KIYEV, Ukraina – 30-may, chorshanba kuni jurnalistning o‘z “o‘limidan” bir kun o‘tmay paydo bo‘lishi bilan, Kremlning Rossiya ichida va butun dunyo bo‘ylab muxolifatchilarni bostirish kampaniyasi e‘tibor markaziga tushgan.
Kiyevdagi matbuot anjumanini kuzatayotganlar Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari Vasil Gritsak jurnalist Arkadiy Babchenkoni minbarga taklif qilganida hayratlanib qarsak chala boshladilar. Xavfsizlik xizmati rahbari Moskva tomonidan Babchenkoga qarshi suiqasdning oldini olish maqsadida uning o‘limini sahnalashtirilganini aytdi.
Bundan salkam 24 soat avvalroq Kreml o‘z muxolifatchilarini o‘ldirayotgani va Ukraina, Suriya hamda boshqa yerlarda urush boshlayotgani haqida Rossiya hukumatini ayblagan, uzoq vaqtdan beri Rossiya tanqidchisi bo‘lib kelgan jurnalist orqasidan uchta o‘q yeb o‘lgani haqida Ukraina xabar bergan edi.
“Mazkur operatsiya yordamidan biz jinoiy fitnani bartaraf etdik va Rossiya xavfsizlik xizmatlarining ushbu jinoyatni sodir etishini hujjatlashtirishga muvaffaq bo‘ldik”, dedi Gritsak matbuot anjumanida.
Rasmiylar ushbu fitna tashkilotchisi deb gumon qilingan shaxsni qo‘lga olganlar, deb xabar berdi Gritsak. Ukrainalik fuqaro, Boris German Rossiya maxsus kuchlari tarafidan bu ishga jalb etilganidan keyin yollanma qotilga 30 ming AQSH dollari berishni taklif qilgan.
Babchenko harbiy muxbir va jurnalist bo‘lib ishlashidan avval, Rossiyaning Chechenistonda 1990 va 2000-yillarda olib borgan janglarida ishtirok etgan. U Kremlning faoliyatini yoritgani bir necha bor o‘lim tahdidiga uchraganini aytgan edi.
Rossiya qo‘rqqan odam
Biroz o‘tib, Ukraina prezidenti Petr Poroshenko Babchenko bilan uchrashdi va Facebook sahifasida tantanali ravishda jurnalistning yangi hayoti boshlanishini “millionlab odamlar bayram qilishayotgani”ni haqida yozdi.
Rejalashtirilgan hujum “Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirish” va “Rossiyani xavotirga soladigan odamni yo‘q qilish” maqsadida “Rossiyadan turib tashkillashtirilgan”, dedi u.
Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko ushbu voqeani “Sherlok Xolms o‘z o‘limini sahnalashtirib, murakkab jinoyatlarni muvaffaqiyatli fosh etgani”ga qiyosladi.
Operatsiya jahon ommaviy axborot vositalarini chalg‘itdi va uning dunyo bo‘ylab faoliyat olib borayotgan jurnalistlarga qanday ta’sir qilishi haqida xavotirga tushgan OAV erkinligi guruhlarining g‘azabini qo‘zg‘adi.
Babchenko xavfsizlik xizmatlari bilan birgalikda o‘z o‘limini bir necha haftalardan buyon rejalashtirganini aytgan va bu tanqidlarni rad etgan.
“Axloqqa chaqirayotganlar men bilan bir xil vaziyatda bo‘lsalar, o‘zlarining yuqori axloqiy tamoyillariga amal qilishsin va ommaviy axborot vositalarini adashtirmay, boshlarini yuqori ko‘tarib o‘lib ketaverishsin”, deb yozdi u Facebook sahifasida.
“Eng muhimi, jurnalist o‘limi bartaraf etildi, tashkilotchilar qo‘lga olindi va jurnalist tirik”, dedi rossiyalik siyosiy sharhlovchi Yevgeniy Roizman.
Moskva raddiyalariga hech kim quloq tutmadi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri rejani “Rossiyaga qarshi yana bir fitna” deya rad etdi.
Ammo Moskvadan tortib, London va Kiyevgacha bo‘lgan Kremlning ko‘p sonli tanqidchilari o‘ldirilgani yoki og‘ir jarohatlar olgani Babchenkoning “o‘limini” yanada ishonarliroq hodisaga aylantirgan.
