Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qirg‘izistonda “ekstremistik” deb topilgan SoundCloud bloklandi, foydalanuvchilar norozi

Arman Kaliyev

Qirg‘izistonda 20 dan ortiq vebsayt, jumladan, SoundCloud xizmati ekstremistik materiallar mavjudligi sabab bloklangan. (File)

Qirg‘izistonda 20 dan ortiq vebsayt, jumladan, SoundCloud xizmati ekstremistik materiallar mavjudligi sabab bloklangan. (File)

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumatining ekstremizm tarqalishini to‘xtatishga qaratilgan so‘nggi choralari internet foydalanuvchilari, rasmiylar va tahlilchilarni o‘ylantirib qo‘ydi.

Mamlakat oliy sudi 14-may kuni bir nechta vebsaytlar, jumladan, musiqa ulashish uchun mo‘ljallangan SoundCloud xizmatini tarkibida ekstremistik material mavjudligi sabab bloklash haqida buyruq bergan.

Qaror Bosh prokuratura SoundCloud servisini ekstremistik deb e’lon qilganidan keyin qabul qilindi, dedi Oliy sud xodimi Syuita Sourbayeva Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosining qirg‘iz xizmatiga.

Mazkur ish o‘tgan yil oktabr oyida Oktabr tumani sudi ilk bor ekstremistik vebsaytlar haqidagi qarorni qabul qilgandan beri sudda ko‘rib chiqilayotgan edi.

Qirg‘iziston oliy sudi 14-may kuni bir nechta vebsaytlar, jumladan SoundCloud, LiveLeak sahifalarini ekstremistik deb e’lon qildi. Sud zali, 17-may. (Arman Kaliyev)

Qirg‘iziston oliy sudi 14-may kuni bir nechta vebsaytlar, jumladan SoundCloud, LiveLeak sahifalarini ekstremistik deb e’lon qildi. Sud zali, 17-may. (Arman Kaliyev)

Ayblangan saytlar qatorida LiveLeak video xizmati ham mavjud. Sud qarori ta’sir etgan sahifalar ekstremistik harakatlar, jumladan “Islom Davlati” (ID), Hizb ut-Tahrir va Tolibonlar uchun tashviqot sifatida xizmat qilayotgani aytilgan, deydi bu saytlar kontenti tahlilchisi.

Dunyo bo‘ylab 175 milliondan ortiq foydalanuvchisi bo‘lgan SoundCloud musiqa ulashish platformasidir.

Mavjud texnik muammolar

Biroq, Qirg‘izistonning SoundCloud servisini bloklagani bilan bog‘liq holatda ayrim noaniqliklar bor.

Chora-tadbirlar “texnik sabablarga” ko‘ra kuchga kirmagan, deydi QIrg‘iziston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Sapar Bahirdinov RFE/RL qirg‘iz xizmatiga.

“Biz cheklovlar qo‘yishi mumkin bo‘lgan har bir internet-provayderga murojaat qilyapmiz", dedi u RFE/RL radiosiga. “Ayni damda ularning ba’zilarida texnik imkoniyatlar mavjud emas.”

Aslida bundan nozikroq chora ko‘rilishi kerak, lekin hozir buning iloji yo‘q, dedi u. Hukumat SoundCloud ijtimoiy tarmoq sifatida xizmat qilishini hisobga olib, “faqat ekstremistik deb topilgan audiofayllarni” bloklashini afzal ko‘rgan edi”, deb qo‘shimcha qildi u.

“Ammo, texnik imkoniyatlar yo‘qligi sabab, internet provayderlari yordamida butun veb-saytni bloklashga majburmiz”, dedi Bahirdinov.

Shunga qaramay, Qirg‘izistonning Kloop yangiliklar sayti Qirg‘izistondagi ko‘pchilik foydalanuvchilar yil boshidan beri SoundCloud saytini ocha olmayotgani haqida 14-may kuni xabar bergan va mamlakat bo‘ylab musiqa almashish xizmati sekin-asta bloklanishiini aytib o‘tgan.

Yangi cheklovlar

Qirg‘izistonliklar bir nechta shubhali audiofayllarni deb, butun xizmatning bloklanishidan norozi.

“Bu kimlarningdir postlari sababli, butun Facebookni yopib qo‘yishga o‘xshaydi”, dedi 28-yashar Asel Shakirova Karvonsaroyga. “Soundcloudda diniy da’vatlar emas, balki o‘zlarining sevimli musiqalarini tinglaydigan foydalanuvchilar nega bundan aziyat chekishi kerak?”

Kelajakda ekstremistik oqimlarga qarshi kurash kuchayadi, buning ortidan yana ko‘plab internet-resurslarni bloklanadi, deydi bishkeklik dinshunos Indira Aslanova Karvonsaroy bilan suhbatda.

Uning ogohlantirishicha, bunday yondashuvni jamiyatni himoya qilishning samarali usuli deb bo‘lmaydi.

“Internet ustidan mutloq nazorat o‘rnatib bo‘lmaydi” deydi u. Fuqarolar, ayniqsa, yoshlarga tanqidiy fikrlashni o‘rgatish ustida ishlash kerak.”

Oliy sudning ushbu qarori qirg‘iz hukumatining ekstremistik harakatlarga qarshi kurashining navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Zero, so‘nggi paytlarda ularning Qirg‘iziston axborot kengliklaridagi harakatlari faollashgan.

O‘tgan yili Qirg‘izistonda Bishkek shahar Oktabr tuman sudining buyrug‘i bilan tarkibida ekstremistik va terrorchilikka oid materiallar bo‘lgan 159 ta sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi hisoblar yopilgan edi. Bu haqda yanvar oyida mamlakat Bosh prokuraturasiga asoslanib, Ozod Yevropa/Ozodlik sayti xabar bergan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500