Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Markaziy Osiyo aholisining deyarli yarmi Rossia OAVga ishonmasligi so‘rovlardan ma’lum bo‘ldi

Karvonsaroy

Rossiyaning asosiy onlayn ommaviy axborot vositasi bo‘lgan “Sputnik” soxta axborot va mish-mish tarqatishi sababli tez-tez tanqidga uchrab turadi. (Sputnik)

Rossiyaning asosiy onlayn ommaviy axborot vositasi bo‘lgan “Sputnik” soxta axborot va mish-mish tarqatishi sababli tez-tez tanqidga uchrab turadi. (Sputnik)

So‘rovlar natijasida Markaziy Osiyo aholisining deyarli yarmi “Sputnik” va RT kabi Rossiya OAVga ishonmasligi ma’lum bo‘lgan.

Aprel oyi davomida olib borilgan “Sputnik va RT kabi Rossiya OAVga ishonasizmi?” deb nomlangan Karvonsaroy so‘rovnomasida 758 kishi ishtirok etgan.

O‘quvchilar orasida 264 kishi (34%) “ha”, 377 tasi (48%) “yo‘q”, 63 nafari (8%) “mavzuga bog‘liq” va 58 o‘quvchi (7%) “Men RT yoki “Sputnik” haqida hech qachon eshitmaganman” deb javob bergan, 23 (3%) odam “bilmayman” degan javobni tanlagan.

Asosiy javoblar – 51% Qozog‘istondan, 17% O‘zbekistondan, 8% Qirg‘izistondan, 4% Tojikistondan va qolgan 20% Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardagi turli proksi serverlardan olingan.

Kremlning davomli soxta axborot tarqatish kampaniyalari sababli so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda “Birinchi Kanal” kabi Rossiya yangiliklar kanallarining mashhurligi pasaygan. (Birinchi kanal)

Kremlning davomli soxta axborot tarqatish kampaniyalari sababli so‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda “Birinchi Kanal” kabi Rossiya yangiliklar kanallarining mashhurligi pasaygan. (Birinchi kanal)

Aprel oyi davomida Karvonsaroy sahifasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasi. (File)

Aprel oyi davomida Karvonsaroy sahifasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasi. (File)

So‘rovnomaga bir xil IP-manzilga ega javoblar ham ta’sir qilgan. Bunda bir ish joyidagi yoki internet-kafedagi turli shaxslar yoxud bir shaxs bir necha marotaba so‘rovnomada qatnashgani, boshqa nom bilan aytganda, “byulletenlarning yoppasiga to‘ldirilishi” holatini aniqlash qiyin.

Faqat unikal IP-manzillar hisobga olingan taqdirda ham, 573 ta ishtirokchining uchdan biri yoki undan ko‘prog‘i Rossiya OAVga ishonchsizlik bildirgan.

Unikal IP-manzillardan kelgan javoblar hisoblab chiqilgach, natijalar quyidagicha bo‘ldi: 235 (40%) - “Ha”, 217 (37%) - “Yo‘q”, 59 (10%) - “Mavzuga qarab”, 52 (9%) - “Men hech qachon RT yoki “Sputnik” haqida eshitmaganman” va 21 (4%) - “Bilmayman”.

Faqat Qozog‘istondan olingan javoblar hisoblanadigan bo‘lsa, u holda 92 ta odam (23%) “Ha”, 237 tasi (59%) “Yo‘q” deb ovoz bergan. Unikal IP-manzillar ichida esa, 85 (32%) “Ha” va 119 (44%) “Yo‘q” degan javob berilgan.

Rossiya manbalari ishonchni yo‘qotmoqda

Mazkur so‘rovnoma natijalari Markaziy Osiyoda Rossiya OAVga nisbatan ishonchsizlik tobora ortib borayotgan vaqtda ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonliklar esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish va OAVni kuzatish masalasida ziyraklashganlar, oqibatda ularning Rossiyaga tegishli resurslarga nisbatan ishonchi yo‘qolib bormoqda.

Dunyo bo‘ylab jamoatchilik fikriga ta’sir qilishga urinishda ayblangan Rossiyaning “trollar fabrikasi”ga tegishli yuzlab Facebook va Instagram hisoblarining o‘chirilishi bu ishonchga yanada ko‘proq putur yetkazdi.

4-aprel kungi bayonotida Facebook 95 foizi rus tilida yuritilgan 70 ta Facebook hisobi, 138 ta sahifa va 65 ta Instagram hisobini o‘chirib tashlagani haqida xabar bergandi.

Faoliyati to‘xtatilgan ushbu resurslar Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston va dunyoning boshqa mamlakatlaridagi rusiyzabon o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lgan, deb xabar beradi Facebook.

O‘tgan yil davomida o‘zbekistonliklarning mahalliy televideniyega qiziqishi ortib, mahalliy teleko‘rsatuvlar Rossiya dasturlarining o‘rnini egallay boshlagan.

Bu vaziyat Rossiya telekanallari egalarining o‘zbek tomoshabinlari e’tiborini qozonish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini kuchaytirgan bo‘lsa-da, natija kutilganidek bo‘lmadi.

Dunyo bo‘ylab “soxta yangiliklar” tarqatish

Rossiyaning bu kabi tashviqot harakatlaridan so‘nggisi Suriyada aprel oyida sodir etilgan kimyoviy hujum haqida soxta ma’lumot tarqatish bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu tashviqot Kreml qanoti ostidagi Suriya rejimini himoya qilish uchun olib borilgan.

