Karvonsaroy
Yoshlar

Rasmiylarga ko‘ra, O‘zbekistonda jinoyatlarning deyarli uchdan biri yoshlar tomonidan sodir etilgan

Karvonsaroy

Velosiped mingan yoshlar, Toshkent, 5-iyul. O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi jinoyat ko‘rsatkichini tushirishga harakat qilmoqda. (Maksim Yeniseyev)

Velosiped mingan yoshlar, Toshkent, 5-iyul. O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi jinoyat ko‘rsatkichini tushirishga harakat qilmoqda. (Maksim Yeniseyev)

TOSHKENT – Joriy yilning shu davrigacha O‘zbekistonda sodir etilgan 17500 ta jinoyatning deyarli 31 foizi yoshlar hissasiga to‘g‘ri kelgan, deb xabar berdi payshanba, 5-iyul kuni O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Rasmiylar tashvishli statistikani 4-iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yoshlar uchun munosib sharoit va ish joylarini yaratishga bag‘ishlangan video-konferensiya davomida e’lon qilganlar.

Yoshlar ayniqsa, Andijon, Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida jinoyat sodir etish xavfi ostida qolmoqda. Joriy yilda bu hududlarda 22 mingta huquqbuzarlikning 11000 tasi yoshlar tomonidan sodir etilgan.

Qashqadaryo viloyatida 70 foiz yosh huquqbuzarlar na maktabda o‘qigan va na ish joyiga ega bo‘lgan. Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 57 foiz, Surxondaryoda 43% va Jizzaxda 42 foizni tashkil etgan.

O‘zbekiston hukumati yoshlarni ta’lim va ishga jalb etish orqali yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik darajasini kamaytirishga intilmoqda. (Pexels)

O‘zbekiston hukumati yoshlarni ta’lim va ishga jalb etish orqali yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik darajasini kamaytirishga intilmoqda. (Pexels)

Shu yilga qadar maktabga qabul qilingan 371 nafar yoshlar turli jinoyatlarni sodir etganlar.

Xorazm, Andijon, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida voyaga yetmaganlar hatto qotillik ham sodir etishgan.

Bu orada, joriy yilda rasmiylar Toshkentda boshqa viloyatlardan ota-onasiz va vasiysiz kelgan, hech qayerda o‘qimaydigan va ishlamaydigan, balog‘atga yetmagan 1700 ga yaqin yoshlarni aniqladi.

Balog‘atga yetmagan mazkur 1700 yoshdan 500 tasi maktab yoshida yoki undan kichik, 670 tasi esa bilim yurtida o‘quvchi talabalar yoshida bo‘lgan. Qolgan 530 nafar bolalar haqida ma’lumot berilmagan.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining yetakchilariga yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning nazoratsiz yoki vasiysiz qolib ketishining oldini olish va jinoyatchilik darajasini kamaytirishga qaratilgan aniq takliflarni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Salom, hurmatli maqola muallifi. Aytingchi, statistik maʼlumotlarni qayerdan oldingiz?

Javob berish