Karvonsaroy
Ayollar huquqlari

BMT-YI loyihasi Qirg‘izistonda ayollar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi

Asker Sultanov

Qirg‘iz ayollari Bishkek markazida savdo qilmoqda, 19-aprel. YI tomonidan moliyalashtirilgan loyiha Qirg‘izistonda turli yoshdagilar orasida va gender chegaralari osha ayollar rolini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan. (Asker Sultanov)

Qirg‘iz ayollari Bishkek markazida savdo qilmoqda, 19-aprel. YI tomonidan moliyalashtirilgan loyiha Qirg‘izistonda turli yoshdagilar orasida va gender chegaralari osha ayollar rolini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan. (Asker Sultanov)

BISHKEK – Yevropa Ittifoqi va “BMT-Ayollar” tashkiloti birgalikda Qirg‘izistonda xotin-qizlarga qarshi zo‘ravonlikka barham berishga qaratilgan uch yillik loyihani amalga oshirish uchun birlashdilar, bunda asosiy maqsad majburiy nikohlar yoki kelin o‘g‘irlashni to‘xtatishga qaratilgan.

“Avlodlar va gender chegaralari osha – Qirg‘izistonda jamiyat gender zo‘ravonligiga qarshi” deb nomlangan loyihaning asosiy maqsadi qirg‘iz ayollariga nisbatan oilada va jamiyatda hurmatga asoslangan gender normalarini joriy etishga qaratilgan, deydi Qirg‘izistondagi “BMT-Ayollar” tashkiloti mutaxassisi Nuray Mamitova.

“BMT-Ayollar” tashkilotining 10-aprel kungi bayonotiga ko‘ra, uch yillik loyiha uchun Qirg‘izistonda YI delegatsiyasi tomonidan 800 ming yevrodan (66 million qirg‘iz so‘mi) ortiq mablag‘ ajratilgan.

Qirg‘izistonda aprel oyida boshlangan loyiha “BMT-Ayollar”, “HelpAge International” va “O‘zgarishlar agentlari” nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilmoqda. U uchta asosiy bosqichdan iborat bo‘ladi.

Birinchi bosqich to‘rtta maqsadli viloyatlar – O‘sh, Botken, Talas va Issiqko‘l viloyatlarida gender zo‘ravonligini kamaytirishga qaratilgan, deb ma’lum qildi Mamitova.

“Biz loyihaning ilk boschiqida gender rollarini o‘zgartirish metodologiyasiga asoslangan mashg‘ulotlarni boshladik”, dedi u Karvonsaroyga.

“Qishloq joylarda er-xotinlar ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashib, psixolog bilan ishlaydilar”, dedi u. “Seanslar er-xotin uchun umumiy maqsadlar va istaklarni aniqlashga qaratilgan”.

“Ularning xohish-istaklari oila a’zolarining ehtiyojlari bilan birgalikda inobatga olinadi. Bu usullar ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni kamaytirishga yordam beradi..”

Ikkinchi bosqich oilaviy majburiyatlarni teng ravishda taqsimlanishiga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

“Ikkinchi bosqichda oila mashg‘ulotlar davomida o‘z muammolarini ochiq muhokama qilib, turli stereotiplarni (masalan, oiladagi barcha yumushlar ayollar zimmasida ekanligi) o‘zgartirish ustida ishlaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning uchinchi bosqichida broshyuralar tarqatish va OAVda e’lonlar joylashtirish mo‘ljallangan.

“Biz 16 ming kishini qamrab olishni rejalashtirmoqdamiz, ular loyihadan bevosita manfaatdor bo‘ladilar”, dedi u. “Jamoatchilikning xabardorligini oshirish maqsadida esa 200 ming kishini qamrab olish ko‘zda tutilgan”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

​Qandaydir safsata, mamlakatimizda ayollar zo‘rlanishini birinchi marta eshitishim. BMT va Yevropa suvni loyqalatmoqda.​

Javob berish

Men bu loyihada ishtirok etishni istardim.

Javob berish

Bu o‘z vaqtida amalga oshirilayotgan loyiha, zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan ayollarga ko‘maklashuvchi “Ventus” nodavlat tashkiloti loyihani Issiqko‘lda amalga oshirishini istardim.

Javob berish