Karvonsaroy
Jamiyat

Suratlarda: Qozog‘istonda Ostonaga poytaxt maqomi berilganining 20 yilligi nishonlanmoqda

Aydar Ashimov

6-iyul, Poytaxt kunida qozog‘istonliklar Ostona shahri bo‘ylab sayr qilmoqdalar. (Aydar Ashimov)

6-iyul, Poytaxt kunida qozog‘istonliklar Ostona shahri bo‘ylab sayr qilmoqdalar. (Aydar Ashimov)

Rassom qizning yuzini bo‘yamoqda, onasi esa kuzatib turibdi. (Aydar Ashimov)

Rassom qizning yuzini bo‘yamoqda, onasi esa kuzatib turibdi. (Aydar Ashimov)

Ostona markaziy xiyobonida batut ustida sakrayotgan qiz. (Aydar Ashimov)

Ostona markaziy xiyobonida batut ustida sakrayotgan qiz. (Aydar Ashimov)

Raqqosa Ostonadagi Xalqaro ko‘cha raqslari festivali oldidan mashq qilmoqda. Har yili Markaziy Osiyodan o‘nlab ishtirokchi va minglab tomoshabinlar ushbu festivalga yig‘iladilar. (Aydar Ashimov)

Raqqosa Ostonadagi Xalqaro ko‘cha raqslari festivali oldidan mashq qilmoqda. Har yili Markaziy Osiyodan o‘nlab ishtirokchi va minglab tomoshabinlar ushbu festivalga yig‘iladilar. (Aydar Ashimov)

Ota o‘g‘li uchayotgan mashinani pult bilan boshqarmoqda. Bola o‘zini haqiqiy poygachilardek his qilmoqda. (Aydar Ashimov)

Ota o‘g‘li uchayotgan mashinani pult bilan boshqarmoqda. Bola o‘zini haqiqiy poygachilardek his qilmoqda. (Aydar Ashimov)

Butun iyul oyi davomida Poytaxt kuniga bag‘ishlab suratlar ko‘rgazmalari va teatrlashtirilgan tomoshalar bo‘lib o‘tadi. (Aydar Ashimov)

Butun iyul oyi davomida Poytaxt kuniga bag‘ishlab suratlar ko‘rgazmalari va teatrlashtirilgan tomoshalar bo‘lib o‘tadi. (Aydar Ashimov)

Mana bunday yashil fillar oilasi kabi zamonaviy haykallar poytaxtni bezab turibdi. (Aydar Ashimov)

Mana bunday yashil fillar oilasi kabi zamonaviy haykallar poytaxtni bezab turibdi. (Aydar Ashimov)

Qozog‘iston bayrog‘ini odamlar uzra hilpiratib turgan qiz. (Aydar Ashimov)

Qozog‘iston bayrog‘ini odamlar uzra hilpiratib turgan qiz. (Aydar Ashimov)

Ko‘plab qozog‘istonliklar sayr qilib yurgan joydan Ostonaning markaziy masjidi ko‘rinib turibdi. (Aydar Ashimov)

Ko‘plab qozog‘istonliklar sayr qilib yurgan joydan Ostonaning markaziy masjidi ko‘rinib turibdi. (Aydar Ashimov)

12 daqiqali mushakbozlik Poytaxt kuni bayramining kulminatsiyasi bo‘ldi. (Aydar Ashimov)

12 daqiqali mushakbozlik Poytaxt kuni bayramining kulminatsiyasi bo‘ldi. (Aydar Ashimov)

OSTONA – O‘tgan juma, 6-iyul kuni Qozog‘istonda Ostona shahriga poytaxt maqomi berilganining 20 yillik sanasi mamlakat bo‘ylab keng miqyosda bayram qilindi.

Ostona 1997-yilning dekabr oyida Olmaota o‘rniga poytaxt deb e’lon qilingan edi.

AFP agentligi xabariga ko‘ra, Ostona va Olmaotada “Poytaxt kuni” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Ostonada kun davomida turli bayram tadbirlari o‘tkazildi, jumladan, shahar maydonida qozog‘istonlik ijrochilarning chiqishlari, ko‘cha raqslari namoyish etildi, bepul muzqaymoq tarqatildi, puflab chalinadigan musiqa asboblari konserti va boshqa o‘nlab tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

6-iyul kuni Ostona Qozog‘iston poytaxti deb e’lon qilinganining 20 yilligi butun mamlakat bo‘ylab keng nishonlandi. Ostonadagi 12 daqiqali mushakbozlik Poytaxt kuni bayramining kulminatsiyasi bo‘ldi. Uni minglab odamlar zavq bilan tomosha qildilar. (Aydar Ashimov)

“Bu sira tugamaydigan bayramga o‘xshaydi”, deydi ostonalik 30 yashar Nurlan Jorasbayev Karvonsaroy nashriga. “Biz turli joylarni aylanib yuribmiz. Konsertga bordik, sohil bo‘yida bo‘ldik. Endi esa kechki mushakbozlikni kutyapmiz.”

Juma kungi bayram tantanalari davomida Ostona ko‘pkari o‘yinlari (echki tanasi bilan o‘ynaladigan ko‘chmanchilar o‘yini, uloq nomi bilan ham tanilgan), xalqaro musiqiy festival va boshqa tadbirlarga mezbonlik qildi. Ostona xalqaro moliya markazi (AIFC) 5-iyul kuni o‘z eshiklarini ochdi.

Prezident Nursulton Nazarboyev energiyaga boy iqtisodiyotga xalqaro investitsiyalar hajmini oshirish maqsadida tashkil etilgan Ostona xalqaro moliya markazining ochilishiga bosh-qosh bo‘ldi.

Nazarboyev ushbu markazni postsovet hududda mislsiz deb atadi, sababi u ingliz huquqshunosligi asosidagi mustaqil huquq tizimiga tayanib faoliyat yuritadi hamda Angliya va Uelsning sobiq bosh sudyasi Lord Garry Vulf tomonidan nazorat qilinadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500