Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning BMTdagi hatti-harakatlari uning Suriyadagi kimyoviy hujumga aloqador ekanini ko‘rsatmoqda

Karvonsaroy va AFP

Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya (chapda) 10 aprel kuni Xavfsizlik kengashida Suriyada yuz bergan voqea bo‘yicha o‘tkazilgan favqulodda majlis chog‘ida. Shvetsiya elchisi Olof Skug (o‘ngda) kimyoviy hujumni tergov qilish qaroriga nisbatan Rossiyaning vetosini “fojiaviy dejavyu” deb atadi. [Dryu Angerer/Getty Images Shimoliy Amerika/AFP]

Rossiyaning BMTdagi vakili Vasiliy Nebenzya (chapda) 10 aprel kuni Xavfsizlik kengashida Suriyada yuz bergan voqea bo‘yicha o‘tkazilgan favqulodda majlis chog‘ida. Shvetsiya elchisi Olof Skug (o‘ngda) kimyoviy hujumni tergov qilish qaroriga nisbatan Rossiyaning vetosini “fojiaviy dejavyu” deb atadi. [Dryu Angerer/Getty Images Shimoliy Amerika/AFP]

NYU YORK -- Seshanba, 10-aprel kuni Rossiyaning BMTdagi bir qator hatti-harakatlari – Suriyada yaqinda sodir etilgan ehtimoliy kimyoviy hujum ijrochilarini aniqlashga qaratilgan har qanday choralarga nisbatan veto qo‘yishi Kremlning Bashar Asad rejimi tomonidan sodir etilayotgan harbiy jinoyatlarga aloqador ekanini ko‘rsatdi.

Voqea joyiga birinchi bo‘lib yetib borganlarning hisoblari, video va suratlari o‘tgan hafta isyonchilar qo‘lida bo‘lgan Duma qo‘rg‘oniga xlor gazi vositasida amalga oshirilgan hujum natijasida 40 kishi halok bo‘lgani va 500 dan ortiq odam shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlarni tasdiqlamoqda.

Seshanba kuni Rossiya Xavfsizlik kengashida Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) va BMTning birgalikdagi tekshiruv mexanizmini (JIM) qayta tiklash bo‘yicha AQSHning taklifiga veto qo‘ydi. Ushbu mexanizmning amal qilish muddati o‘tgan yilning noyabr oyida tugagan bo‘lib, Suriyadagi kimyoviy hujumlarni tergov qilish va aybdorlarni aniqlashga imkon bermas edi.

Bu bilan Rossiya kengashda Suriya ittifoqchilariga qarshi yo‘naltirilgan choralarni to‘xtatish uchun o‘n ikkinchi marta o‘zining veto huquqidan foydalandi. Qaror qabul qilinishi uchun uning loyihasiga kengashning 15 a’zosidan 9 tasi ovoz berishi kerak, uning 5 doimiy a’zolari – Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlardan hech biri unga qarshi veto qo‘llamasligi zarur.

9-aprel kuni Suriyaning Duma shahrida olingan videoda gazsimon xlor bilan to‘ldirilgani taxmin qilinayotgan snaryad ko‘rsatilgan. Hujum natijasida tinch aholi vakillaridan 40 nafari halok bo‘lgan, 500 dan ortig‘i kasalxonaga yotqizilgan. Snaryad qurbonlar foto va videotasvirga olingan bino ichida bo‘lgan. Keyinroq, rossiyalik harbiy maslahatchilar ushbu binoda bo‘lib, “kimyoviy qurol belgilari topilmaganini” ma’lum qilganlar. (Oq dubulg‘alilar)

9-aprel kuni Suriyaning Duma shahrida olingan videoda gazsimon xlor bilan to‘ldirilgani taxmin qilinayotgan snaryad ko‘rsatilgan. Hujum natijasida tinch aholi vakillaridan 40 nafari halok bo‘lgan, 500 dan ortig‘i kasalxonaga yotqizilgan. Snaryad qurbonlar foto va videotasvirga olingan bino ichida bo‘lgan. Keyinroq, rossiyalik harbiy maslahatchilar ushbu binoda bo‘lib, “kimyoviy qurol belgilari topilmaganini” ma’lum qilganlar. (Oq dubulg‘alilar)

USS Donald Cook boshqariluvchi raketalar tashuvchi kemasi Fransiyaning Sherbur shahridagi dok-stansiyaga kirish paytida. Ayni paytda kema Suriyadan hujum qilsa bo‘ladigan masofada turibdi. (Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha birinchi toifali mutaxassis Teron J. Godbold / AQSH Harbiy-dengiz kuchlari)

USS Donald Cook boshqariluvchi raketalar tashuvchi kemasi Fransiyaning Sherbur shahridagi dok-stansiyaga kirish paytida. Ayni paytda kema Suriyadan hujum qilsa bo‘ladigan masofada turibdi. (Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha birinchi toifali mutaxassis Teron J. Godbold / AQSH Harbiy-dengiz kuchlari)

Kengashning 15 a’zosidan o‘n ikkitasi, jumladan Fransiya, Buyuk Britaniya, Afrikaning ayrim davlatlari, Qozog‘iston va Quvayt AQSH taklif etgan choralarni qo‘llab-quvvatladi. Boliviya qaror loyihasiga qarshi ovoz bergan, Xitoy esa betaraf qolgan.

