Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Rahmon hujumda halok bo‘lgan sayyohlarning yaqinlariga ta’ziya bildirdi

Karvonsaroy va AFP

Tojikistonda halokatli hujum yuz bergan yo‘l surati. (Axbor)

Tojikistonda halokatli hujum yuz bergan yo‘l surati. (Axbor)

DUSHANBE – 30-iyul, dushanba kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hujum natijasida xorijlik sayyohlarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

29-iyul, yakshanba kuni Xatlon viloyatining Dang‘ara tumanida qurollangan shaxslar ikki amerikalik hamda bir shveytsariyalik va daniyalikni o‘ldirib, qolgan ikki nafar sayyohni jarohatlagan. Avvalroq ushbu hujum avtohalokat deb talqin qilingan edi, deb xabar beradi Asia-Plus nashri.

Halok bo‘lgan va jarohatlanganlar yetti kishidan iborat velosayohatchilar guruhi bo‘lib, ular orasida Fransiya fuqarolari ham bo‘lgan.

“Gumondorlarning pichoq va o‘qotar qurollari bo‘lgan”, dedi ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 29-iyul kuni qonli hujum natijasida halok bo‘lganlarni yod etib, AQSH, Shveytsariya va Niderlandiyaga ta’ziya maktublarini yo‘lladi, 30-iyul kuni olingan surat. (Lakruvan Vanniarachchi/AFP)

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 29-iyul kuni qonli hujum natijasida halok bo‘lganlarni yod etib, AQSH, Shveytsariya va Niderlandiyaga ta’ziya maktublarini yo‘lladi, 30-iyul kuni olingan surat. (Lakruvan Vanniarachchi/AFP)

“Sayyohlardan biri pichoqlangan bo‘lib, hozirda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bemorning holati barqaror”, dedi Rahimzoda uning fuqaroligiga aniqlik kiritmay.

Omon qolganlardan yana biri shifoxonaga yetkazilgan, Fransiya fuqarosiga esa hech qanday zarar yetmagan va u huquq-tartibot xodimlari tomonidan soroq qilinmoqda, deb qo‘shimcha qildi vazir.

Vazirning aytishicha, “qo‘lga olish jarayonida qarshilik ko‘rsatgan” ikki gumondor shaxs o‘ldirilgan, keyinroq yana to‘rt kishi hibsga olingan. Vazirlik dushanba kuni yana bir gumondor shaxs o‘ldirilgani haqida xabar berdi.

Tergov jarayoni haqida gapirgan Rahimzoda “barcha ehtimoliy vaziyatlar ko‘rib chiqilayotganini” aytgan. “Bu terrorchilik hujumi ekanligi haqida biror narsa deya olmaymiz”, dedi u.

Ammo, “fuqarolar va sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida davlat tashkilotlarini qo‘riqlash kuchaytirilgan”, dedi vazir.

Dushanbedagi AQSH elchixonasi halok bo‘lganlarning ikki nafari amerikalik ekanini tasdiqladi, ammo ularning ismlarini oshkor qilmadi.

Dushanba kuni Rahmon halok bo‘lganlarni yodga olib, Qo‘shma Shtatlar, Shveytsariya va Niderlandiya davlatlariga ta’ziya bildirdi. Tojikiston huquq-tartibot organlari jinoyatchilarni javobgarlikka tortish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda, deb ta’kidladi u.

“Biz Dang‘arada yuz bergan voqea borilayotgan olib borilayotgan tergov ishida Tojikiston hukumati bilan hamkorlik qilmoqdamiz”, dedi dushanba kuni AQSH elchixonasi vakili Jeff Raydnor Asia-Plus nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500