan javob qaytarishga” chaqirgan edilar.
Ikki rahbar kimyoviy qurol qo‘llanilganini “tasdiqlovchi” ma’lumotlar bilan almashib, BMT Xavfsizlik kengashining dushanba kungi yig‘ilishi chog‘ida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishadi, deb xabar beradi Yelisey saroyi matbuot xizmati.
Tramp “bema’ni kimyoviy hujum” qimmatga tushishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Xitoy “har qanday vaziyatda har qaysi davlat tomonidan” kimyoviy qurol qo‘llanilishini qoralaydi, dedi dushanba kuni jurnalistlarga Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Gen Shuan.
Dushanba kuni telefon orqali suhbat chog‘ida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hujum haqida o‘z xavotirlarini bildirdi.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu hujum uchun Asad rejimi javobgar ekanligida “asosli gumon” borligi haqida xabar berdi.
Yakshanba, 8-aprel kunu Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn va Quvayt alohida bayonotlarda vahshiyliklarda gumon qilinganlarni qoraladilar.
“Suriyada harbiy jinoyatchilarning jazosiz qolishlari vahshiyliklar davom etishiga sabab bo‘ldi va qurbonlar uchun adolat o‘rnatilishiga putur yetkazdi”, deb xabar berdi Qatar Tashqi ishlar vazirligi.
Quvayt Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi ushbu hodisaga nisbatan “zudlik bilan xalqaro miqyosda javob choralari ko‘rishga” chaqirgan.
Kimyoviy quroldan foydalanish tarixi
Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) mutaxassislari Dumadan kelgan xabarlarni tekshirmoqda, dedi dushanba kuni KQTT bosh direktori Ahmet Uzumchu vaziyat borasida “chuqur tashvish” bildirib.
Ular aniqlagan natijalardan Kimyoviy qurollar konvensiyasi hujjatini imzolagan 192 mamlakat, jumladan Suriya ham xabardor qilinadi. Suriya 2013-yil toksik qurollar zahirasiga ega ekanligini xabar qilganidan so‘ng konvensiyaga qo‘shilgan.
KQTT xabar qilingan barcha toksik zahirani yo‘q qilgan, ammo Uzumchu Suriya rejimi tan olgan xabarida ayrim noaniqliklar borligini bir necha marta ta’kidlagandi.
Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanishiga oid “doimiy ayblovlar” manzarasida KQTT 2014-yilda faktlarni o‘rganish bo‘yicha o‘zining mustaqil komissiyasini tuzdi. Ushbu komissiya 2014-yildan beri zaharli gazlarni qo‘llanishi ehtimoli bo‘lgan 70 dan ortiq holatlarni tergov qilgan.
2015-yilda KQTT Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda tergov guruhini tuzgan, ushbu guruhga Suriyadagi kimoviy hujumlar ortida kimlar turganini aniqlash vazifasi yuklatilgan.
Oktabr oyida guruh Suriya harbiy havo kuchlari 2017-yil aprelda isyonchilar egallagan Xon Sheyxun shahriga zarin gazi bilan hujum qilgani haqidagi tanqidiy hisobotni e’lon qilgandi.
Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining (KQTT) yaqinda e’lon qilingan boshqa bir hisobotida zarin gazi 30-mart kuni Latamna qishlog‘ida qo‘llangani aniqlangan.
Suriya rejimi 2014 va 2015-yillarda 3 ta qishloqda xlor gazini qo‘llashda ayblangan edi.
Dushanba kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov rossiyalik mutaxassislar Dumada kimyoviy hujum belgilarini topmaganini ma’lum qilgandi.
Biroq, tarixda Rossiya Putinning manfaatlariga qarshi bo‘lgan hodisalarni bosti-bosti qilishi va Kremlga foyda keltiradigan yolg‘onni tarqatishini tasdiqlovchi dalillar yetarli.
Jumladan, Rossiya mudofaa vazirligi o‘tgan yil dekabrda Suriyadan “Islom davlati” (ID) jangarilarini quvib chiqarish bo‘yicha missiyasi o‘z yakuniga yetgani va mamlakat ushbu jangari guruhdan tozalanganini e’lon qilgandi.
Chetlatilgan... bu yerda ham e’tiborsiz qoldirilgan...
Javob berishFikrlar 5
Яна ўша гап: «Россия айбдор, Путин ваҳший!». Сентралазияньюс ўз нонини оқлаши керакми? Исботсиз, ҳеч қандай текширувларсиз Россия ва Путинни айблаш авжига чиққанда бу сайт ҳам ўз раҳнамоларига янаям яхши кўриниш мақсадида, оқни қора, қорани оқ дейишдан, керак бўлса раҳнамолари айтган исталган ашулага муқом айлашга тайёр! ОФАРИН ФЕЙК НЬЮС, ОФАРИН!!!
Javob berishBu yerdagi yangiliklar Tramp bilan uchrashuv davomida Putlerning moyaklari qanday katta ekanligini targ‘ibot qilgan sizdagi birinchi kanaldagi kabi rostgo‘y. Asad rejimi himoyasiga Rossiya tog‘dek turgani hech nima demayaptimi?
Javob berishFikrlar 5
Amerika hammasini o‘ylab chiqaradi, jumladan shu kimyoviy hujumni ham.
Javob berishSiyosatni tushunishga harakat qilgandan ko‘ra, avval bitta tilni o‘rganib ol, bo‘lmasa sendaka “axmoqlarni” deb odam uyaladi.
Javob berishFikrlar 5