Rossiyaning BMTdagi vakili Vassiliy Nebenzya AQSHni Suriyada kelgusi harakatlarini oqlash “maqsadida” “qarorni rejalashtirganilk”da aybladi.

Xalqaro noroziliklarga qaramay, Rossiya AQSH chorasi bo‘yicha o‘z versiyasini taklif etdi, unga asosan Xavfsizlik kengashiga Suriyada kimyoviy qurollarni qo‘llashdagi aybdorni belgilash ma’suliyati beriladi.

AQSHning BMTdagi vakili Nikki Heyli Rossiya tomonidan taklif etilgan “Asad rejimini himoya qilish uchungina” yo‘naltirilgan qaror loyihasini rad etdi, chunki, unga ko‘ra Xavfsizlik kengashi u chiqargan xulosalarni oqlaydi, boshqacha qilib aytganda, Rossiyaga aybdorni aniqlashga qaratilgan har qanday choralarga qarshi veto qo‘llash huquqini beradi.

Seshanba kuni Rossiya qarorining loyihasi, kutilgandek, zarur bo‘lgan to‘qqizta ovozdan oltitasini qo‘lga kiritib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Rossiya uchinchi qaror loyihasini taqdim etdi, unga ko‘ra, faktlarni aniqlash missiyasi qo‘llab-quvvatlanadi, ammo KQTT allaqachon bu missiyani Suriyaga yuboran.

Bu chora tadbirlar ham yetarli ovozga ega bo‘lmadi, qarshi tomon kimyoviy hujumlarni sodir etganlarni aniqlash uchun aniq mexanizm yo‘qligini da’vo qildil.

“Maxluq himoyasi”

“Rossiya kengashga bo‘lgan ishonchni yo‘qqa chiqardi”, dedi Heyli. “Suriyaga oid biror narsani taklif qilsak, Rossiya unga qarshi veto qo‘llaydi.”

“Dunyo hamjamiyati Duma aholisi bilan birga kengashdan chora kutgan paytda birgina davlat bunga to‘g‘anoq bo‘ldi. Bu tarixda qoladi.”, dedi Heyli. “Rossiya Suriyayiklar hayoti o‘rniga, maxluq himoyasini tanladi, tarix buni ushbu kunga muhrlaydi.”

Rossiyaning qo‘llari “Suriya bolalarining qoniga belangan”, dedi u.

Heyli Xavfsizlik kengashida yetarlicha ovoz to‘play olmagani Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning ittifoqdoshlarini to‘xtata olmasligini ta’kidladi.

O‘ch olish harakati

AQSH ma’muriyati o‘zining bir qator ittifoqchilari bilan Suriya rejimini va ehtimol, uning Rossiya va Eronlik tarafdorlarini urushdan vayron bo‘lgan mamlakatda zaharli gaz vositasida amalga oshirilgani aytilayotgan vahshiyliklar uchun javob berishga majburlashi va buning uchun reja ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp va mudofaa vaziri Jim Mattis rejalashtirilgan safarlarini bekor qildilar. Sababi, AQSHning USS Donald Cook esminetsi Suriyaga hujum qilsa bo‘ladigan masofaga yaqinlashgan.

O‘z hatti-harakatlarini Vashington bilan maslahatlashgan holda olib borayotgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “yaqin kunlarda” javob choralari bo‘yicha qaror qabul qilishini aytgan.

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti tez orada Dumada maxsus tergov guruhi ish boshlashini ma’lum qildi.

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga (KQTT) erkin tergov olib borish uchun ruxsat berilishi kerakligini aytdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti charshanba, 11-aprel kuni ehtimoliy kimyoviy hujumdan jabrlanganlar tomon zudlik bilan yo‘l ochilishini talab qildi.

“Dumadan olingan mudhish xabarlar va suratlar barchamizni larzaga soladi”, dedi BMTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentligi rahbari Piter Salama.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti jabrlanganlarga yordam berish, ularning salomatligiga yetkazilgan zararni baholash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha kompleks choralarni ko‘rish uchun ushbu tumanga erkin kirish ta’minlanishini talab qilmoqda”, deb qo‘chimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

NEGA HAMMA UCHUN QORA – OQ, OQ ESA QORA…? IBLIS HAMMANI KO‘ZINI KO‘R QILIB QO‘YGAN VA HECH KIM HAQIQATNI GAPIRISHNI ISTAMAYDI, SABABI YER YUZINI AYNAN IBLIS BOSHQARMOQDA. LEKIN YAQINDA HAMMASI TUGAYDI. XUDO UNING YERI VA XALQINI QIRAYOTGAN HAMMA RAHBARLARNI YO‘QOTIB TASHLAYDI. KIMDA-KIM QILICH USHLAB JANGGA KIRSA, QILICHDAN HALOK BO‘LADI

Javob berish

Rahmat sizga

Javob berish

Maqola muallifi, amerikoslar va ularning vassallari seni necha pulga sotib olishdi?

Javob berish