Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya afg‘on jangarilariga maktab va masjidlarni vayron qilishni “buyurgan”

Nosir Solihiy

11-avgust kuni Bodg‘is viloyatida Tolibonning 50 jangarisi tinchlik jarayoniga qo‘shilar ekan, xorijiy kuchlar ularni buzg‘unchilikka va hukumatga qarshi faoliyat olib borishga majburlaganini bayon qilgan. (Nosir Solihiy)

BODG‘IS – Yaqinda Afg‘onistonning “Tolibon” harakati qo‘mondonlaridan biri guruh faoliyati xorijiy kuchlar, aynan Rossiya va Eron tarafidan moliyalashtirilishi va boshqarilishi haqidagi sobiq jangarilarning da’volarini tasdiqladi.

“Bizga uch davlat: Eron, Rossiya va Xitoy yordam berar edi”, deb aytgan Tolibon qo‘mondoni Mulla Abdul G‘affor Tufan.

Tufan – Afg‘onistonning Bodg‘is viloyatida tinchlik jarayoniga qo‘shilgan 50 kishilik tolibon jangari guruhining yetakchisi.

“Bizga maktablar va masjidlarni vayron qilish, minalar o‘rnatib, yo‘llarni buzish, umuman, hech qanday rivojlanishga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi aytildi”, dedi u.

Bodg‘is viloyatida 50 nafar Tolibon jangarisidan iborat guruh o‘z qurollarini topshirib, tinchlik jarayoniga qo‘shiladi. 11-avgust kuni olingan surat. (Nosir Solihiy)

Bodg‘is viloyatida 50 nafar Tolibon jangarisidan iborat guruh o‘z qurollarini topshirib, tinchlik jarayoniga qo‘shiladi. 11-avgust kuni olingan surat. (Nosir Solihiy)

Iyul oyida jangarilar Joyakdagi qizlar maktabiga o‘t qo‘yganlar, maktab jihozlari, jumladan, stol-stullar, kitob va daftarlar yoqib yuborilgan. Hukumat ushbu hujumda Tolibon harakatini ayblagan. (Lo‘gar ta’lim boshqarmasi)

Iyul oyida jangarilar Joyakdagi qizlar maktabiga o‘t qo‘yganlar, maktab jihozlari, jumladan, stol-stullar, kitob va daftarlar yoqib yuborilgan. Hukumat ushbu hujumda Tolibon harakatini ayblagan. (Lo‘gar ta’lim boshqarmasi)

Suratdagi Rossiyada ishlab chiqarilgan nishonga olish moslamalari o‘tgan yilning sentabr oyida Farah viloyatida o‘tkazilgan operatsiya davomida tolibon jangarilaridan olib qo‘yilgan. (Farah hokimi matbuot xizmati)

Suratdagi Rossiyada ishlab chiqarilgan nishonga olish moslamalari o‘tgan yilning sentabr oyida Farah viloyatida o‘tkazilgan operatsiya davomida tolibon jangarilaridan olib qo‘yilgan. (Farah hokimi matbuot xizmati)

“Oliy martabali rahbarlarimiz bizni imkon qadar ko‘proq vayronagarchiliklar keltirib chiqarishga buyurishdi”, dedi u. “Bosh tortadigan bo‘lsak, bizga yordam bermasliklari haqida ogohlantirishdi”.

Tolibonning Eron va Rossiya tarafidan qo‘llab-quvvatlanishiga oid hujjatlar yetarli bo‘lsa-da, Tufanning Xitoy haqidagi da’volari kutilmagan va hali o‘z tasdig‘ini topmagan yangilikdir.

“Biz qo‘shnilarimiz va mintaqadagi boshqa davlatlarning razvedka idoralari urushga aralashayotgani va tartibsizlik olovini kuchaytirayotganini inkor eta olmaymiz”, dedi Bodg‘is viloyati politsiya boshlig‘ining matbuot kotibi Naqibullo Aminiy.

“Afg‘oniston harbiylariga qarshi kurashayotgan Tolibon mamlakat ichkarisida qurol-aslaha zavodlariga ega emas, shu bois bu qurollar qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgani aniq”, deydi u.

“Jangarilar Afg‘oniston xavfsizlik kuchlariga qarshi ishlatayotgan bu qurol-aslahalarini qayerdan olyapti? Bular qo‘shni mamlakatlar razvedka xizmatlaridan olinayotgan yordam evaziga bo‘layotgani va bu Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashish ekanida shubha yo‘q”, dedi u.

Rossiya va Eron qurollari

Bodg‘is viloyati kengashi raisi Abdulaziz Baykning so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlarning Afg‘onistonda xatarli vaziyatni yuzaga keltirishga urinishi, ya’ni Rossiya va Eron qurollarining Tolibonlarga yetkazib berilishi “mahalliy aholi uchun xavotir manbai” hisoblanadi.

