Karvonsaroy
Xavfsizlik

YXHT qozoq huquq-tartibot idoralariga nizolarni boshqarishni o‘rgatadi

Aydar Ashimov

Qozog‘istonlik muzokarachilar odamlarning garovga olinishi bilan bog‘liq hodisada qanday harakat qilishni o‘rganmoqdalar, Ostona, 20-iyul. (Aydar Ashimov)

Qozog‘istonlik muzokarachilar odamlarning garovga olinishi bilan bog‘liq hodisada qanday harakat qilishni o‘rganmoqdalar, Ostona, 20-iyul. (Aydar Ashimov)

OSTONA – O‘tgan haftada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) ko‘magida Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun nizolarni boshqarish bo‘yicha trening tashkil etildi.

Besh kunlik trening 16-20-iyul kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi.

Trening YXHT tashabbusi bilan Isroilning Qozog‘istondagi elchixonasi, Isroilning jamoat xavfsizligi va politsiya vazirligi, Qozog‘iston bosh prokuraturasi huzuridagi huquq-tartibot idoralari akademiyasi ko‘magida o‘tkazildi.

Isroil politsiyasi ekspertlari qozog‘istonlik hamkasblari bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashib, ularga odamlarning garovga olinishi bilan bog‘liq inqirozli vaziyatlarda qanday qilib muzokaralar olib borish yuzasidan saboq berdilar, deyiladi YXHT bayonotida.

Huquq-tartibot xodimlari muzokaralar o‘tkazish va so‘zlashuvlarni yozib olish uchun mo‘ljallangan qurilmalarni tayyorlamoqda, Ostona, 20-iyul. (Aydar Ashimov)

Huquq-tartibot xodimlari muzokaralar o‘tkazish va so‘zlashuvlarni yozib olish uchun mo‘ljallangan qurilmalarni tayyorlamoqda, Ostona, 20-iyul. (Aydar Ashimov)

Maxsus kuchlar askari shturmga tayyor turibdi, Ostona, 20-iyul. (Aydar Ashimov)

Maxsus kuchlar askari shturmga tayyor turibdi, Ostona, 20-iyul. (Aydar Ashimov)

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar “faol tinglash, operativ chora ko‘rish, muzokara guruhlari tuzilmasi, taym-menejment, muzokaralarda rezvedkaning taktik ahamiyati, aloqa vositalari, tashqi vositachilar va muvofiqlashtirilgan tarzda chora ko‘rish” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim oldilar.

Isroilning Qozog‘iston respublikasidagi elchisi Mixael Brodksiy mamlakatining terrorchilikka qarshi kurash va favqulodda vaziyatlarda muzokaralar olib borish bo‘yicha ulkan tajribaga ega ekanligini qayd etdi.

“Biz o‘z tajribamizni boshqa mamlakatlar bilan o‘rtoqlashishga tayyormiz”, dedi u. “Isroillik ekspertlar ishtirokidagi mazkur trening Qozog‘istonda ilk bor o‘tkazildi va u mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar yuqori darajada ekanligidan darakdir”.

Garovga olinganlarni qutqarish va muzokara olib borish usullarini o‘rganish

Trening doirasida Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari xodimlari odamlarni garovga olish holatini zararsizlantirishni mashq qildilar.

Mashg‘ulotlar ssenariysiga ko‘ra, Ostonadagi ko‘p qavatli binoda odamlarni garovga olish bilan bog‘liq holat tashkillashtirildi. Faraziy garovga oluvchi mafkuraviy emas, balki, shaxsiy sabablarga ko‘ra harakat qilgan.

Qozog‘istonlik huquq-tartibot xodimlari bino tashqarisida, zinapoyalar oldida turib garovga oluvchi bilan bir necha soat davomida telefon orqali muzokara olib bordilar.

Bir vaqtning o‘zida maxsus tezkor kuchlar guruhi agar zarur bo‘lsa shturm qilishga tayyor turdi.

Qozog‘istonlik muzokarachi garovga oluvchining ko‘nglini yumshatish uchun undan: “Boshqa odamlarning o‘limi hech qanday natija bermaydi, hech bo‘lmasa yosh bolalarni qo‘yib yubora olasizmi?” deb o‘tinib so‘raydi.

“Men ham rafiqamni yaxshi ko‘raman, lekin boshqa ayollar ham ko‘p-ku”, dedi muzokarachi turmushi yoki sevgisi barbod bo‘lganidan g‘azablangan erkakni tinchlantirar ekan.

Uzoq davom etgan muzokaralardan keyin garovga oluvchi taslim bo‘ldi, natijada u qo‘lga olindi va garovdagilar ozod etildi.

Yangi ko‘nikmalar bilan jamoat xavfsizligini kuchaytirish

“Qozog‘iston huquq tartibot xodimlari uchun bu yangi yo‘nalish”, dedi treningni olib borgan Isroil politsiyasining muzokarachilar bo‘linmasi rahbari, mayor Vitaliy Kranker Karvonsaroy nashriga.

“Qozog‘istonliklar xavfli vaziyatlarda qanday qilib muzolara olib borishni o‘rganmoqchilar, biz ularga yordam berish va o‘z tajribamiz bilan o‘rtoqlashish uchun keldik”, dedi u.

Isroil politsiyasi muzokarachilarining tajribasini o‘rganish Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun juda muhim, dedi Huquq-tartibot organlari akademiyasining vaqtinchalik prorektori vazifasini bajaruvchi Shakir Shayahmetov.

“Isroillik mutaxassislarning tajribasi noyob va biz uchun juda foydali”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Biz terror xavfi mavjud hududda joylashganmiz, shu sababli garovga olish va boshqa xavfli vaziyatlarni o‘rgandik.”

YXHT bundan keyin ham jamoat xavfsizligi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda Qozog‘iston huquq-tartibot xodimlarining chora ko‘rish qobiliyatini oshirishga yordam beradi, dedi Ostonadagi YXHT dasturlari idorasining rahbari muovini Diana Digol.

YXHT bayonotiga aytilishicha, u “inqirozli vaziyatlarga xavfsiz va samarali javob qaytarish uchun professional muzokarachilar guruhi talab etilishini” aytgan. “Shu kabi qo‘shma seminar-treninglar orqali hukumat bunday vaziyatlarda jamoatchilikni himoya qilishga yaxshiroq tayyor bo‘ladi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500