Buyuk Britaniya Suriyadagi “Oq dubulg‘alilar” tezkor yordam guruhlarini 40 kishining o‘limi va 500 dan ortig‘ining jarohat olishiga sabab bo‘lganvoqeani soxtalashtirishga majburlagani haqidagi mish-mishlar Rossiya ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan.

Birlashgan Qirollikning BMTdagi elchisi Karen Pirs ushbu iddaolarni “mubolag‘a” va “chidab bo‘lmaydigan yolg‘on” deb atadi.

“Bu Rossiyaning tashviqot mashinasi davridan beri biz ko‘rgan soxta xabarlarning eng yomoni bo‘ldi”, dedi Pirs jurnalistlarga BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida.

Tezkor yordam guruhlarining videotasvirlari, suratlari va hisoblari 6-7 aprel kuni Dumadagi isyonchilar maskani xlor gazi hujumi oqibatida vayron etilganini tasdiqlagan.

Hatto uzoq Afg‘onistonda ham, rasmiylari va kuzatuvchilar Rossiya OAV mamlakatda beqarorlikni keltirib chiqarish maqsadida yolg‘on va voqelikka zid xabarlarni tarqatayotganini aytadilar.

“Sputnik”ning soxta xabari mavzusiga aylangan Afg‘oniston milliy xavfsizlik boshqarmasi sobiq rahbari Amrullo Solihning aytishicha, Sputnik “soxta xabarlar, yolg‘on tarqatish va tashviqot bilan shug‘ullanmoqda”.

“Sputnik tarafidan yolg‘on xabarlat tarqatilishi oxir-oqibat (uning o‘ziga qarshi) salbiy munosabatni yuzaga keltiradi”, deydi kobullik jurnalist va OAV faoli Horis Jamolzoda. U mish-mish tarqatish saytning nufuziga putur yetkazishi va unga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishiga olib kelishini aytdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Oʻz xodimlaringiz orasida soʻrov oʻtkazganmisiz? Iflos kazzoblar! Barakalla, qancha koʻp shunaqa maqolalar yozsangiz, biz Rossiya OAVga shunchalik koʻproq ishonishni boshlaymiz. HAQIQAT KOʻZINGIZNI ACHITMOQDA!

Javob berish

Sud sizga Rossiyani ***ni yalaysiz siz kabi vatanpurushlar.

Javob berish

Rossiya tashviqoti shunchalik soxta ekanligidan unga hech kim ishonmay qoʻygan

Javob berish

Bo‘lmag‘ur maqola ekan, kim so‘rov o‘tkazgan-u, kimlar javob bergan.. Borib turgan safsata.

Javob berish

Sotqin Karvonsaroy, kimga ishlaysan? Hayotimizga burningni suqma! Yolg‘on va nizolar tarqatmang!

Javob berish

Bu amerikoslar hamma joyga burnini suqadi. Qirg‘izistonda bir nechta inqilob yuz berdi... Amerikaliklar Manasdan ketishganidan keyin hammasi tinchidi. Andijonda qancha odam qurbon bo‘ldi (2005-yilgi tartibsizliklarda). Birinchi prezidentimiz amerikaliklarni haydab chiqardi. Hamma narsa tinchidi... Ularni ostonada ushlab turish kerak, uyga kiritish kerak emas. Bu saytga ham amerikoslar homiylik qiladi. Menimcha yetarli gap aytildi. O‘ylab ko‘r, xalq.

Javob berish

Birinchi marta eshityapman!

Javob berish

Rossiyaga qarshi informatsion urushda bu sayt ham ish quroli ekanligini faqat ahmoq insongina tushunmaydi. Rossiyadan boshqa mavzuda xam yozasizlarmi

Javob berish

Sarlavha g‘irt klikbeyt: “Markaziy Osiyo aholisining deyarli yarmi Rossiya OAVga ishonmaydi”. Aha. Maqolani o‘qib chiqqandan keyin esa savol: “Siz Sputnik va RT kabi Rossiya OAVga ishonasizmi?” bo‘lgani oydinlashadi. Nima, sarlavhani to‘liq yozish eslaringdan chiqdimi? Karvonsaroy – borib turgan tashviqot axlatxonasi.

Javob berish

Jirkanch maqola, “qari kampirning ertaklari”ga o‘xshaydi! Hurmatli tahririyat, 1000 dan kam o‘quvchilaringiz orasida so‘rov o‘tkazib, Markaziy Osiyo xalqi nima o‘ylashini aytishga qanday haddingiz sig‘di??? Sarlavhani “O‘quvchilarimizning ko‘pchiligi (40%) Rossiya OAVga ishonadi va 37 foizi ishonmaydi” deb o‘zgartirishingiz kerak. Axir unikal IP-manzillarni hisoblaganda shunday natija chiqqanku?.. Hatto o‘quvchilaringiz orasida ham ko‘pchiligi siz shunchalar nafratlangan RF OAViga ishonishi haqida o‘ylab ko‘rsangiz yaxshi bo‘lardi.

Javob berish

Rossiya OAVlari Sovet davridan beri yolg‘on, soxta ma’lumot tarqatishi va tashviqot bilan shug‘ullanishi avvaldan ma’lum!!!

Javob berish

Rossiya prezidenti Putin sobiq KGB agenti bo‘lgani sabab, u hammani qo‘rqitib tovlamachilik qilishga doim tayyor, haqiqatni aytadigan bo‘lsak, butun dunyoda tizim xuddi shunday ishlaydi.

Javob berish