Karvonsaroy
Salomatlik

Suratlarda: Qozog‘istonlik tibbiyot xodimlari favqulodda yordam ko‘rsatishni o‘rganmoqda

Aydar Ashimov

AQSHlik o‘qituvchilar bemorlarda uchraydigan jarohatlarning turlarini tushuntirmoqdalar, 25-aprel, Ostona. (Aydar Ashimov)

AQSH Davlat departamentining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mutaxassisi Stiven Kolbining so‘zlariga ko‘ra, jarohatlangan shaxsning boshini pastroq qilib, yonboshlatib yotqizish muhim. Tananing hayotni saqlab qoluvchi bunday holatida yaralangan shaxsning nafas olishi yengillashadi. (Aydar Ashimov)

Kolbi qozog‘istonlik tez yordam shifokorlariga ichki jarohatlanishda yopishqoq lenta va bint yordamida qon ketishini to‘xtatishni ko‘rsatmoqda. (Aydar Ashimov)

Shifokorlar qo‘ltiqosti yaralanishda (bog‘ich jarohatlangan shaxsning bo‘ynigacha borgan) bog‘lash usullarini o‘rganmoqdalar. (Aydar Ashimov)

Shifokorlar gipotermiyanining oldini olish uchun bemorlarni issiq tutishlari kerak, deydi Kolbi. Bunday usullardan biri issiqlik qaytaruvchi choyshabdan foydalanishga asoslangan. (Aydar Ashimov)

Kolbi qanday vaziyatlarda jgut zarur bo‘lishi va qay holatlarda qattiq bog‘lash kerakligini tushuntirmoqda. (Aydar Ashimov)

Kolbi AQSH paramediklari qo‘llaydigan, qon ketishini to‘xtatish uchun ishlab chiqilgan yuqori samarali jgutlarni ko‘rsatmoqda. (Aydar Ashimov)

Kolbi bemorning nafas olishini tiklaydigan maxsus trubkani namoyish qilmoqda. (Aydar Ashimov)

ASTANA – “Astana” o‘quv-klinik markazi 25-aprel kuni AQSH elchixonasi ko‘magida Qozog‘istonda shoshilinch tibbiy yordam xodimlari uchun bepul o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Markaz vakillariga ko‘ra, trening birlamchi tez tibbiy yordam asoslarini o‘rgatishga qaratilgan.

AQSHlik yo‘riqchilarning so‘zlariga ko‘ra, paramediklar jabrlanganlarga ular kasalxonaga yotqizilgunga qadar favqulodda yordam ko‘rsatadilar.

“Og‘ir jarohatlangan odamga birinchi yordamni ko‘rsatish uchun atigi 6 daqiqa vaqtimiz bo‘ladi”, deydi majlisda qatnashgan murabbiylardan biri, AQSH davlat departamentining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mutaxassisi Stiven Kolbi “Karvonsaroy” bilan suhbatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oddiy insonlar yoki tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan hatti-harakatlar qonni to‘xtatish, nafas olishni tiklash va tananing sovib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.

Shifokorlar qo‘ltiqosti yaralanishda (bandaj jarohatlangan shaxsning bo‘ynigacha borgan) bog‘lash usullarini o‘rganmoqdalar. (Aydar Ashimov)

“Astana” o‘quv-klinik markazi bosh direktori Rayhon Musina bu kabi bilimlarning juda muhimligini ta’kidlaydi.

Mashg‘ulotlar Qozog‘istonlik tibbiyot xodimlari uchun o‘ta foydali bo‘ldi, dedi Musina.

“Amerikalik hamkasblarimiz bizga bepul mashg‘ulotlar o‘tishmoqda”, dedi u Karvonsaroyga. “Bu Qozog‘iston va AQSH xalqlari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi va istiqboldagi hamkorlik uchun xizmat qiladi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500