Putinning “maxfiy armiyasi” bo‘lgan Wagner guruhi haqida yozgan Rossiyalik jurnalist Maksim Borodin o‘tgan oy Yekaterinburgdagi ko‘p qavatli binoning beshinchi qavatida joylashgan xonadoni balkonidan “yiqilib tushib” shubhali tarzda halok bo‘lgandi.
Mart oyida Buyuk Britaniyada Kremlning operativ xodimlari rossiyalik sobiq ikki tomonlama agent Sergey Skripal va uning qiziga asab tizimiga ta’sir qiluvchi modda bilan hujum uyushtirgani gumon qilinmoqda.
Kremlga qarshi fikr bildirgan sobiq rossiyalik siyosatchi Denis Voronenkov 2017-yil mart oyida kunduz kuni ko‘chada o‘qqa tutilgan. Rossiya va Ukraina jurnalisti Pavel Sheremet esa 2016-yil iyulida mashinasining portlashi tufayli halok bo‘lgan.
2006-yil Londonda Kreml Rossiya Xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Aleksandr Litviyenkoni poloniy moddasi bilan zaharlashda ayblangan. Litviyenko jinoiy ayblovlar tufayli Rossiyadan qochgan va keyinchalik Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida tanqidiy fikrlar bildirgandi.
Rossiyaga qarshi chiqqan ukrainalik siyosatchi Viktor Yushchenko 2004-yilda prezidentlik saylovi davrida dioksin bilan zaharlangan, keyinchalik u prezident etib saylandi.
Kremlga bo‘lgan ishonch keskin kamaygan
Qurbonlar soni oshib borarkan, Moskvaning shubhali o‘lim holatlariga aloqador ekanini inkor qilishi tobora qiyinlashib bormoqda, xuddi uning boshqa masalalar - diplomatik, iqtisodiy va harbiy sohalardagi va’dalariga ishonish qiyin bo‘lib qolgani kabi.
Masalan, Markaziy Osiyodagi sobiq sovet respublikalari, aftidan, Rossiya bilan yaqin aloqalardan saqlangan holda o‘z yo‘llarini mustaqil ravishda boshqarishga o‘tmoqdalar.
Aprel oyida BMT Xavfsizlik kengashida Suriya masalasi bo‘yicha ovoz berish chog‘ida Qozog‘iston Rossiyani qo‘llab-quvvatlash o‘rniga betaraf qolgani rossiyalik kuzatuvchilarni hayratga solgandi. Tojikiston esa Kremlning tojik-afg‘on chegarasini nazorat qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qaytarib olmoqchi ekani haqidagi ishoralarini bir necha bor qat’iyan rad etgan. Tojikiston 2005-yildan beri o‘z chegaralarini o‘zi nazorat qilib keladi.
Kreml rahnamoligidagi Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiya tarafidan va’da qilingan foydalarni emas, balki ziyonlarini hisob-kitob qilmoqdalar.
Buning ustiga, Moskva terrorizm xavfidan Markaziy Osiyodagi harbiy hozirligini kuchaytirish yo‘lida bahona sifatida foydalanadi, biroq, voqelikda buning ostida g‘arazli maqsad yotibdi, deydi kuzatuvchilar.
O‘tgan yil noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning uydirma ma’lumotlarni tarqatgani fosh bo‘lgani unga nisbatan ishonchni yanada zaiflashtirgan edi.
Nahotki hali ham Skripallarning zaharlanganligiga ishonadigan odamlar boʻlsa? Gʻirt boʻlmagan gap!
Javob berishFikrlar 5
Maqolani yoqtirmagan 37 kishi kim o‘zi... bu Rossiya Federatsiyasining 5-kolonnasi!
Javob berishSafsatani o‘qigim ham kelmadi, shunday soxta xabar chiqaribdiki ukroplar nashadan olingan vodka yoki yankilarning GMO viskilarini ichishni afzal ko‘radi shekilli.
Javob berishFikrlar 5
Dunyodagi hamma urushlarni Qo‘shma Shtatlar boshlagan, u o‘z qudratini boshqa hududlarda ko‘rsatmoqda.
Javob berishUlarning tarixdan ilgarigi (tosh mahkamlanmagan) “qudrat” tayog‘ining ikki tarafi bordek go‘yo. (O‘ylab ko‘ring...)
Javob berishFikrlar 5