Karvonsaroy
Jamiyat

Suratlarda: Ostonada xalqaro ko‘chmanchilik madaniyati festivali

Aydar Ashimov

Turli millatlar vakilalari festivalga kelgan sayyohlarni qarshi olmoqda. (Aydar Ashimov)

Festival doirasida Ostona yaqinida tashkil etilgan “Etno-ovul” milliy madaniy majmuasi turli davlatlardan kelgan sakkiz guruhni o‘zida jamladi. (Aydar Ashimov)

“Etno-ovul” maydoni yettita qishloqqa ajratildi. Ularning har birida tomoshabinlar askarlar, chavandozlar, musiqachilar va hunarmandlarni ko‘rib zavq oldilar. (Aydar Ashimov)

Vengriya, Bolgariya, Ukraina, Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan kelgan ishtirokchilar milliy liboslar, urf-odatlar va o‘rta asrlardagi askarlar liboslarini namoyish etdilar. Suratda tarixiy voqealarni tiklab namoyish etishga ixtisoslashgan Turkiyaning Ordugay jamoasi. (Aydar Ashimov)

Qirg‘izistonlik ayol chavandoz erkak jamoadoshlari bilan birga tomosha ko‘rsatmoqda. (Aydar Ashimov)

Qo‘shiqchilar ijro vaqtida kiyik nafasi, o‘t-o‘lan shitirlashi, qushlarning sayrashi va shomonlarning ovozlarini o‘xshatishadi. Suratda – Bolgariyalik musiqachilar. (Aydar Ashimov)

Bolgariyalik jangchilar tomoshaga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. (Aydar Ashimov)

Ilk bolgar tiriklik maktabi “Baga-Tur” namoyish ko‘rsatmoqda. (Aydar Ashimov)

Ukrainalik kamonchilar o‘z mahoratlarini namoyish etmoqdalar. (Aydar Ashimov)

Qozoq milliy libosidagi ayollar qo‘shiq aytib junga ishlov bermoqdalar. (Aydar Ashimov)

Erkaklarning arqon tortish musobaqasi tomoshabinlar diqqat markazida. (Aydar Ashimov)

OSTONA – Ostonada 30-iyun va 1-iyul kunlari “Ko‘chmanchilar olami” deb nomlangan ko‘chmanchilik madaniyati xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda ko‘chmanchilar madaniyati va o‘yinlari namoyish etildi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Ukraina, Vengriya, Bolgariya hamda Rossiyaning Boshqirdiston va Yoqutiston respublikalaridan kelgan 8 nafar guruh festivalda ishtirok etdi. Festival Ostona Qozog‘iston poytaxti deb e’lon qilinganining 20 yilligi bayramiga to‘g‘ri keldi.

Tashkilotchilarga ko‘ra, festival 2008-yildan beri Vengriyada o‘tkazib kelinayotgan Turkiy xalqlarning Buyuk qurultoyiga asoslangan.

Ishtirokchilar turli ko‘chmanchilik o‘yinlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qildilar, chavandozlik, kamondan o‘tish bo‘yicha mahorat saboqlarini o‘tib, ko‘chmanchi qabilalar taomlari, musiqasi va hunarmandlik mahsulotlarini taqdim etdilar.

30-iyun va 1-iyul kunlari Ostona Qozog‘iston poytaxti deb e’lon qilinganining 20 yilligiga to‘g‘ri kelgan “Ko‘chmanchilar olami” festivaliga mezbonlik qildi. (Aydar Ashimov)

Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmatining xabar berishicha, “Etno-ovul” milliy madaniy majmuasida o‘tgan festivalga taxminan 5 ming kishi tashrif buyurgan.

“Hammasi juda ajoyib bo‘ldi – chavandozlar, musiqa, milliy liboslar va taomlar”, deydi ostonalik 17 yashar Yengeniya Soy.

“Markaziy Osiyodagi turli millatlar vakillari bir-birlari bilan muloqotga kirishib, do‘stona munosabatda bo‘lishi va iliq hissiyotlarni ulashishi mumkinligini ko‘rish maroqli”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Tomoshabinlar juda mamnun bo‘lishdi, menga ham yoqdi!”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500