Karvonsaroy
Atrof muhit

AQSH tomonidan moliyalashtirilgan ekologik tanlov Qozog‘istonda “yashil” hayotni targ‘ib qilmoqda

Aydar Ashimov

Suratda: Tanlovda qatnashgan Anel Amirkenova, 14-aprel. Qog‘ozning orqa tarafiga tanlov nomi – “7 yashil kun” deb yozish orqali undan takroran foydalanish tanlovdagi vazifalardan biri edi. (Aydar Ashimov)

Suratda: Tanlovda qatnashgan Anel Amirkenova, 14-aprel. Qog‘ozning orqa tarafiga tanlov nomi – “7 yashil kun” deb yozish orqali undan takroran foydalanish tanlovdagi vazifalardan biri edi. (Aydar Ashimov)

OSTONA – AQSH elchixonasi homiyligida 6-12 aprel kunlari o‘tkazilgan “7 yashil kun” nomli tanlov davomida qozog‘istonliklarga atrof-muhit muhofazasining ahamiyati haqida tushuncha berildi.

“Tanlovdan ko‘zlangan maqsad – Qozog‘istonda atrof-muhit muhofazasini targ‘ib qilish va inson hatti-harakatlari sayyora hayotida ulkan rol o‘ynashini tushuntirishga ko‘maklashish”, deyiladi Ostonadagi AQSH elchixonasining tanlov haqidagi e’lonida.

Tanlov qatnashchilari hafta davomida kundalik vazifalarni bajarib, #7DaysOfGreen xeshtegi bilan Instagram tarmog‘iga foto va videoroliklar joylashtirib bordilar.

Xabarda aytilishicha, tanlov uchun yuborilgan materiallar elchixona tomonidan o‘ziga xosligi, dolzarbligi va intilishlar bo‘yicha baholandi, asosiy sovrin sifatida esa iPhone o‘ynaldi.

Tanlov 198 ishtirokchi bilan boshlandi, biroq, haftalik oxirida ulardan 144 nafari qoldi.

“Tanlov oldiga qo‘yilgan maqsadlar ko‘pchilikka oddiy inson atrof-muhitni qanday muhofaza qilishi mumkinligini tushuntirib berdi”, deydi tanlovda qatnashgan olmaotalik Anel Amirkenova Karvonsaroy bilan suhbatda.

U velosipedda harakatlanish, ko‘p martalik idishlardan foydalanish va go‘shtdan voz kechish orqali atrof-muhit muhofazasiga ko‘maklashishga qaror qilganini aytgan.

“Tanlov o‘tkazilganidan xursandman, odamlar unda bajonidil ishtirok etdilar”, deydi tanlovda 9 yashar o‘g‘li bilan qatnashgan atbasarlik Lyudmila Petrova.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500