Karvonsaroy
Xavfsizlik

FQB O‘zbekiston huquq-tartibot xodimlari uchun maxsus trening o‘tkazdi

Maksim Yeniseyev

FQB mutaxassisi O‘zbekiston bosh prokuraturasi xodimlari uchun amaliy mashg‘ulot olib bormoqda, 16-20-aprel, Toshkent. (AQSHning Toshkentdagi elchixonasi)

FQB mutaxassisi O‘zbekiston bosh prokuraturasi xodimlari uchun amaliy mashg‘ulot olib bormoqda, 16-20-aprel, Toshkent. (AQSHning Toshkentdagi elchixonasi)

TOSHKENT – O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar bosh prokuraturasi xodimlari portlashlarni tergov qilish bo‘yicha FQB tomonidan o‘tkazilgan bir haftalik o‘quv seminarida ishtirok etdilar. (FQB)

FQBning to‘rt nafar maxsus agenti va portlovchi moslamalar bo‘yicha mutaxassislar aprel oyi o‘rtalarida Toshkentga tashrif buyurdilar. Bu yerda ular 16-20-aprel kunlari Bosh prokuratura akademiyasida ma’ruza o‘qib, amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

“Seminarning bir qismi amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ldi, unda Ichki ishlar vazirligi (IIV) o‘quv maydonchasida amaliy tergov mashqlari o‘tkazildi, deyiladi AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi 26-aprel kuni e’lon qilgan bayonotda.

“Xalqaro treninglar yordamida FQB huquqni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorlarga dastlabki va ilg‘or tergov usullari, hamkorlik qilish va dalillarni yig‘ishda yordam beradigan ko‘nikmalarni o‘rgatadi”, deb aytgan FQB vakili AQSH elchixonasi bayonotiga asosan.

“Portlashni tergov qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar huquqni muhofaza qilish xodimlari o‘rtasida hamkorlikni xalqaro miqyosda kuchaytirishga qaratilgan”, deb qo‘shimcha qilgan FQB rasmiysi.

O‘zaro maslahat va tajriba almashinuvi

FQB mutaxassislari tomonidan uchta avtomashina portlashi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi, ularda portlash yuz bergan joyda qanday qilib dalillarni to‘plash va mutaxassislar ekspertizasi uchun namunalarni qay tarzda olish namoyish qilindi.

Mutaxassislar o‘z tajribalari haqida so‘zlab berdilar va tergov davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolar haqida ogohlantirdilar.

“Xalqaro huquqni muhofaza qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar va hamkorlik bizga tergov texnikasi, dalillarni to‘plash va ayblov qo‘yish natijalarini birlashtirishga yordam beradi”, deb bayonot berdi AQSH elchixonasi hududiy xavfsizlik idorasi vakili. “FQB mutaxassislari haqiqiy tergovlarda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish va shunday amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga ko‘maklashadilar. Bu bilan biz, transmilliy jinoyatchilar va terrorchilarga qarshi birgalikda kurasha olamiz.”

Xavfsizlikka oid hamkorlikni kuchaytirish

O‘tgan yil dekabr oyida O‘zbekiston bosh prokuraturasi va FQB o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan edi.

Keyinchalik joriy yilning 15-martida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi AQSH maxfiy xizmatlari bilan transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha yana bir anglashuv memorandumini imzolagan.

O‘zbekistonlik tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish, shu bilan birga, mahoratli amerikalik mutaxassislardan tajriba olish O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xodimlarining malaka oshirishiga yordam beradi.

“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchun O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ayni damda asosiy tayanchdir”, deydi toshkentlik siyosatshunos Umid Asatullayev Karvonsaroy nashriga.

“Bu yerdan mas’ul lavozimlar uchun kadrlar tanlab olinadi”, dedi u. “Bosh prokuratura zimmasiga kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashdan tortib, huquqni muhofaza qilish idoralarini boshqarishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli vazifalar yuklatilgan.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500