OSTONA – 25-26-avgust kunlari Ostonada o‘tkazilgan festival qozoq madaniyatining chinakam namoyishiga aylandi.
“Qozog‘iston – buyuk dasht mamlakati” festivalidan ko‘zlangan maqsad, qozoq madaniyatining zamonaviy hayotga integratsiyasini ko‘rsatish, yoshlarning tarixiy qadriyatlarga qiziqishini oshirish va xalq hunarmandlarining mahsulotlarini namoyish etishdir”, deb xabar beradi shahar hokimligi.
Tadbir madaniyat va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
Tomoshabinlar “Tarix karvoni” teatrlashtirilgan spektakli va an’anaviy sport turlari musobaqalarini tomosha qildilar. Ular mazali taomlardan totib ko‘rish, bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan milliy liboslar tanlovida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Zamonaviy matolardan oqilona va ijodiy yondashuv bilan tikilgan kiyimlar hakamlar tomonidan baholandi.
Biz festivalga butun oilamiz bilan Qarag‘andadan keldik”, deydi 23 yashar Asem Satilganova Karvonsaroy bilan suhbatda. “Bu yerda kattalar uchun ham, bolalar uchun ham birdek qiziqarli. Bu yerda sevimli taomlarimizni tanovul qilish, arg‘imchoq uchish va tanlovlarda ishtirok etish mumkin.”
U festivalda Qozog‘istonni ko‘rish va uning madaniy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida boshqa mamlakatlardan kelgan mehmonlarni ko‘rishdan mamnun ekanligini aytdi.