“Qo‘shnilar va mintaqadagi boshqa mamlakatlarning Tolibonga yordam berishi va uni qo‘llab-quvvatlashi tahlikalidir”, dedi Bodg‘isdagi fuqarolik jamiyati faollaridan biri, 28-yashar Abdul Razzoq Siddiqiy.

“Biz milliy birlik hukumatini bunday aralashuv hollariga zudlik bilan barham berishga chaqiramiz. Ayniqsa, bu davlatlar biznning yurtimizni vayron qilayotgan va taraqqiyot loyihalarining amalga oshirilishiga to‘siq bo‘layotgan bir paytda”, dedi u.

Afg‘onistonga do‘st ekanini da’vo qiluvchi ayrim mamlakatlar “afg‘on hukumatining dushmanlari bilan hamkorlik qilib, o‘z hududlarida tolibonlarni yashiradilar, yaradorlarini davolaydilar”, dedi Bodg‘isdagi boshqa bir fuqarolik jamiyati faoli, 37 yashar Junaydulloh Ashkaniy.

“Bu davlatlar xalqaro maydonda o‘zlarini Afg‘onistonning do‘stlari deb ataydilar, aslida esa ular sahna ortida Afg‘oniston hukumati va milliy manfaatlariga putur etkazishga harakat qiladilar”, dedi u.

“Afg‘on urushida qo‘shni mamlakatlarning ishtirok etayotgani va ularning razvedka xizmatlari afg‘on xalqining ommaviy qatliga sabab bo‘lganiga hech qanday shak-shubha yo‘q”, dedi Bodg‘is tinchlik kengashi raisi Abdul Xalil Achakzay.

“Ayrim guruhlar tinchlik jarayoniga qo‘shilishga tayyor, biroq ular rahbarlari tomonidan bo‘layotgan bosimlar tufayli hukumatning tinchlik jarayoniga qo‘shila olmaydilar (Rahbarlari esa o‘z navbatida xorijdagilarning buyrug‘ini bajaradilar).”

Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashuv

Rossiya va Eron Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashayotgani shubhasiz”, deydi hirotlik siyosiy tahlichi Abdul Qodir Komil. “Bu davlatlarning Afg‘oniston bilan munosabatlari hukumatlararo harakterga ega emas. Aksincha, ular terrorchi guruhlar va qurol-yarog‘ tarmoqlarini moliyalashtiradilar va bu bulan mintaqada o‘z manfaatlarini himoya qilishga intiladilar”.

“Eron va Rossiya AQSHdan norozi va qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, AQSHning Afg‘onistondagi manfaatlariga putur yetkazishga harakat qiladi”, dedi u. U Eronning “AQSH va xalqaro hamjamiyat tarafidan bosimning kuchayishiga javoban” chora ko‘rishga urinayotganini qo‘shimcha qildi.

Hirotlik faollardan biri Sayyid Ashraf Sadaatning aytishicha, “Afg‘onistondagi urushning davom etishidan Rossiya va Eron iqtisodiy jihatdan ham manfaatdor”.

“Eron va Rossiyaning Afg‘onistondagi qurol-yarog‘ va giyohvand moddalar kontrabandasiga aloqador ekani aytiladi”, dedi u Salaam Times nashri bilan suhbatda. “Tolibon tinchlik jarayoniga qo‘shiladigan bo‘lsa, urush tugaydi, shu bois bu davlatlar isyonchi guruhlarning tinchlik jarayoniga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaydilar”.

“Rossiya g‘arb davlatlari bilan chuqur ixtilofda, Afg‘onistonning esa, aksincha, G‘arb bilan ko‘plab kelishuvlari bor”, dedi u.

“Eron va Rossiyaning manfaatlari urushning davom etishiga, shuningdek, terrorchilarning qo‘llab-quvvatlanishiga sabab bo‘lmoqda”, dedi u. "Shu boisdan ham Tolibon va boshqa terrorchi guruhlar AQSHning Afg‘onistondagi manfaatlariga qarshi kurashib kelmoqda”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

yaxwi maqola

Javob berish

Ahmoqgarchilik. Muallif nimadir chekib olganmi?

Javob berish

Maqola muallifi Chuy vodiysida yashaydi shekilli )))))

Javob berish

Tarqatishdan oldin o‘zingiz yozgan safsatani o‘qiysizmi?

Javob berish

Bu shundoq ham tushunarli edi, Rossiya Afg‘onistondan qochib ketgani uchun afg‘onlarni hech qachon kechirmasligi va Rossiya bilan do‘stlashish ular uchun foydali ekanini isbotlab o‘tirmasligi ma’lum edi. Va bu NATO kuchlari uchun to‘siq bo‘lar edi

Javob berish

Jinni bo‘ldingmi, og‘ayni? :)))

Javob berish

Hammani bir to‘da axmoqlar deb o‘ylaysizmi? Tartibsizlik chiqarib boshqalarni ayblayapsiz. Targ‘ibot operatsiyangizni bas qiling!

Javob berish

Qoʻshilaman

Javob berish